1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi



Yüklə 186,33 Kb.
səhifə9/54
tarix02.02.2023
ölçüsü186,33 Kb.
#82413
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
(1-15) Mavzu Pedagogika

Malaka amaliyoti — o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma hosil qilish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarning ma’lum (yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka amaliyotlariga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv rejalar va muayyan fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish (klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart.
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malaka amaliyotlari o‘tkaziladi:
o‘quv (tanishuv) amaliyoti — iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi;
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi;
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va tizimlashtirishga qaratiladi;
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka amaliyotlarining boshqa turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va real sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari, xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba (poligon) obyektlarida va boshqalarda o‘tkaziladi.
Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini belgilash oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.



Yüklə 186,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin