1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi


Amaliyotchi talabalarning pedagogik faoliyati mazmuni



Yüklə 186,33 Kb.
səhifə11/54
tarix02.02.2023
ölçüsü186,33 Kb.
#82413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
(1-15) Mavzu Pedagogika

Amaliyotchi talabalarning pedagogik faoliyati mazmuni
Amaliyot yakunida quyidagi vazifalar bajarilishiga kо‘ra amaliyotchi talaba 100 ballik tizimda baholanadi. Amaliyot kreditlarini egallash uchun minimum 60 ball tо‘plash zarur. Amaliyot davomiyligi: 24 akademik xafta (xaftada 1 kun) jami 24 kun.

“4+2” tartibdagi amaliyot pedagogika oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limga hozirgi kunning zamonaviy talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimining samaradorligi va sifatini oshirish uchun ikkinchi kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv darslariga muvofiq tashkil etishni belgilaydi.


“4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot 2-kurslarda ─ “Oʻquv tanishuv” amaliyoti, 3-kurslarda ─ “malakaviy oʻquv” amaliyoti va 4-kurslarda ─ “Malakaviy pedagogik” amaliyot tarzida tashkil etiladi.
“4+2” tartibidagi amaliyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq ikkinchi kursdan boshlab tizimli ravishda oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan amaliyot dasturi asosida amalga oshiriladi.
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagogik mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan amaliyot ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli darajada ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talabalariga javob beradigan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, maxsus maktab internatlar, akademik litsey va kasb-xunar ta’limi muassasalarida o‘tkaziladi.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. Bu qoida ta’limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, – degan edi M.Ulug‘bek. 1394-1449
O‘quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab chiqaruvchi kuchlarining qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar, ilmning borgan sari rivojlantira borishni, ilm esa o‘z navbatida hayotni yaxshilishga yordam berishini biladilar. Ilmning rivojlanishida tajribaning roli kattadir. Ilmiy nazariyalarning haqqoniyligi amaliyotda sinaladi: uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Bunday nazariya bilan tajriba o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘quvchilar ilm asoslarini o‘rganish jarayonida fahmlab olishlari lozim. “Ulug‘lik gapda emas boshdan-oyoq, Yarti ish ham yuzta gapdan yaxshiroq” – degan Abdulqosim Firdavsiy. O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar o‘quv-tajriba kabineti va laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi.
Sa’diy Sheroziyning fikricha:” Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo‘ladi: biri mulk yig‘ib foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam.

Yüklə 186,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin