1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja: 1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
3. Konfliktologiyaning metodologiyasi va metodlari
Tayanch tushunchalar: Konfliktologiya tushunchasi, predmeti, vazifalari, ilmiy fan sifatida, konfliktologiya metodologiyasi, metodlari, kartografiya, sotsiometriya.
1.1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Konfliktologiya ilmiy bilimlar ichida eng yosh soha hisoblanadi, ya`ni bu fan sotsiologiya va psixologiya ilmlarining asosida rivojlanib kelmoqda. Konfliktologiya o`z oldiga yo`nalish sifatida XX asrning 50- chi yillaridan sotsiologiya
ichidan paydo bo`ldi va u «konflikt sotsiologiyasi» degan nomda yuritildi. Bu yo`nalishning olib borilishi R. Darendorfning (Germaniya) «Sotsial`nie klassi i klassovie konflikti v industrial`nom obщestve» «Industrial jamiyatda sinfiy konfliktlar va ijtimoiy sinflar» (1957), shuningdek A. Kozerning (AQSh) —
«Funktsii sotsial`nix konfliktov» «Ijtimoiy konfliktlarning funktsiyalari»
(1956), nomli ishlari bilan chambarchas bog`liq.
Ana shu davrda psixologiya sohasida ham analogik holatlar yuz bera boshladi. M. Sherif,
D. Rapoport, R. Doz, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott va boshqalarning tadqiqotlari
natijasida konflikt psixologiyasi o`z oldiga bir yo`nalish bo`lib dunyoga keldi.
1.2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida Konfliktlarni tadqiq qilish konfliktologik amaliyotning rivojlanishiga olib keldi. Bu
amaliyotning paydo bo`lishi XX-asrning 70-yillar avj oldi. Bu davrda Gorovits va Bord-man
konfliktli munosabat vaqtida konstruktiv xulq –atvorga o`rgatishga yo`naltirilgan psixologik
trening dasturini ishlab chiqadi. Konfliktologik amaliyotning paydo bo`lishida konfliktlarning
echimini topishning muzokarali metodikalari alohida o`rin tutadi (D. Skott; va G. Bouer; G.
Kelman va b.). Vositachi-mediator qatnashuvida muzokaralar texnologiyasining ishlab chiqilishi
(V.Linkol`n, L. Tompson, R.Rubin va b.) 70-80-yillarda AQShda mediator-mutaxassislarni
tayyorlaydigan o`quv o`rinlarini tashkil qilinishiga olib keldi. Bu paytda R.Fisher va U.Yuri
tomonidan ishlab chiqilgan «printsipial-muzokara» deb nomlangan Garvard metodi dunyoga
tanilmoqda edi.
80-chi yillarda AQShda va boshqa mamlakatlarda konfliktologik markazlar paydo bo`la
boshladi. 1986 yili esa Avstraliyada OONning tashabbusi bilan konfliktlarni bartaraf etishning
Xalqaro markazi tashkillashtirildi. Rossiyada bo`lsa konfliktlarni bartaraf etishga yo`naltirilgan birinchi markaz 90-yillarda Sankt- Peterburgda ishga tushgan. Konfliktologiya predmeti. Konfliktologiya predmetiga keladigan bo`lsak «konfliktologiya»
so`ziningn ma`nosining o`zi, yoki etimologiyasidan ma`lum bo`lishicha «konflikt haqida ilm»
degan fikrga kelamiz. Aniqroq izoh beradigan bo`lsak quyidagicha ta`rif berishimiz mumkin:
Konfliktologiya — bu konfliktlarning rivojlanishi, paydo bo`lish mexanizmlari va
qonuniyatlari haqida bilimlar tizimi hisoblanib, shuningdek uni boshqarishning texnologiyasi va
printsiplari haqida fan.