1-Mavzu Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja
Suitsid turlari Suitsidlar uchta asosiy guruhga bo'linadi: haqiqiy, namoyishkorona va yashirin haqiqiy suitsid etarli darajada kutilmagan ko'rinsa-da, to'satdan bo'lmaydi, o'lish istagiga yo'naltiriladi. Bunday suitsidga ruhiy ezilgan kayfiyat, ruhiy azoblanish qolati yoki shunchaki hayotdan ketish haqidagi fikr yo'ldoshlik qiladi. Shu bilan birga atrofdagilar bunday qolatni sezmasliklari mumkin. haqiqiy suitsidning boshqa xususiyati hayot mazmuni yuzasidan muloqaza va kechinmalar hisoblanadi. Namoyishkorona suitsid o'lish istagi bilan bog’liq emas, o'z muammolariga e'tiborni qaratish, yordamga chorlash, dialog olib borish usuli hisoblanadi. Bu ozicha shantaj urinishi ham bo'lishi mumkin. Ushbu qolda o'lim bilan tugash mash'um tasodif oqibati hisoblanadi. Yashirin suitsid (bevosita o'z-o'zini o'ldirish) - uning belgilariga qat'iy javob bermaydigan, biroq o'sha yo'nalish va natijaga ega bo'lmagan suitsidal axloqning turi. Bu letal natijaning yuqori eqtimolligi bilan birga boruvchi harakat. Bu axloq yuqori darajada xatarga, hayotdan ketishdan kora o'lim bilan o'ynashishga yo'naltirilgan. Bunday odamlar “shaxsiy xog’ishi bo'yicha” hayotdan ochiq ketishni emas, suitsidal shartlangan axloqni tanlaydilar. Bu avtomobilda xatarli safar, sportning ekstremal turi yoki xavfli biznes bilan shuqullanish, qizqin nuqtalarga ixtiyoriy sayoqat, kuchli giyohlarni iste'mol qilish, o'z-o'zini ajratib qo'yish. Shu bilan bog’liq qolda tanatolog E. Shneydman [25] shaxsning ikki tavsifini farqlaydi: suitsidallik va letallik. Suitsidallik o'z-o'zini o'ldirishning individual xavfi demakdir. Letallik odamning o'zi umuman, uning o'z destruktivligi uchun xavf darajasi bilan bog’liq. Suitsidal axloq turlarini tasniflashdagi farq ko'rib chiqilayotgan reallikning turli-tuman shakllarini aks ettiradi. A. G. Ambruychyuv ajratadi: o'z-o'zini o'ldirish - haqiqiy suitsidlar, o'z-o'zini o'ldirishga urinish esa - tugallanmagan suitsiddir. Brukbenk suitsid haqida maqsadli o'z-o'zini o'ldirish kabi, parasuitsid haqida esa o'lim oqibatisiz maqsadli o'z-o'ziga zarar etkazishday gapiradi. E.Lichko fikriga ko'ra, o'smirlardagi suitsidal axloq namoyishkorona, affektiv va haqiqiy bo'ladi. E. Shir quyidagicha farqlaydi: qasddan qilingan suitsidal axloq, engib bo'lmas, ambivalentli, impulsiv va namoyishkorona