1-Mavzu: Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja


Mavzu: Depressiyaning kelib chiqishi va uning oqibatlari 1.Depressiya haqida tushuncha



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə33/34
tarix10.04.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#95548
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1-Mavzu Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja

9.Mavzu: Depressiyaning kelib chiqishi va uning oqibatlari
1.Depressiya haqida tushuncha

Amerikalik psixolog olim Jeykob Liberman: “Yigirma birinchi asr – rivojlangan texnologiya va ruhiy-asab kasalliklari davri” deya ta'kidlaganda ko'pchilik unga shubha bilan qarashgan. Bugun esa olimning naqadar haqligini barchamiz kuzatib turibmiz…


Xo'sh, Depressiya o'zi nima? Tibbiyotda depressiya kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo'lgan intilishning yo'qolishi bilan kechuvchi kasallik deya ta'rif beriladi.
Keng tarqalgan kasallikmi?
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra yer sharida depressiya bilan ro'yxatga olinganlar soni 200.000.000 ga yaqin. Biroq, aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har 3 bemordan ikkitasi vrach nazoratida turmaydi. Boshqa bir mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash mushkul. Chunki depressiya turli xil klinik ko'rinishda namoyon bo'lmoqda va hamma vaqt ham tashxis to'g'ri bo'lib chiqavermaydi. Buning ustiga depressiya bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham mutaxassislarga murojaat qilavermaydi.
Kelib chiqish sabablari?
Depressiyaning asosiy kelib chiqish sabablari – bular o'tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ketma keluvchi muvaffaqiyasizliklar va uzoq davom etuvchi og'ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan depressiyaga “ekzogen” depressiya deb aytiladi. Hech qanday sababsiz rivojlanadigan depressiyaga “endogen” depressiya deyiladi. Endogen depressiyalar rivojlanishida nasliy omilning o'rni katta.
Niqoblangan depressiya nima?
Somatik simptomlar, ya'ni ichki a'zolar funksiyalari buzilishi bilan kechuvchi depressiyaga niqoblangan depressiya deb aytiladi. Nima uchun niqoblangan depressiya deyiladi? Chunki bemor depressiya bilan kasallangan bo'lsa-da, uning shikoyatlari xuddi boshqa kasalliklarni eslatadi, ya'ni “Migren”, “Yurak og'riqlari”, “Bo'g'im og'riqlari”, “Oshqozon-ichak kasalliklari”, “Teri-tanosil kasalliklari” va h.k. Bemorni tekshirayotgan vrach bemorning kayfiyati og'riqlar sababli tushgan deb o'ylaydi. Aslida bemorda niqoblangan depressiya rivojlangan bo'ladi. Bunday bemorga albatta psixolog yoki psixiatr kerak.
Kasallik belgilari?
Depressiyada ko'p kuzatiladigan asosiy ruhiy-hissiy buzilishlar – bular kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g'am-g'ussa, doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash, aybdorlik hissi yoki o'zini hadeb ayblayverish, qaysarlik, o'jarlik, o'z bilganidan qolmaslik, o'z hayotidan qoniqmaslik va o'zini kamsitish, atrofdagi voqealar va yaqinlariga qiziqishning yo'qolishidir. Depressiyaga chalingan odamlarning kayfiyati kun bo'yi o'zgarib turishi mumkin. Masalan, ertalab kayfiyati juda yaxshi bo'lsa, kechga yaqin uning kayfiyati umuman tushib ketadi. Ba'zi odamlarda buning teskarisi kuzatiladi.
Depressiyada bosh og'riq, bosh aylanishi, ensa va bo'yin sohasida og'riqlar, yurak sohasida og'riqlar, nafas yetishmasligi, ishtaha pasayishi, qabziyat, jinsiy zaiflik, hayz ko'rishning buzilishi, turli umumiy xolsizlik kabi belgilar ko'p kuzatiladi. Bosh og'riq – depressiyaning eng ko'p uchraydigan belgisidir. Demak, doimiy tarzda boshi og'riydigan bemorda depressiya bor-yo'qligini tekshirib ko'rish kerak. To'g'ri, aslida yuqoridagi belgilar boshqa xastalik sabablari bo'lishi ham mumkin ammo, baribir mutaxassisga uchragan ma'qul.
Suitsidal motivatsiya
Tashqi va ichki sharoit suitsidal axloqning paydo bolishini osonlashtiradi, biroq uni oldindan aniqlamaydi. Suitsidni “chiqarib yuboruvchi” haqiqiy sabablar ichki motiv hisoblanadi.
Ko'pincha suitsidal motivatsiya krizisli vaziyatga hissiy sado shakliga ega. Shaxs boshiga yoq’iladigan tipik hodisa yaqin odamni yo'qotish, ajrashish yoki firoq hisoblanadi. Ish yoki soqliqni yo'qotish, jinoiy jazo xavfi yoki fosh bo'lish ham suitsidal axloqning paydo bo'lishiga yordamlashadi. Ba'zida o xshash reaktsiyalar yirik muvaffaqiyatlar ketidan keladi - xizmat boyicha kotarilish, mas'uliyatning keskin oshishi, orzu qilingan maqsadga erishish va q.k.
Turli vaziyatlarda suitsidal axloqning turli motivlari ta'sir korsatishi mumkin: e'tiroz; o'ch; chaqiruv (e'tibor, yordam); qochish (jazo, azobdan); o'z- o'zini jazolash; rad etish (mavjudlikdan).
Masalan, o'smirlarning suitsidal urinishlarida quyidagi tilakni ajratish mumkin. Bu “Menga e'tibor qiling, men sizning yordamingizga juda muqtojman” deguvchi distress signali bo'lishi mumkin. Shuningdek, o'smir boshqalarni manipulyatsiya qilishga urinishi mumkin, masalan, qizlar do'stlarini o'zlariga qaytarish uchun katta dozadagi tabletkani qabul qilishlari mumkin. Boshqa variant - boshqalarni jazolashga intilish, eqtimol, ota-onalariga “Men o'lsam, afsuslanasizlar” deyish uchundir. Yuqori kuchli uyat yoki aybdorlik tuyg’usiga reaktsiya, o'ta oqriqli vaziyat bilan to'qnashishdan qochishga intilish; LSD va boshqa giyohvand moddalarning ta'siri - bularning hammasi motivatsiyalovchi omillarga misoldir.
Stressli vaziyatlar mustaqkam-shaxsiy bolganiday, vaziyatli xarakterni oluvchi individual boyalgan yuqori qadriyatli kechinmalar (individual mazmunlar) ni dolzarblashtiradi. A.G.Ambrumova [3] suitsidal axloqli katta odamlarda nopatologik reaktsiyaning olti tipini ajratab korsatadi:

  • hissiy disbalans (salbiy affektlarning mavjudligi);

  • pessimizm (hammasi yomon, vaziyat chiqishga ega emas, kelgusida qech qanday yaxshilik yo'q);

  • salbiy balans (ratsional yuqori tanqidiy “hayotiy yakunni chiqarish”);

  • demobilizatsiya (yolqizlik va rad etilganlik tuyg’usi tufayli aloqalar va faoliyatdan voz kechish);

  • oppozitsiya (atrofdagilar adresiga ayblov bilan ko'pincha namoyishkorona autotajovuzkorlikka o'tuvchi tajovuzkor nuqtai nazar);

  • tartib-intizomni buzish (aniq ko'rinib turgan somatovegetativ buzilish bilan xavotir qolati).

Ko'pincha suitsid bilan ishqiy mayl o'rtasida zich aloqa ta'kidlanadi. Bu qolda o'lim sevuvchi odam uchun alohida mazmunga ega - sevgan odami bilan olimdan keyin birlashish yoki hayotligida u bequda umid qilgan muqabbatga erishish imkoniyati. Eqtirosli sevishda suitsidal axloq o'zi ustidan yo'qotilgan nazoratni tiklash, chidab bo'lmas zo'riqishni olib tashlashga urinish hisoblanadi.
Seyr suitsidal harakatlar ortida turgan tuyg’ularni tahlil qilib, o'z-o'zini o'ldirishning to'rtta asosiy sabablarini ajratdi:- izolyatsiya (chuvstvo, chto tebya nikto ne ponimaet, toboy nikto ne interesuetsya);

  • zaiflik (o'z hayotingni nazorat qilolmasliging, hamma narsa senga bog’liq emasligi hissiyoti);

  • umidsizlik (qachonki kelajak qech qanday yaxshi narsadan darak bermaydi);

  • shaxsiy ahamiyatsizlik tuyg’usi (o'z qimmatining qaqoratlangan tuyg’usi, o'z-o'zini past baholash, vakolatsizlik kechinmasi, o'zidan uyalish).

Psixoanalitik an'ana suitsidal axloqning chuqur mexanizmlari - uning ongsiz motivlarini tushunishga yaqinlashish imkonini beradi. Allaqachon ta'kidlanganki, axloqning deklaratsiyalangan motivlari ko'pincha uning asl sabablariga mos kelmaydi. Psixoanalitik tadqiqotlar suitsidallikning ongli va ongsiz determinantlarni chegaralash imkonini beradi.
Psixotahlilda dastlab K. Abraxam (1912) va Z.Freydning (1916) suitsidal axloqni ob'ektni yoqotish oqibatida tajovuzni o'z shaxsiga qarshi yo'naltirish natijasi sifatida tushuntiruvchi gipotezasi qabul qilingan. 3. Freyd “qayqu va melanxoliya» nomli ishida Menning jaroqatlangan (yo'qotilgan) ob'ektni introetsirlovchi qismiga tajovuz orqali o'z-o'zini o'ldirish dinamikasini ochib beradi. Shunday qilib, Men “yomon” ichki ob'ektlarning ta'zirini beradi. Ushbu nazariya bitta muqim yangilikdan iborat - suitsidal axloq dinamikasida yaqin odamning etakchi rolini tan olish.
Ruhiy azoblanish qolatiga beriluvchan odam ob'ektni yo qotishga (mahrum bo'lish, ixlosi qaytish, buzilish) boshida nafrat bilan reaktsiya qiladi. Biroq ob'ektning o'ta ahamiyatliligi kuchida u affektdan qimoyalanishga majbur. qimoya yo'qotilgan ob'ektni singdirish haqidagi fantaziyali oral kechinmalarga tajovuz orqali amalga oshiriladi. Endi ob'ekt sub'ekt shaxsi bilan bir xillik sharofati evaziga qutqarildi. Ob'ekt o'z shaxsining qismiga aylandi. Yo'qotilgan ob'ektga dastlab yo'naltirilgan nafrat endi o'z shaxsiga qarshi qaratiladi. Oqir ruhiy azoblanish qolati (Freyd bo'yicha melanxoliya) rivojlanadi, oqibatda suitsid boshlanadi.
Z.Freyd ta'kidlaydiki, melanxolik mexanizm bo'yicha suitsidal axloqning rivojlanishi faqat ikki sharoitda mumkin: 1) agar oral pallasi qayd qilingan bo'lsa; 2) agar ob'ektli munosabatlarda ambivalentlik mavjud bo'lsa.
Z. Freyd o'zining qiyla keyingi ishlarida (1920 yildan 1923 yilgacha) o'z-o'zini o'ldirishni o'limga tuqma maylning korinishi sifatida ko'rib chiqadi. Suitsidal axloq - parchalash impulslari o'z-o'zini saqlash impulsidan ahamiyatli tarzda ustunlik qilgan qollardagina o'ringa ega. Urush vaqtida o'z-o'zini o'ldirishning kamayganligi, qotillikning yuqori darajasi bo'lgan davlatlarda, masalan, Lotin Amerikasida ular darajasining pasayganligi kabi faktlar o'z-o'zini o'ldirishga tubdan o'zgartirilgan qotillik sifatida qarash foydasiga gapiradi.
Bu g’oyalarni rivojlantirib, Menninger (1938) har bir suitsidal harakatda uchta tendentsiyani aniqlash mumkinligini ta'kidlaydi:

  • o'ldirish istagi (tajovuzdan tashqariga yo'naltirilgan derivat);

  • o'ldirilgan bo'lish istagi (birinchi istak bilan bog’liq vijdon ta'nasi oqibati);

  • o'lish istagi - jonsiz bo'lish (toza ko'rinishda o'limga yasama qiziqish).

Bunda “jonsiz bo'lish istagi” o'limning real bo'lmagan oqibatlarini emas, muqofazalanganlik, xotirjamlik, tinchlik haqidagi ongsiz fantaziyani ko'zda tutadi. Uchta tendentsiya qasos, autotajovuz, ketish, “vaqtincha o'lish”, o'z-o'zini jazolash, jinsiy istaklarni ramziy bajarish va q.k. motilarda ko'rinadi.
Modomiki, o'limga mayldan tashqari hayotga (jinsiy mayl va o'z-o'zini saqlashga mayldan tarkib topgan ) mayl ham bor, demak suitsidal harakat destruktiv bilan bir qatorda konstruktiv motivlardan iborat. Bunday bo'lishi mumkin: yordam haqida chaqiruv, xavfdan qochish, pauza yoki ketish istagi. Shunday qilib, har bir suitsidal harakatda bir vaqtning o'zida tajovuzkorlik- autotajovuz, chaqiruv-qochishning qarama-qarshi maqsadlari namoyon bo'ladi.

Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin