MUNDARIJA KIRISH……………...……………………………………………………….……. 2
I – BOB. DNK REPLIKATSIYASINING MOLEKULYAR MEXANIZMI 1.1. DNK replikatsiyasi…………………………………………………….………9
1.2. DNK replikatsiyasining boshlangʻich nuqatasi…………………………........11
1.3. Transkripsiya: asosiy nazorat nuqtasi…...……………………………............13
1.4. Gen ekspressiyasi haqida qisqacha …………………………………………..17
II – BOB. EUKARIOT GEN REGULYATSIYASI 2.1. DNK reparatatsiyasining molekulyar mexanizmlari.…………………...........28
2.2. Transkripsiyadan keyingi regulyatsiya……….................................................35
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qaroriga asosan, mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo’nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining qator ustuvor vazifalari belgilandi. Shuningdek, ushbu qarorda o’rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiytadqiqot muassasalari hamda sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanish borasida uzviy bog’liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo’lga qo’yilishi kerakligi, shu bilan birga, umumta‟lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o’qitish sifati bugungi davr talablarigajavob bermasligini, o’qitish metodologiyasi to’liq joriy qilinmaganligini alohida ta’kidlandi.
Mavzuning dolzarbligi: Genetika fanida asosiy masalalardan biri mitotik siklning qaysi davrida xromosomalar paydo bolishini o‘rganish bo‘lsa, ikkinchisi bu hodisaninig molekular mexanizmini aniqlashtirishdir. Xromosomalar biosintezining molekular mexanizmida asosiy o‘rinni DNK replikatsiyasi ya’ni ikkilanishi egallaydi.