I bob. Dnk replikatsiyasining molekulyar mexanizmi


Transkripsiya: asosiy nazorat nuqtasi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə6/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#128876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Azimjon

1.3. Transkripsiya: asosiy nazorat nuqtasi
Transkripsiya bu genning DNK ketma-ketligi RNK molekulasiga koʻchiriladigan (transkripsiyalanish) jarayon hisoblanadi. Transkripsiya – gendagi maʼlumot orqali oqsil ishlab chiqarishning asosiy bosqichi. Agar siz yuqoridagi maʼlumotlar bilan tanish boʻlmasangiz, markaziy dogma videosi orqali bilib olishingiz mumkin.
Gen ekspressiyasi – bu DNKdagi gen “ishga tushganda” oqsil sintez qilish jarayoni. Inson tanasidagi genlarning barchasi ham bir vaqtda faol holatda boʻlmaydi.
Transkripsiya koʻplab genlarni ishga tushiruvchi/oʻchiruvchi nazorat nuqtasi hisoblanadi:

  • Agar hujayrada gen transkripsiyalanmagan boʻlsa, undan ushbu hujayrada oqsil sintezi uchun foydalanib boʻlmaydi.

  • Agar gen transkripsiya qilinsa, undan oqsil sintez qilishda foydalanish mumkin (gen ekspressiyasi). Umuman olganda, qancha koʻp gen transkripsiya qilinsa, shuncha koʻp oqsil ishlab chiqariladi. 

Turli omillar genning transkripsiya qilinishini nazoratga oladi. Masalan, gen DNKsining xromatin hosil qilishga yordam beruvchi oqsillarga qanchalik mahkam oʻrnashishi genning transkripsiya qilinishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Ammo transkripsiya faktorlari deb nomlangan oqsillar transkripsiya regulyatsiyasida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ushbu muhim oqsillar tanamizning har bir hujayrasida qaysi gen faol ekanini aniqlashga yordam beradi.

Transkripsiya faktorlari


Gen transkripsiyasi uchun nima sodir boʻlishi kerak? DNK andozasidan yangi RNK molekulasini hosil qiluvchi RNK polimeraza fermenti gen DNKsiga yopishishi kerak. U promoterga birikadi.
Bakteriya hujayrasida RNK polimeraza toʻgʻridan toʻgʻri promoterga birikadi. Bu jarayon qanday ishlashi va transkripsiya faktorlari tomonidan qanday regulyatsiya qilinishini lac operon va trp operon videosi orqali koʻrishingiz mumkin.
Insonlar va boshqa eukariot organizmlarda qoʻshimcha jarayonlar ham mavjud. RNK polimeraza promoterga faqat bazal (umumiytranskripsiya faktorlar oqsillari yordamida birikishi mumkin. Ular har qanday genni transkripsiya qilish uchun zarur boʻlgan hujayraning yadro transkripsiya vosita qismi hisoblanadi.

4 - rasm
RNK polimeraza umumiy transkripsiya faktorlari deb nomlangan oqsillar toʻplami yordamida promoter bilan bogʻlanadi.
Biroq koʻplab transkripsiya faktorlari (jumladan, eng zoʻrlari ham!) umumiy emas. Buning oʻrniga, oʻziga xos, individual genlarning ekspressiyasini boshqaradigan transkripsiya faktorlari katta sinfni tashkil qiladi. Masalan, transkripsiya faktori maʼlum neyronlarga kerak boʻlgan genlar toʻplamini faollashtirishi mumkin.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin