Mavzuning maqsadi: DNK replikatsiyasining molekulyar mexanizmini o’rganish va amaliyotga tadbiq etish. Mavzuning vazifasi: DNK sintezini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon ko‘p hujayrali organizmlarda interfaza bosqichida bo‘lib o‘tadi. DNK molekulasining replikatsiyasi to ‘g‘risida uch xil faraz ilgari surilgan. Bular konservativ — turg‘un, polikonservativ — yarim turg‘un va dispersion farazlardir. Konservativ farazga ko‘ra replikatsiya davrida DNK molekulasidagi qo‘sh spiral o‘zgarmaydi, shu holatda u o’ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki DNK molekulasining biri eski, ikkinchisi to‘lig‘icha yangi bo‘ladi. Yarim konservativ faraz bo‘yicha replikatsiya davrida DNK molekulasining qo‘sh zanjiri bir-biridan ajralib ikkiga bo‘linadi va har bir zanjir komplementar zanjirning hosil bo‘lishi uchun matritsa vazifasini o ‘taydi. Natijada hosil bo‘lgan ikkita DNK qo‘sh zanjirining biri eski, ikkinchisi yangi bo‘ladi. Replikatsiyaning dispersion usulda DNK molekulasining ikkilanish jarayonida hosil qiluvchi zanjirlar uzilib parchalanadi. Shundan so‘ng har bir DNK fragmenti o ‘ziga o ‘xshash fragmentni hosil qiladi va ular o ‘zaro birlashib yangi DNK molekulasining tiklanishiga sababchi bo‘ladilar. Yuqorida bayon etilgan fikrlar DNK replikatsiyasi bo‘yicha berilgan rasmlarda o ‘z ifodasini topgan Xromosomalarning kimyoviy tarkibi 90-92% nukleo proteidlardan iborat. Nukleoproteid dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oqsil gistonlardan tashkil topgan. Bundan tashqari, xromosomada RNK, kalsiy, magniy, temir ionlarining birmuncha miqdori va gistonsiz oqsillar ham mavjud. DNK tabiatan biologik polimer hisoblanadi. DNK molekulasi dezoksiribonukleotidlaming monomer yig‘indilarining ketma-ketligidan tuzilgan. Nukleotid tarkibida geterosiklik azot asoslari (purin yoki pirimidinli), uglevod-dezoksiriboza va fosfat kislota qoldig‘i uchraydi. Ko‘pchilik dezoksiribonukleotidlaming tarkibiga purin hosilalari — adenine va guanin, pirimidin hosilalari — sitozin va timin asoslari kiradi. DNK zanjiridagi nukleotidlar o ‘rtasidagi bog‘lanish fosfat kislotasining diefir hosilasining qo‘shni dezoksiriboza qoldiqlarining gidroqsillari o‘rtadagi bog’ar hisobiga amalga oshadi, ya’ni DNK polimer zanjiri dezoksiriboza va fosfatli qoldiqlar ketma-ketligidan iborat. Bu zanjir dezoksiriboza qoldig‘iga yonbosh radikallar purin va pirimidin asoslari qo‘shilgan bo‘ladi. DNK molekulasida ikki nukleotid zanjirlarining yani ikkilangan zanjir ko‘rinishida birlashgan bo‘lib, bunda ikki zanjirning purin va pirimidin asoslari zanjirning ichki bo‘shlig‘ida joylashadi yai)ir-biri bilan.vodorod bog‘lari bilan bog‘lanadi. DNK ning ikkala zanjiri nukleotidlar tarkibi jihatidan bir-biridan farq qilsa ham, bir zanjirdagi nukleotidlar tarkibi ikkinchi zanjirdagi nukleotidlar tarkibiga qat’iy bog‘liq. Bir zanjirda A (adenin) joylashgan bo‘lsa, uning qarshisidagi ikkinchi zanjirda T (timin) bo‘ladi; bir zanjirda G (guanin) joylashgan bo‘lsa, ikkinchi zanjirda hamisha S (sitozin) bo‘ladi. Shunday qilib A-T juftida, shuningdek G-S juflida nukleotidlaming biri go‘yo ikkinchisini to‘ldiradi. Bunga komplementarlik deyiladi. RNK ham DNKga o‘xshash polinukleotid bo‘lib, uning tarkibiga to‘rtta azot asoslardan: adenin, guanin, sitozin, uratsil, uglevodlardan — ribozalar kiradi.