Reja: 1. O‘rta Osiyo respublikalarida sovetlarning 25-41 yillarda yuritgan mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari. 2. O‘zbekistonda sanoatlashtirish va jamolalashtirish siyosati va uning oqibatlari. 3. Sovet hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari. Qonun va inson huquqlarining poymol etilishi. Sovet hokimyatining O'zbekiston SSRdagi sanoatlashtirish siyosati (1925-1941 yillar). Sovetlar hukumati va kompartiya amalga oshmaydigan va shirin xayoldan
iborat «sostializim va kommunizm» haqidagi dastur, shior va chaqiriqlar asosida amalda Chor Rossiyasiga nisbatan ham ayanchliroq va dahshatliroq mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Bu siyosat «Kommunistik firqaning lenincha milliy siyosati» deb atalmish balandparvoz, havoyi va g‘irt yolg‘on, faqat targ‘ibot va tashviqotdan iborat g‘oya va qarashlarda ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi.
Lenincha milliy siyosiy qobig‘iga o‘ralib O‘zbekistonda amalga oshirilgan mustamlakachilik siyosatining maqsadlari nimalardan iborat edi, degan qonuniy savol tug‘iladi
Birinchidan
Siyosiy sohada Turkistonni milliy jihatdan parchalab tashlash, o‘lkaning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo‘q qilish, hududiy jihatdan uni Rossiya Federatsiyasining boiinmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan
ma'naviy-mafkuraviy sohada o‘lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» madaniyat shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va kelajakda bu siyosat o‘lkadagi tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo‘shilib, assimilyasiyalashib ketishiga xizmat qilmog‘i kerak edi. Sovet hukumati va kompartiya o‘zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan rejali suratda, ammo og‘ishmay amalga oshirdi. U o‘z faoliyatida mustamlaka asoratida yashayotgan millatlarda shubha uyg‘otmaslik maqsadida milliy masalada ikkita asosiy xavf bor: biri buyuk davlatchilik shovinizmi va ikkinchisi mahalliy millatchilik degan aqidaga amal qildi. Degan savolga millatchilikning qaysi biriga qarshi kurash susaytirilgan bo‘lsa, o‘shanisi xavfli deb e'lon qildi. Amaliy faoliyatda esa sovetlar tarixida buyuk davlatchilik shovinizmi kasaliga mubtalo bo‘lgan va u bilan zaharlangan
Ushbu kasallik tufayli Turkistonda tub yerli aholini sonsiz-hisobsiz dahshatli qirg‘inlar qilgan, shahar va qishloqlarni yondirib, kulini ko‘kka sovurgan «buyuk og‘alar»dan birortasiga biror-bir keskin chora ko‘rilgan emas.
Holbuki, buyuk davlatchilik, shovinizmi va mustamlakachilik siyosati har qanday mahalliy millatchilikning aks sadosidir. Bu narsaga ajablanishning hojati yo‘q. chunki sovetlar davlati va kompartiyaning hyech qachon qabul qilgan qarori bilan amalda qiladigan ishi bir xil bo‘lmagan, doimo birinchisini ikkinchisi inkor etgan.
O‘zining qonuniy va adolatli milliy haq-huquqini talab qilgan mahalliy millat vakillari esa darhol millatchi sifatida yo‘q qilib borildi. Bunga Turkiston o‘lkasi xalqlari istiqlol uchun va milliy ozodlik uchun kurash yillarida o‘z tajribalarida ko‘rib to‘la ishonch hosil qildilar.
Kompartiya millatchilikning qaysi biri xavfli: buyuk davlatchilik shovinizmimi yoki mahalliy millatchilikmi? ,
Jamoalashtirish siyosati V.I.Lenin ilgari surgan sotsializm qurish rejasining tarkibi
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati mavzusini yorting
1930-yil, 1-yanvari
1939-yil
1924-yil
1928-yil
Bilimingizni sinab ko’ring!!! «Qo‘shchi» ittifoqi haqida