1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati



Yüklə 105,09 Kb.
səhifə17/17
tarix08.12.2022
ölçüsü105,09 Kb.
#73251
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiy

6.Marketing psixologiyasi − yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.


1.7. Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
Professorlar: E.G‘oziev, L.Tursunov, J.Ikromovlarning "XX asr va shaxs kamoloti" mavzusidagi ma’lumotlarida ham psixologik xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi individ, shaxs va sub’ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga jiddiy e’tibor berish zarurligi uqtiriladi:
- inson rivojlanishining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
- insonning o‘ziga taalluqli, asosiy tafsilotlar, uning ichki konuniyatlari, mexanizmlari, e’tiqod bosqichlari barqarorlashuvi va involyusiya;
- inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o‘zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi.
Darhaqiqat, har bir insonning o‘z individual olamida sodir etilayotgan barcha ma’naviy va ruhiy kechinmalarini u yashab turgan jamiyat istiqbollariga mos tarzda tadqiq qilmay turib shaxs va faoliyat, shaxs va jamiyat, shaxs va individuallik o‘rtasidagi ijtimoiy mutanosiblikni ta’minlab bo‘lmaydi. Zero, psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilinayotgan ijtimoiy psixologik himoya falsafasi ham shuni taqozo etmoqda.
Insonning individuallik darajasi yana shu bilan ifodalanadiki, undagi faoliyatning usullari va vositalari hech qachon tayyor holdagi barcha uchun bir xil umuminsoniy tajribalardan iborat bo‘la olmaydi. Har bir inson o‘z individual sifatlari va filogenezdagi xususiyatlari asosida ijtimoiy faollik taqozo etgan faoliyatning mustaqil sub’ektiga aylanib boradi. Bu bilan jamiyat har bir individning o‘z hayotiy poydevori uchun muhim bo‘lgan "g‘ishtni o‘zi barpo etishida ijtimoiy shart-sharoit yaratib beradi". Bunday shart-sharoit esa har bir shaxsning umumiy va maxsus individual imkoniyatlari ko‘lamini ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish va tobora kamol toptira borish yo‘llarini izlash asosidagina qaror toptirilishi mumkin.
Yana shuni qayd etish kerakki, psixologik xizmat metodologiyasi vazifalarini tadqiq qilinar ekan, ijtimoiy psixologiyada va mashhur bo‘lgan "Ustanovka", "Ijtimoiy ustanovka" muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarga to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Chunki, psixologik xizmat jarayonining psixologik himoya vositasi sifatidagi asosiy vazifalarini ijtimoiy ustanovka tadqiqisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Binobarin, ustanovka (psixologiyada) shaxsning muayyan faolligini (idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va hokazo) bajarishga qaratilgan, avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi kishining uni muayyan tarzda harakatga undovchi tayyorgarlik formasi hisoblanadi.
Psixologik xizmatning nazariy va metodologik asoslari haqida gap borganda psixologik xizmat ob’ekti va sub’ekti hisoblangan shaxsga munosabat tizimi asosida yondashuv istiqbollarini ko‘rsatib beruvchi tadqiqotlarga ham alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.
Chunki, shaxsning psixologik xizmat jarayonida namoyon bo‘luvchi va rivojlantirib borilishi muqarrar bo‘lgan o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga (shaxslararo) va faoliyatga nisbatan tarkib topayotgan munosabatlarning ijtimoiy saviyasini o‘rganmay, tahlil qilmay turib uning o‘z-o‘zidagi noxush hislardan, o‘zgalar bilan hamkorlik o‘rnatishi bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlardan, faoliyatdagi muvaffaqiyatsizliklardan psixologik muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar ko‘lamini belgilab bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar va pedagoglar (B.G. Ananev, G.M. Andreyeva A.A. Bodalev, Ye.V. Shoroxova, F.V. Bassin, L.S. Vigotskiy, A.V. Vedenov, Yu.M. Zabrodin, A.G. Kovalov, I.S. Kon, T.A. Kitvel, E.S. Kuzmin, M.S. Kagon, I.T. Levikin, V.S. Merlin, V.N. Myasishev, V.S. Magun, I.P. Pavlov, K.K. Platonov, B.D. Parigin, S.L. Rubinshteyn, V.V. Stolin, V.A. Yadov kabi olimlarning barchasi munosabatning sohalarini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Masalan, mazkur munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar talqinida shaxsning "ichki" va "tashqi" faoliyati o‘rtasidagi emotsional, kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy iqlimiga nisbatan xayrixohlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida shaxs oliy nerv faoliyatining aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini "bajonidil" (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. Psixologik xizmat jarayoni esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayangan holda shaxsning faoliyat jarayonida tarkib topayotgan munosabatlarini o‘rganishni tahlil qilishni va shu asosda tegishli tadbirlarni belgilay olishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu o‘rinda professor E.G‘ozievning nazariy-metodologik qimmatga ega bo‘lgan quyidagi fikrlarini qayd etish o‘rinlidir: "Hozirgi kunda shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun: odam-inson-shaxs-individuallik-sub’ekt-komillik ierarxiyasiga rioya qilish; shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha xususiyatlarini bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish, "sub’ekt-sub’ekt" aloqasini vujudga keltirish; har qanday sub’ekt-shaxs, lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish; shaxs sub’ekt bo‘lishi uchun mustaqillik, shaxsiy pozisiya, dunyoqarash va ularni hayotga tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish" kabi muammolarning bartaraf etilishi shaxsning ijtimoiy munosabatlar majmuasini kamol toptirishga xizmat qilishi tayin.
Zero, inson munosabatlari uning xulq-atvorida ichki dunyosining shakllanishida, barcha psixologik jarayonlarida muhim boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi (V.N. Myasishev-1957). Bunday boshqaruvchilikning yuksak ijtimoiy saviyada tarkib toptirilishi esa insonning hayotdagi ayrim muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan psixologik himoyalanish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Demak, munosabat psixologiyasi bo‘yicha qayd etilgan yuqoridagi mulohazalarning o‘ziga xos metodologik asoslari "Munosabatlar tizimini" psixologik xizmat jarayonida jiddiy o‘rganish va uni har bir shaxsda takomillashtirish lozim bo‘lgan ijtimoiy psixologik muhofaza omili (ko‘rsatkichlari) sifatida amaliy jihatdan tadqiq qilishga da’vat etadi.
Psixologik xizmat jarayoni bilan bog‘liq shaxs muvaffaqiyatli faoliyatining 2-yo‘nalishiga individual-tipologik xususiyatlarga asoslangan harakatlarning namoyon bo‘lishi kiradi. Chunki, har bir inson u yoki bu ijtimoiy topshiriqni bajarar ekan, avvalo, ushbu topshiriqni qanchalik tez, oson va sifatli qilib bajarish imkoniyatiga ega bo‘lsagina, mazkur topshiriq shaxs kamolotiga xizmat qila olishi mumkin. Mazkur yo‘nalishdagi psixologik muhofazaning mohiyati shundaki, har bir shaxsning faoliyatga nisbatan keragidan bir necha barobar ortiq kuch sarflashga va osongina turli muvaffaqiyatsizliklarga uchramaslikka qarshi o‘laroq shaxs istiqbolini ko‘zlashga qaratilgan tadqiqotlar va tadbirlar ko‘lami oldindan belgilanadi. Psixologik xizmat jarayoni bilan bog‘liq shaxs muvaffaqiyatli faoliyatining uchinchi yo‘nalishi esa faoliyatga nisbatan faol ijobiy munosabatning tarkib topishi va namoyon bo‘lishidir. Bunda shaxsning faoliyatdan qoniqishi, xulq-atvoridagi motivasion tizimning ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan boshqaruvchilikka taalluqli sifatlarini yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Zero, har jihatdan ijtimoiy faollikka xizmat qiluvchi sifatlar namoyon etilmagan joyda shaxs va jamiyat uyg‘unligining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi barcha imkoniyatlar qo‘ldan boy beriladi. Vaholanki, bunday "imkoniyatlar"ni hamisha "muhofaza" qilish nafaqat ijtimoiy tashkilotlarning, balki har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi:
1. Psixologik xizmat har-bir shaxsning u yoki bu faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini ta’minlovchi tadqiq qilishga qaratilgan omillarni nazariy va empirik ma’lumotlar usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi lozim.
2. Psixologik xizmat shaxsning faoliyat jarayonidagi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga bo‘lgan munosabatlaridagi ierarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog‘liq izlanishlar ko‘lamini o‘z ichiga oladi.
3. Psixologik xizmat jarayoni bilan bog‘liq ijtimoiy muhim ko‘rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo‘lgan individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Psixologik xizmat jarayonini ijtimoiy psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi.
5. Psixologik xizmat fani bugungi kunda yetarlicha nazariy, ilmiy va fundamental asoslarga ega bo‘lgan maxsus fan sifatida o‘qitilish bilan birga jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy vazifalarni bajarishi mumkin.


Nazorat savollari:

  1. Psixologiya fanining predmeti.

  2. Psixologiya fanining maqsad va vazifalari.

  3. Amaliy psixologiyaning ob’ekti.

  4. Psixologiyaning bugungi ahamiyati.

  5. Psixologik bilimlar olamining o‘ziga xosligi.

  6. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.

  7. Psixologik maktablar to‘g‘risidagi mulohazalar.

  8. Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ olimlar.

  9. Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.

Yüklə 105,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin