11 – amaliy
SOTSIOLINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
1. Sotsioiingvistik metodlarning turlari
2. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi
3. Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik
Tayanch so‘z va iboralar: sotsiolingvistik metodlar, manba to‘plash metodlari, kuzatish metodi, soiovnoma metodi, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodi, bevosita aralashma kuzatuv metodi, anketalashtirish, og‘zaki so‘rovlar, testlar, statistik tahlil, korrelatsion tahlil, sotsiolingvistik tadqiqot dasturi.
Sotsioiingvistik metodlarning turlari. Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlami uch turga ajratish mumkin: 1) manba (material) to‘plash metodlari; 2) materialni qayta ish lash metodlari; 3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari. Birinchi guruhda sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo'lgan snetodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqii o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan tashqari to‘plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordainida baholangan material til va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan aloqalami ko‘rsatib bera oladigan sotsolingvistik talqinga muhtoj bo‘ladi77. Sotsiolingvistlar maiumot to‘plash(!a ko'proq kuzatish va turli xil so ‘rovnomalardan, shuningdek, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodidan foydalanadilar. Tabiiyki, ko‘pincha bu metodlar qorishtiriladi: yozma manbalarning dastlabki tahlilidan keyin tadqiqotchi muayyan taxminni shakllantiradi va uni kuzatish jarayonida tekshiradi; to‘plangan maiumotlarni tekshirish uchun u o‘zini qiziqtirgan ijtimoiy uyushmaning ma’lum qismini so‘rovga tortishi ham mumkin. Sotsiolingvistlar oddiy kuzatuv bilan bir qatorda ba’zan bevosita aralashma kuzatuv metodim qo‘llaydi!ar. Insonlar xulqini o‘rganuvchi bevosita kuzatuv usulida kuzatuvchining o‘zi ham kuzatilayotgan guruh a’zosiga aylanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatilayotgan ijtimoiy guruh a’zolaridan biron-bir belgisiga ko‘ra, misalan, millati, tili va boshqa belgilari bilan ajralib turmasligi kerak. Chunonchi, yevropalik kuzatuvchi xitoyliklar yoki negrlar guruhida bevosita kuzatuv olib borolmaydi; katta yoshdagi tadqiqotchining o‘smirlar guruhi bilan o‘tkazilayotgan kuzatuvga to‘liq moslashib ketishi qiyin bo‘ladi; shaharlik dialektologni qishloq aholisi o‘z muhitiga begona odam sifatida qabul qiladi. Masalan, mashhur rus tilshunosi Y. D. Polivanov yapon tilining Nagasaki dialektini o‘rganish jarayonida uni shunchaiik yaxshi o‘zlashtirib olgan ediki, hatto, unda bemaioi gapira olgan; biroq bu holat mahalliy aholida salbiy munosabat uyg‘otgan78. Yaponlar xorijlik olimni har qanday vaziyatda ham “o‘ziniki” hisoblashmagan. Agar bunday to'siqlar boimasa, kuzatuvchi guruhga “xuddi hamma kabi” singib ketgan bo‘lsa, u o‘z kuzatuvchilik maqsadlarini, xatti- harakatlarini bemalol yashirishi mumkin. “Oshkor qilish” omadsizlikka olib keladi, ba’zi hollarda, hatto, kuzatuvchi hayotiga tahdid solishi ham mumkin. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin. Ikki yevropalik fe^nograf darveshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va tiiini o'rganish maqsadida ko‘chmanchi musulmonlarga qo‘shilib, ular orasida o‘zlarini xuddi darveshlardek tutishgan. Darveshlar ham olimlarni “o‘ziniki” deb qabul qilishgan. Biroq olimlarning musiqiy ohangga oyoqlarini g‘ayriixtiyoriy qimirlatib o‘tirishlari ulami fosh qilib qo‘ygan, chunki bunday odat darveshlarga xos boimagan. Yoki filolog mahbus bilan yuz bergan voqea ham ko‘pchilikka ma’lum boigan. Filolog qamoqxonada o‘g‘rilar jargonini mahbuslardan yashirincha yozib olishga harakat qilgan. Biroq olimning ziyoli qiyofasi jinoyatchilami shubhalantiradi va uni fosh qilishib, “sotqin” deb hisoblashadi. Tadqiqotchi bu mashg‘ulotining ilmiy tomonini zo‘rg‘a tushuntirib, isbotlab bergandan keyin jinoyatchilarning o‘zlari unga material to‘plashda yordam berishgan79. Tashqi kuzatuvaa ham, bevosita kuzatuvda ham kuzatuvchi kuzatilayotgan nutqiy materialni qayd etib borishi kerak. Bu ikki xil usulda - qoidayozish yoki instrument vositasida amalga oshirilishi mumkin. Qo‘lda yozish usuli juda qulay boiib, u maxsus tayyorgarlikni talab ailmaydi. Qog‘oz va qalam boisa, quloqlar nutqdagi muayyan dalillarni qabul qilishga “shay boisa”, kuzatilayotgan obyekt (kishi yoki kishilar guruhi) tadqiqotchining maqsadini payqamasa yoki bundan xabardor boisa ham qarshilik qilmasa, qayd nisbatan oson va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Ayniqsa, bu usul nutqiy oqimda faqvulodda kam uchraydigan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik konstruksiyalarni kuzatishda samarador hisoblanadi. Agar vazifa alohida dalillarni emas, balki ravon nutqni, muloqot jarayonida kishilarning dialogik o‘zaro munosabatlari va talaffuz xususiyatlarini, ohang va nutqiy muomalani toialigicha tekshirishdan iborat boisa, u holda, qo‘lda yozish samarali bo‘lmaydi. Unda kuzatuvchi nutqiy zanjirdagi ba’zi xossalarnigina qayd etishga ulguradi va bu zanjirlarni taniash har doim subyektivligicha qoladi. Shuning uchun zamonaviy sotsiolingvistikada tadqiq qilinayotgan og‘zaki nutqqa doir aksariyat masalalarning yechimida instrumental texnikani, xususan, magnitofon va diktofonlarni (xatti-harakat va imo- ishorali muloqotlarni qayd qilishda videokameralardan ham foylaniiadi) qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Mazkur vositalardan ochiq yoki yashirin foydalanish mumkin. Qayd qiluvchi vositalardan ochiq foydalanganda kuzatuvchi informantlami o‘z maqsadi (haqiqiy yoki yolg‘on) haqida ogohlantiradi va kuzatuv jarayonida o‘rganiIayotgan individlar nutqidagi tabiiy muomalani u yoki bu darajada bo‘g‘ib qo‘yuvchi mikrofon ta’sirini kamaytirishga harakat qiladi. Biroq so‘zlovchi o‘z nutqini qayd , qilinayotganligini bilmaganda uning nutqi ko‘proq tabiiy va erkin chiqadi. Shuning uchun sotsiolingvistlar imkon qadar yashirin vositalardan keng foydalanishadi. Buning imkoni boimagan holatlarda ayrim tadqiqotchilar ochiq-,va yashirin vositalardan aralash foydalanishadi. Masalan, U. Labov o‘zining informantlari bilan ishlash jarayonida magnitofon va videokameradan ochiq foydalangan. Tanaffus paytida inforrnantlar bir- birlari bilan erkin muloqotga kirishgan chogida esa magnitofon va videokamerani yashirin qoilagan. Sotsiolingvistikada anketalashtirish, og‘zaki so‘roviar, testlar va ma’iumotlar to‘plashning boshqa usullari ham keng qoilaniladi. Bu usullar tilni egallashdagi ma’lum qonuniyatlarni aniqlashtirish va shu tilda so‘zlashuvchilarning u yoki bu muloqot sharoitlarida til qoilashlarini tekshirishga qaratilgan. To‘plangan maiumotlar jadvalga solinadi. Agar maiumot ko‘p boimasa, u qoida yoziladi. Keyin olingan maiumotlar va uning mazmuniy tahlili, matematik-statistik bahosi aniqlashtiriladi. Buning natijasida tadqiqotchi tildan foydalanish va til egalarining ma’lum ijtimoiy xususiyatlari o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga muvaffaq boiadi. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi Yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda qator qiyincRiliklarga duch keladi. Bu qiyinchitiklar quyidagi masalalarda kuzatiladi: 1) kimdan ma’lumot olish; 2) ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish; 3) maiumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish. Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi.