1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar


SHARQ MUTAFAKKIRLARINING RUHIY JARAYONLAR HAQIDAGI FIKRLARI



Yüklə 167 Kb.
səhifə3/7
tarix24.06.2022
ölçüsü167 Kb.
#62241
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING RUHIY JARAYONLAR HAQIDAGI FIKRLARI
Roziy Abu Bakr Muhammad ibn Zakariy (28-avgust 865) o’rta va yaqin Sharq xalqlarining ilg’or ijtimoiy va falsafiy olimlaridandir. U um-rini tabobat ilmiga, shuningdek, falsafani o’rganishga bag’ishladi. U aql masalasiga (tafakkur) alohida e’tibor berdi va aql bilan inson hayvonot dunyosidan ustun turishini, aql orqali o’z xohish va istaklarga etishish mumkinligini uqtiradi. «Aql orqali biz o’zimizni ulug’lovchi, ziynatlovchi va hayotimizni xayrli qiluvchi hamma narsani bila olamiz», - deb ko’rsatadi. Aql yordamida erning shakli, quyosh va oyning kattaligi, yul­duzlar harakati, ularning uzoqligini va oqishini bilib olamiz, deydi.
Roziy falsafa ilmini nihoyatda ulug’laydi... Kimki falsafani o’rganish bilan mashg’ul bo’lsa, u haqiqat yo’lidan borishga loyiqdir. Haqiqatdan ham kishilarning ruhi bu dunyoning chirkinlari va qorong’uliklaridan musaffo bo’lish va farog’atga etishishi faqat falsafani o’rganish bilan bo’ladi. Agar inson falsafani o’rgansa, biz tasawur qila olishimiz mumkin bo’lgan darajada oz qismini bo’lsa ham egallay olsa, u o’zining jonini chirkinlik qorong’ulikdan tozalaydi va qutqaradi, deb ko’rsatadi. U ilmiy tadqiqot ishlariga alohida e’tibor berdi. Bu tadqiqotlar kishi ruhiga ta’sir etishi, uni aql-idrokini shakllantirishga alohida urg’u berdi.
O’rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O’rta Sharqning mash-hur mutafakkiri, qadimgi yunon ilmi va falsafasining Sharqdagi eng yirik targ’ibotchisi va uning rivojiga hissa qo’shgan olimlardan biri Abu Nasr Forobiydir. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olim bo’lib nom qozondi. U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kegak», «Falsafa maktablari», «Logikaga kirish» kabi ko’plab risolalar yaratdi. Faylasuf — falsafaning eng muhim masalalari bo’yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U Sharqda qadim yunon falsafasi, ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi, psixologiya fanining otasi Aristotelning asarlarini o’rganish, ularga sharhlar yozish, g’oyalarini targ’ib etish va yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Aristotel «birinchi muallim» deb nom olgan bo’lsa, butun Sharqda Foro­biy «ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo’ldi. U insonning ruhiy jara­yonlari haqida fikr yuritadi. Forobiyning fikricha, mavjudotning eng bu­yuk va etuk mahsuli — bu insondir, u o’zining ongi, aqli, sezish organ­lari orqali olamni har tomonlama o’rganish qobiliyatiga egadir. Aql yor­damida inson uni o’rab olgan mavjudotning mohiyatini tushunadi. U mavjudotning yashash shakllari, olamni bilishning yo’l va vositalari, unda ilm-fanning o’rni va ahamiyati masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Uning-cha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug’ilishida mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va aqliy xislatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari bilan muloqotda vujudga keladi. Uning aqli, fikri (tafakkuri), ruhiy yuksakligining eng etuk mahsuli bo’ladi va inson o’z bilimlarini, aqlini rivojlantirib, so’ngra mavjudotning ibtidosi, boshlanishi haqidagi ilmga etib boradi, deb ko’rsatadi.
Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta’limoti psixologiya ilmining rivojlanishi va ravnaqiga katta hissa qo’shdi. Uningcha, minerallar to’rt element — olov, tuproq, havo, suv — ya’ni sodda substansiyalarning o’zaro aralashuvi murakkab substansiyalarni vujudga keltirdi. Undan avvalo mine­rallar, ya’ni noorganik jismlar keyin esa o’simlik olami tashkil topdi. O’simliklar olami o’sish, rivojlanish qobiliyatiga egadir. O’simliklardan so’ng hayvonlar vujudga keldi, ular harakat qilish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, ko’payish, sezish qobiliyatiga ega edilar. Olam jismlari rivojlanishining oliy bosqichi — insonning vujudga kelishidir, deb ko’rsatadi.
Forobiy o’simlik, hayvon va insonga xos xususiyat va qobiliyatlarni quwat deb atadi va uni o’sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat deb uchga ajratadi. Uning quvvatlar haqidagi klassifikatsiyasi organizm-dagi jarayonlarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash jarayonlariga ajra­tish demakdir. Bundan shunday xulosa chiqarmoq joizdir, ya’ni biologik jarayon barcha tirik organizmga, fiziologik-psixologik jarayon — hayvon-larga, aqliy intellektual jarayon, ong faqat insonlarga xosdir.
Forobiy dunyoni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish, uni ilmli, ma’rifatli qilishga xizmat qiladigan psixik jarayonlarga alohida e’tibor berdi. U bilishning ikki bosqichi — hissiy bilish va uning darajalarini va aqliy bilishni har tomonlama asoslab berdi. U «Majmuar Rasoil al-Hukamo» (225) asarida «lnson bilimlarni aql va sezish organlari orqali qo’lga kiri-tadi... seziluvchi obrazlar his qilish orqali, aqliy obrazlar esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi», — deb yozadi, ya’ni u aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini ta’kidlaydi. U hissiy bilishning darajalari, kelib chi­qishi haqida fikr yuritadi. Sezgilarni hissiyot, tafakkur kabi psixik holatlar bilan bog’lashga urinadi. U sezgilarni o’ziga xos klassifikatsiyalaydi. Oziqlantiruvchi quwat: so’ngra ichki va tashqi quwatlar vujudga keladi. Tashqi ruhiy quvvatlar, ya’ni tashqi buyumlar sezgi a’zolariga bevosi­ta ta’sir qilganda vujudga keladigan quvvatdir, deb ko’rsatadi.
Sezgilarning kelib chiqishi va murakkabligi jihatidan besh turli tashqi quvvatni Forobiy quyidagicha talqin qiladi: teri-badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi;
nutq sezgisi (eshitish sezgisi nazarda tutiladi); ko’rish sezgisi.
Bulaming hammasini Forobiy sezish quvvati deb ataydi. Ichki quvvatlarga:

  1. xotira-tasavvur quvvati,

  2. xayol quvvati,

  3. tuyg’u, emotsiya quvvati,

  4. nutq quvvati,

  5. quvvat notiqa tarkibida mantiqiy fikrlash quvvati.

Bu Forobiy fikricha, mantiqiy operatsiyalarni bajarib, murakkab narsa­larni bilib olish uchun xizmat qiladi. U, insonda kishining g’azabi va nafratlanishi, ya’ni his-tuyg’usini boshqaruvchi quwatlar mavjud ekan­ligini aytib o’tadi.
Xayol qilish, so’zlash, fikr yuritish, aql quwatini Forobiy faqat inson­ga xos deb to’g’ri tushunadi. Forobiy odam organizmining markazi yurak-dir, chunki yurak butun tana va uning a’zolarini qon bilan ta’minlaydi, qon yurak orqali, butun organizmga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir. Miya ham qon bilan tirik bo’lgani singari, yurakka bo’ysunadi, ya’ni yurak -dan qon oladi. Lekin, shu bilan birga, u butun organizm va uning a’zolariga rahbarlik qiladi, o’z buyrug’iga bo’ysundiradi, deb ta’kidlaydi.
Forobiyning bu fikrlaridan, birinchidan, insondagi ruhiy jarayonlar bilan fiziologik-anatomik jarayonlar psixika bilan organizm o’zaro bog’liq holda mavjud, degan xulosa, ikkinchidan yurak insonning biologik hayo-tini, miya esa uning ruhiy-ma’naviy hayotini boshqarib turadi, degan
xulosa kelib chiqadi.
Forobiyning bu ta’limoti ruhiy jarayonlarning paydo bo’lishini nerv-fiziologik jarayonga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. U tashqi olam, muhit, odam organizmi o’zaro sababiy bog’liqligini yoritib berishga harakat qila­di va u o’zining psixologik ta’limotida O’rta Osiyo, Eron, Hindiston va qadimgi Gretsiyaning tabiiy-ilmiy bilimlar sohasida erishgan yutuqlariga suyanadi.
Forobiy ruhiy jarayonlarni psixolog sifatida emas, balki faylasuf sifa­tida talqin qiladi, chunki u davrda psixologiya hozirgidek mustaqil fan hisoblanmay, balki umumiy falsafiy bilimlar tuzilishiga kirgan edi. Uning bilish jarayonining ikki bosqichi hissiy va aqliy bilish ta’limoti, ayniqsa, muhimdir. U hissiy bilishni sezgilar orqali aniq va moddiy narsalarning bevosita ta’siri natijasida hosil bo’ladi, degan bo’lsa, aql orqali bilish aniq moddiy jismlar orqali emas, ularning ta’sirisiz va ulardan tashqari faqat ruhiy obrazlar asosida vujudga keladi, deb uqtiradi. Forobiy «Aql ma’nolari haqidagi risola»sida aql-intellekt tushunchasini bir tomondan, psixik jarayon ekanligini va ikkinchi tomondan. u tashqi ta’sirning, ta’lim-tarbiyaning natijasi deb anglaydi. Uning fikricha, «Aql faqat insongagina xos bo’lgan tug’ma quvvat — ruhiy kuch bilan bog’liqdir. Inson tushunishi, fahmlashi,muhokama qilish, o’ylab topish, fikrlash quwatiga ega va bu xususiyatlar bolaning o’sib, kamolga etib borishi bilan rivojlanib boradi» (M. Xayrul-laev. «Forobiy ruhiy jarayonlar va ta’lim-tarbiya to’g’risida*, «O’qituvchi» nashriyoti, — T., 1967-y.).
Forobiy «Fozil odamlar shahri», «Hikmat asoslari*, «Aql ma’nolari* kabi asarlarida inson psixikasi haqida falsafiy mushohadalar yuritadi. Foro­biyning ruhiy jarayonlar va dunyoni bilish haqidagi fikrlari hozir ham psixologiya fanida katta ahamiyatga egadir.
Forobiydan keyin jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan olimlardan biri buxorolik Abu Ali ibn Sinodir. U tibbiyot, falsafa, psixologiya, matema­tika kabi fanlarning rivojlanishiga e’tibor berdi. U mavjudodni, ya’ni bar­cha mavjud narsalarning kelib chiqishi, o’zaro munosabati, biridan ikkin-chisiga o’tishini har tomonlama o’rganadi. Ibn Sinoning fikricha, olam yaxlit murakkab bog’liqdir. Bu bog’liqni har tomonlama tekshirish uchun u zaruriyat, imkoniyat, voqelik va sababiyat tamoyillarini asos qilib oldi. Uningcha, materiyaning eng sodda bo’laklariga bo’linmaydigan shakli to’rtta, ya’ni havo, o’t, suv, tuproqdan iborat. Ularning o’zaro turli xil birikuvi natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi, deb yozadi. Bu moddiy narsalarning moddiy asosi bo’lgan havo, o’t, suv, tuproq o’zgarmaydi ham, yo’qolmaydi ham. Materiya — harakat, vaqt, fazo bi­lan uzviy bog’liqdir, deb ta’kidlaydi. Ibn Sino Aristotelning jon haqidagi ta’limotini tabiatshunoslikdagi va tibbiyotdagi o’sha davrning yutuqlariga asoslanib yangi asosda qayta qurdi. Ibn Sinoning ishlarida «jon» tushun-chasi organizmni sezish, eshitish, ko’rish qobiliyati deb tahlil qilingan. U jon haqida ajoyib ta’limot yaratdi. Bu haqdagi fikrlar uning «Tib qonun-lari» kitobida o’z aksini topgan. Bu o’zining yo’nalishi bo’yicha materia­listik ta’limotdir. Ulug’ olim bu kitobida asab tizimining tashqi bog’liq va tananing harakati, tana sezgisini ta’minlab turuvchi bog’liq funksiyasini juda yaxshi tushungan holda psixologik hodisalarni fiziologik jarayonlar bilan bog’liqligi to’g’risidagi fikrlarni birinchilardan bo’lib oldinga surdi. Asab tizimi, bosh miya bu psixikaning yuz berishi asosi deb ko’rsatdi. Tana va muhit, a’zo va uning funksiyasi har doim o’zaro bog’liqlikda bir butunlikdadir, jon miyaning funksiyasi deb takidladi. Ibn Sino bu fikr-larini rivojlantirib ruhiy kasalliklar miya ishining o’zgarishi bilan bog’liqdir deb ko’rsatadi. Olim psixik jarayonlarning markazlari miyada degan fikr­ni ilgari suradi. U sezgi markazi miyaning old qismida, xotira markazi miyaning orqa qismida, xayolning markazi miyaning o’rtasidagi jo’yagining oldingi qismida o’ylash, fikrlash bilan bog’liq markaz o’rta jo’yakda, ixti­yoriy harakatlanishi qobiliyati miyaning orqa jo’yagiga joylashgan*, — deb yozadi (Abu Ali ibn Sino. «Konon Vrachebnoy Nauki», kn. 1 .T.An.UzSSR, 1954.str. 134-137).
Ibn Sinoning ruhiy jarayonlar va dunyoni bilish haqidagi fikrlari ham muhim ahamiyatga ega. U dunyoni bilish nazariyasini materialistik asnoda tushuntiradi. U bilish sezgilar yordamida hissiy bilish va tushunchalar yor-damida fikrlash orqali bilishdan tashkil topadi, deb yozadi. Sezish bu shun­day quwatki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki bizning hislarimizdn vujudga keladi. Sezgida narsa va hodisalarning ayrim tashqi belgilari, aniq tomonlari bilinsa, aql ularning mohiyatlarini, ichki tomonlarini mavhum-lashtirish yordamida bila oladi, deb ko’rsatadi. Ibn Sino ham bilishning ikki bosqichi, ya’ni sezgilar va tafakkur jarayoniga alohida e’tibor beradi.
Abu Ali ibn Sino Sharq tabobatida keng qo’llaniladigan «mijoz» tushunchasiga alohida e’tibor berdi. Uningcha, «mijoz» insonning xususiyati uning sifati, tana va ruhga tashqi muhit faktorlarining ta’sirini idrok qilishdir.
U: «Unsurlarning nihoyat darajada mayda bo’laklaridagi qarama-qarshi kayfiyatlarning bir-biriga ta’siri ma’lum bir chegaraga etganda paydo bo’lgan kayfiyatni mijoz deyiladi*, — deb ko’rsatadi (Tib qonunlari. A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993-y., 15-bet).
«Mijoz» organizmning ruhiy va jismoniy barqarorligini ko’rsatgan jismoniy va psixik idrok hamda turli ta’sirlarga javob bo’lib, bu so’z qadimgi grek tabibi Gippokrat tomonidan ishlatilgan. Keyinchalik, u organizmda bo’ladigan 4 suyuqlik qon, safro, balg’am, qora o’t haqida ta’limotni ishlab chiqdi.
Ibn Sino tibbiyot muammolarini hal qilishda Gippokrat ta’limotiga suyanadi. «Tib qonunlari* asarida bir necha bor tibbiyot fanini otasi Gip­pokrat fikrlaridan foydalanadi. Ibn Sino organizm tashqi ta’sirlarni idrok qilish va uni organizmni javob reaksiyasini berishda mijozni turlicha, ya’ni: issiq, sovuq, quruq, nam, kuchli va kuchsiz paydo bo’lishini aniqladi. Ular odamda mijoz shaklida tabiiy ravishda bo’lishini va bular orqali odam ovqatlarni, havo haroratini, yoqimli va yoqimsiz narsalarni bir-biridan farq qiladi, deb ta’kidladi. «Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasi farq qiladi va issiq mijozli, sovuq mijozli kishilar farqlanadi, deb ko’rsatadi. Yuksak kaloriyali mahsulotlar, ya’ni: yog’li ovqat, qo’y go’shti, tuxum, qant, yong’oq, qora choy qon aylanishini, kuchni, haroratni oshiradigan; sut, mastava, ko’k choy, baliq, o’simlik va boshqalar sovuqlikni oshiradi, deb ularning organizmga, mijozga ta’sirini ko’rsatib beradi. «Issiq odam* tabiatan issiq, bu issiq ovqatlarni. «sovuq odam* tabiatan sovuq bo’lib, u sovuq ovqatlarni iste’mol qiladi, deydi.
«Issiqlik» va «sovuqlik» tushunchasini Ibn Sino inson tanasiga xos deydi. Ular ikki bir-biriga qarama-qarshi funksiyalarni (faollik va sezish, jabr qilish), tabiatdagi o’zgarishlar, shunga o’xshash qarama-qarshi hodi­salarni (yil fasllarining o’zgarishi. issiq, sovuq, muzlash va erish, uyqu va uyg’oqlik, yoshlik va qarilik, hayot va o’lim) aniqladi.
Ikki bir-biriga qarama-qarshi tushuncha: quruq va namlik tana hamda a’zolarning funksional holatini, sog’lig’i va kasalligini aks ettiradi, deydi.
«Quruq» — odam organizmdagi suyaklar bo’lsa, «namlik» — bu qon, yog’ deb ta’kidlaydi. Ibn Sino hatto «turli xalqlarning, turli chehralar»ning, «har bir a’zo»ning mijozini aniqlashga harakat qildi.
Qadimgi grek ta’limotiga binoan mijozning fizik (fiziologik) asosi ha­qidagi 4 modda, ya’ni olov, havo («engil» elementlar), suv, er («og’ir» elementlar) va uning xususiyatlarini tahlil qilib, olov — issiq va engil, havo — issiq va nam, suv — sovuq va nam, er — quruq va sovuqligini va bular asosida mijozni issiq, o’rtacha va sovuq bo’lishini aniqladi.
Ibn Sino «mijoz» haqidagi ta’limotni ishlab chiqish jarayonida tibbi-yotda buyuk grek olimi Gippokrat tomonidan ko’p ishlatiladigan tempera­ment so’ziga e’tibor qaratdi va u o’z faoliyatida temperamentning shaklla-nishida o’rab olgan muhit va organizmning individual xususiyatlarini hisob­ga olish kerakligiga e’tibor berdi. Gippokrat kasalni, ya’ni kasal joyni emas, kasallanuvchi kishining organizmini, individual xususiyatlarini va unga ta’sir etuvchi atrof-muhitni o’rganishga qaratish lozimligi haqidagi fikriga asoslanib ish ko’rdi. U tashqi muhit ta’siri natijasida shakllanadi-gan moddiy va ruhiy hodisalarni aniqlash muhimligini ta’kidladi va u kishilarni 4 asosiy tipga ajratdi. Bunda Gippokrat organizmdagi qon, saf-ro, balg’am va qora o’tning rolini alohida qayd qildi va ularga asoslanib odamlarni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik temperament tipiga ajratadi, ya’ni: organizmida qon ko’p bo’lganlar sangvinik, xoleriklarda safro, flegmatiklarda balg’am, melanxoliklarda qora o’t ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi. Shu nuqtayi nazardan «mijoz» bu temperament yoki fe’l, xulq emas, deb ta’kidlaydi.
Gippokrat temperament — inson psixikasining kompleks dinamik xa-rakteristikasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari integratsiya-sidir, deydi. U o’zida emotsionallik va faollik kabi 2 asosiy komponent-larni birlashtiradi. Emotsionallik va insonning hissiyotini kuchi, barqarorligi va kayfiyatini (xursandlik, g’azab, qo’rquv, tushkunlik), faollik esa tashqi muhitga, odamlarga munosabatlaridagi tempi, ritmi, tezligi bilan belgila­nadi, deb to’g’ri ta’rif bergan bo’lsa, Ibn Sino mijoz odam organizmining xususiyatini ifodalanishi, u tashqi muhit faktorlarini sifati, jismoniy va ruhiy idrok qilinishidir degan fikrni ilgari surdi. Mijoz organizm mohiya­tini o’zida chuqurroq va to’laroq aks ettirishidagi jismoniy va ruhiy tabi-atning o’zaro munosabatlari shartidir. U turli-tuman ta’mlarni farqlash malakasi va sifati bilan xarakterlanadi, degan g’oyani ilgari suradi.
Ibn Sino mijozga dalolat beradigan belgilarni ko’rsatib berishga hara­kat qildi. U bu belgilar: ushlab, ko’rib sezish, go’sht va yog’dan olinadi-gan (qizil go’sht ko’p bo’lsa, mijozning issiqligi va ho’lligidan dalolat

Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin