1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari Asosiy savollar



Yüklə 167 Kb.
səhifə1/7
tarix24.06.2022
ölçüsü167 Kb.
#62241
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari


1-mavzu: Psixologiya faninig tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari


Asosiy savollar:
1.Psixologiya tarixi xaqida
2.”Jon” tushunchasining yuzaga kelishi.
3. Borliqning naturfilosofik qarashlarlarning yuzaga kelishi.
4.Garaklit, Demokrit, Aflotun, Aristotel, Gerofil, Erazistrat va Galen qarashlari.


O’QUV MAQSADI:
Umumiy psixologiya nazariyasi va tarixi fanining tarixini tushuntirib beradi.
Umumiy psixologiya fanining rivojlanish bosqichlarini aniqlaydi.
Umumiy psixologiya fanining mohiyatni yoritadi.
Umumiy psixologiya fanining vazifalarini sanaydi.
Talabalarda Umumiy psixologiya fanini o’rganishga qiziqish uyg’otadi.


GLOSSARIY:
Materialistik, idealistik, mayl, vegetativ, aristokratlar, introspektsionizm gilozoizm,naturfilosofik qarashlar, antagonistik ibtidolar,dualizm


1.Psixologiya tarixi xaqida
Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, qiziq va mazmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib borish tarixidir. Insonning o’z-o’zi haqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o’rganishga bo’lgan intilish kishilar hayotning har xil tarixiy bos-qichlarida ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan taqozo qil-ganligini, ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilgan-ligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari, psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlari-da, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakka-yu yago-na bo’lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imko­niyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko’maklashadigan foydali ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o’rin tutadi
Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi. Ammo shu narsa ravshanki, keltirilgan ta’rif ham psixologiyaning predmeti to’g’risida so’z yuritilganda bu psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar va shu kabilarni o’rganadigan fan ekanligi haqidagi an’anaviy ta’riflar kabi juda muhim izoh talab qiladi. Psixik xodisalarning "alohida xodisalardan" ekanligi, ularning "ichki dunyoni" tashqil etishi haqidagi ta’kidlari o’z holicha psixikaning mohiyatini, uning o’ziga xos xususiyatini ochib bera olmaydi. Psixika nima degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik hodisalarning mohiyati va xarakteri haqidagi tasavvurlar asrlar davomida qanday o’zgarib borganligiga, qisqacha bo’lsada, nazar tashlash shart.
Psixologik ijtimoiy hayot extiyojlari qadim zamonlar ta’limotlardan buyon kishini tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. "Jon" tushunchasining paydo bo’lishi ibtidoiy xalqlarning animistik qarashlari bilan bog’likdir. Ibtidoiy odamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot xodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o’lim, xushdan ketish va shu kabilarni noilmiy, primitiv-materialistik tarzda talqin qilish oqibatida tarkib topgandir. Ibtidoiy odam bu hildagi hodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalariga ega bo’lmasdan, bevosita idrok qilnnadigan yuzadagi narsani haqiqiy mohiyat sifatida qabul qilib kelgan. Jumladan, tush ko’rish uhlayotganda tanani tark etib, er yuzida kyozib yuruvchi ruhning ta’ssurotlari deb tasavvur qilingan. Ibtidoiy odam o’limni hayotiy jarayonning ohirgi bosqichi deb tushunmagan. Shu bois o’lim uyquning bir turi sifatida idrok etilib, bunda ruh allaqanday sabablarga ko’ra tanaga qaytib kelmaydi deb izohlangan. Ibtidoiy odam bu hodisalarni tahminan kuyidagicha tushungan: ruh - kishining aynan o’zi; uning ehtiyojlari va odatlari, hayot kechirish shart-sharoitlari tirik odamlarnikidekdir.
Marhumlarning ruhlari ham go’yo odamlarniki kabi mashgulotlar va soqial tartib mavjud bo’lgan hamjamiyatni tashqil etarmish. Tirik odamlar va marhumlarning ruhi o’o’zaro aloqada bo’lib, moddiy va hujalik jihatidan bir-biriga bogliqdir.
Yovvoyi odamning tabiat qarshisidagi ojizligi sababli individ (shaxs) ning ham, jamiyatning ham ruhdan ana shu tarzda tobeligi hakidagi tasavvurlar natijasida ruhga toatibodat tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari, planlashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va "ishlab chiqarishning ma’naviy kuchlari"ning tabakalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan toli tabiati haqidagi goyalar paydo bo’ldi. Shu bilan birga oldingi antimistik, afsonaviy tasavvurlar urnini ruhni borliqning naturfilosofik manzarasi nuqtai nazaridan tu- shuntirishga urinishlar egallay boshladi. Ioniy naturfilosoflari - Fales (eramizdan oldingi VII - VI asrlar), Anaksimen (eramizdan oldingi V asr) va Geraqlit (eramizdan oldingi VI - V asrlar) ruxni olamning ibtidosini tashqil etuvchi narsa (suv, xavo, olov)keng odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. qadimgi yunon faylasuflarining bu g’oyani izchillik bilan o’tkazishlari materializmning o’ziga hos shakli - materiyaning jonliligi (gilozoizm) to’g’risidagi hulosata olib keldi. Bu materialistik goyalarning Demokrit (eramizdan oldingi V- IV asrlar), Epikur (eramizdan oldingi IV - IP asrlar) va Lukreqiy (eramizdan oldingi 1 asr) kabi atomistlar tomonidan rivojlantira borishi oqibati ularok ruh tanaga jon bagishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos xisoblanmish aql, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, haetning butun ja- rayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan a’zo sifatida tallin etila boshladi. Ruh bilan aqlning o’zi tananing a’zolari bo’lgani uchun ularning uzi ham tana hisoblanadi va, atomistlarning fikriga ko’ra, sharsimon, kichik va shuning uchun ham ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga qaramay unda jonli narsa - tananing eng sodda funkqiyalaridan tortib to psixikaga, aql-idrokka qadar jonliligi hususiyatining materiyagagina hos hususiyat ekanligining tasdiklanishi progressiv hol edi.
Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo’lidagi dastlabki yirik muvaffakiyatlar uning fizikaviy olam qonunlariga bo’ysunishini isbot qilish bilan, uning ko’rinishlari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishiga bogliqligini kashf etish bilan uzviy bogliqdir. Shu bilan birga o’sha davr materializm namoyondalari ihtiyoridagi ma’lumotlar yordamida kishiga hos mavhum mantiqiy tafakkur qanday bo’lishini, shahsning ma’naviy fazilatlari qay tarika tarkib topishini, kishining maqsad kuzlashi va gavdani o’z izmiga buysundira bilish qobiliyati kay yusinda ta’min etilishini va shu kabilarni tushuntirib berish qiyin edi.
Chinakamiga insoniy hulk-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati doirasidan tashqariga olib chiqish, "sharbatlar" aralashmasi yoki miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarning psixika hakidagi idealistik karashlarning rivojlanishi uchun - sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar orasida Aflotun (eramizdan oldingi 428G’427 - 347 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to’grisidagi tushunchani yaratdi. Shunday qismlardan: a) aql-idrokni, b) jasoratni, v) orzu- istakni alohida ajratib ko’rsatdi va ular tananing turli qismlari (bosh, kukrak, qorin bo’shligi) ga joylashgan bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. Aflotunning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir hil taqsimlangan bo’lib, ulardan birining boshqalariga qraganda ustun bo’lishi individning u yoki bu soqial guruhga mansubligini belgilaydi. Jumladan, oddiy mehnatchilar jon kuchi qismining, ya’ni nafsning ustunligi bilan ajralib turadilar. Ularning azaliy qismatlari- o’zlarida ruhning aql-idrokli, oliy qism hukmron bo’lgan aristokrat(aslzoda)larga - faylasuflarga hizmat qilish emish. Bu o’rinda Aflotun dunyoqarashlarining sinfiy mohiyati yaqqol namoyon bo’ladi. Uning "goyalar" ko’rinmas, lekin tabiatning narigi tomonidagi oliy dunyoni tashqil etuvchi azaliy va o’zgarmas mohiyatlar ekanligi to’grisidagi ta’limoti katta ahamiyatga ega bo’ldi. sonning aql-idroqli qismi omonat tanaga joy bo’lgunga qadar ana shu dunyoga daxldor. U tanaga joy bo’lib olgach, to’gilishga qadar kurilgan narsalarni eslay boshlaydi. Xotiralar qanchalik erkin bo’lsa, unda haqiqiy bilimlar shunchalik ko’p ochilib boraveradi.
Aflotun, psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruxiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil va antagonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga qaraganda uning shogirdi Arastu (eramizga qadar 384 - 322 yillar) ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosga qayta ko’rib, uni biologiya va tibbiet bilan bogladi. Arastuning "Jon to’g’risida"gi asari psixologiyaning bu davrga kelib o’ziga hos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Uning yutuqlari ham hayvonlardagi, ham odamlardagi konkret haetiy urinishlarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish bilan bog’liq edi. Arastu ruhiy faoliyatni o’rganishning tajriba metodini, ob’ektiv metodni himoya qilib chikkan edi.
Iskandar Zulkarnaynning yurishlari davrida uning tarbiyachisi bo’lmish tabiatshunos Arastuning kuz o’ngida turli tabiiy sharoitlarga muvofiqlashgan rang barang hayvonot dunyosi namoen bo’ldi. Bu esa Arastuning jon hakidagi ta’limotni yaratishi uchun shart-sharoit yaratdi. Arastuga hadar materialistlar ham (ular ruhni materiyaning bir turi deb hi soblashardi), idealistlar ham (ular ruxni tanadan boli deb izohlashardi) ruh va tana bir-biridan alohida yashashi mumkin, deb hisoblashardi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh, va jonli tananing ajralmas ekanligi goyasini ilgari surdi. "Ruh dargazab bo’layotir deb aytish biron- bir kimsaning ruhi mato tuqiyapti yoki uy kuryapti deyishi bilan barobardir",- deb yozgan edi Arastu. Jon qismlarga bo’lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziklanish, his etish, harakatga keltirish; aul-idrok kabi turlariga zid qobiliyatlarda namoyon bo’ladi. Birinchi kobiliyat o’simliklar uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlar uchun, to’rtinchisi odam uchun hosdir. Usimliklar, hayvonlar ruhi va aql-idrokli zot ruxi to’grisidagi ta’limotlari bilan Arastu oliy qobiliyatlar sodda qobiliyatlardan va ularning negizida paydo bo’lishini bildiradigan rivojlanish printsipini joriy etdi; odamda xayot va psixika rivojlanishining ibtido darajasi mavjuddir. Sezgi dastlabki bilish qobiliyati hisoblanadi. U "mum temir va oltindan yasalmagan bo’lsada, muxrning izini qabul qilganidek", predmetlarning materiyasiz holida xis etilgan shaklini qabul qilardi. Sezgi tasavvurlar shaklida iz qoldiradi.
Arastu ilgari sezgi a’zolariga ta’sir o’tkazgan narsalar obrazlarining tasavvur tarzida mavjudligini kashf etdi. U shuningdek bu tasvirlar o’hshashligi, turdoshligi va keskin farqlanishi kabi uchta yo’nalishda birlashuvini ham ko’rsatdi, bu bilan psixik hodisalar assoiiaiiyasi (bog’lanishi)ning asosiy turlarini ochib berdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlarni faqat o’zining hususiy faol- ligi orqali ro’ebga chiqarishiga asoslangan holda xarakterning real faoliyatida shakllanishi to’g’risidagi nazariyani ilgari surdi. Kishining adolatparvar va ko’ngilchan bo’lishi uning adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez taqrorlayverishi natijasida ro’y beradi.
Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrda psihologik goyalarning rivojlanishida tayanch nukta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh hakidagi tushuncha haetning barcha ko’rinishlariga (usimliklarni, ya’ni sof biologik jarayonlarni ham qo’shib) nisbatan qo’llanilavermasdan, faqat hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila boshlandi. Psixika kategoriyasining zamirida ong hakidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakko’rga ega bo’lib qolmasdan, balki ularning o’nga mansubligini e’tirof etishga, ihtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu xarakatlarni uning .... qilayotganini bilishga ham qodirdir.
Bir vaqtlar yagona hisoblangan ruh hakidagi tushuncha organizmning tuzilishi va funkqiyalarini tajriba tariqasida: tadqiq etish borasidagi tarahietnnng, shuningdek soqial ehtiejlarning ta’siri ostida bir qancha mayda tushunchalarga bo’linib ketdi. Eramizdan oldingi III asrda aleksandriya- lik vrachlar Gerofil va Erazistrat nervlarni kashf etishdi va ularning pay va chandirlardan farqini annqlab berishdi. Bu vrachlar psixik funkqiyalar (sezgilar va harakatlar) miyaning ko’zg’atilishiga bog’lik ekanligini muntazam ravishda o’rganib borishdi. Umuman gavda emas, balki tananing ayrim a’zolarigina (nervlar, miya) psixika bilan chambarchas bog’likligi aniqlandi. Xayotning har qanday qurinishiga asos bo’ladigan ruh bilan sezgilar va barakat (nervlardan ajral- maydigan)larning asosi sifatidagi ruh ikkita har hil guruhlar bo’lib chiqdi.
Eramizdan oldingi II asrda rumolik vrach Galen fiziologiya va tibbiyotning yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik negizi hakidagi tasavvurlarni boyitdi va ong tushunchasiga yaqinlashnb keldi. U diqqat, xotira, muloxaza ishtirok etadigan harakatlarning kishi, masalan, uyqusida bajaradigan harakatlardan chegaralanishini ko’rsatib berdi. Unisi ham, bunisi ham ruh bilan idora qilinadi, lekin birinchi holda qo’shimcha momentlar ishtirok etadi. Ong to’g’risida paydo bo’lgan tushuncha idealistik falsafa tomonidan foydalanildi. Idealistik falsafa qo’llar revolyutsiyasi va grajdanlar urushi Rim imperiyasini larzaga keltirib to’rgan sharoitda din va mistika bilan til biriktirilgan gullab- yashnaetgan idealistik filosofiya toionilan foylalanilgan edi. Oldiniga Plotin (eramizning III asri), so’ngra esa Avgustin (eramizning 1ch.- U asrlari) ong haqidagi tushunchaga faqat idealistik tus berishgan edi. Barcha bilimlar ruhda mujassamlashgan, u esa o’ziga qaytish qobiliyatiga ega bo’lib, o’z xususiy faoliyatini va uning ko’z ilg’amaydigan mahsulini haddan ziyod aniqlik bilan egallaydi deb, hisoblanadi. Ruhning o’z o’zini bu hildagi bilishi odamning ichki tajribasi hisoblanadi va bu tajriba odamning tashqi sezgi a’zolari orkali hosil qilnnadigan tajribasidan tubdan farq qiladi. Keyinchalik bu nuqtai nazar introspektsionizm nomi bilan atala boshladi.
Psixologiya' (psixo... va ...logiya) — inson faoliyati va hayvonlar xattiharakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. P.ning tadqiqot predme-tiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. P.ning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda P. bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. P. eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) tal-qin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel "Jon toʻgʻrisida"gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) P. yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar P. rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, P. A. Golbax, D. Didro P.da bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. P. 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.
P. taraqqiyotida umuman 19-asrdagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. P.ningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. P. Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari P. taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912 yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psi-xologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asr ning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, P. P. Blonskiy va boshqa dialekti-kaga asoslangan ilmiy P.ni yaratishga kirishdilar.
Hozirgi zamon P.si koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy P., aviatsiya P.si, harbiy P., differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq P.si, tibbiyot P.si, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat P.si, sport P.si, max-sus P., ijodiyot P.si, menejment P.si, marketing P.si, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy P., din P.si, oila P.si, P. tarixi, genetik P., amaliy P., eksperimen-tal P., kasb P.si, psixolingvistika, siyosiy P. va boshqa P.ning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. P. sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. P. erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy P.da elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. P.daoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda P. 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida P. labo-ratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida P.ning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda P. fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar P.ning umumiy P., pedagogik va yosh P.si, ijtimoiy P. sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
Har bir fan o`zining tarixiga egadir. O`rgatilayotgan har bir nazariy qarashlarni o`ziga xos bo`lgan tarixini o`rganish zarur.
Fanning tarixini bilish hozirda oldinga qo`yilgan maqsadini to`la yechishga imkon beradi va katta ahamiyatni kasb etadi. Faylasuf Arastu “eksperimental va nazariy psixologiyani talqin qilish uchun, shunday qiyoslash o`tkazish zarurki, bu yerda hozirgi kun muammolarini ko`raylik va tarix bilan muloqatga kirishaylik” deb takidlaydi. Tarixga nazar solib yangilik yaratish psixologiya fanini yangi qirralarini ochib beradi. Psixik xususiyatlar va jarayonlar to`g`risida barcha ilmiy qarashlarni o`rganishda empirik ma’lumotlarni shartli ravishda yo`nalishlarga ajratish lozim.
Psixologiya tarixi shaxsning o`ziga xos bo`lgan psixik xususiyatlari, g`oyalari, dunyoqarashi, rivojlanishi va takomillashish qonuniyatlarining psixik mexanizmlarini o`rganadi. ma’naviy va ilmiy ahamiyatga ega bo`lib buyuk allomalar, faylasuflar, olimlar va shaxslarning hayoti, qarashlari, ilmiy yo`nalishlarni, g`oyalari o`rganiladi.
Psixologiya tarixi fanini o`rganishda psixik haqiyqiylik emas, balki tasavvurlar o`rganilgan har bir davrda o`ziga mos bo`lgan.
Fanini ruvojlanish jarayonida bu tasavvurlar juda qadimdan mavjud ekanligi aniqlangan va ular 319 yo`nalishga ajratilgan. Birinchi, halb haqida fan ekanligi, ikkichisi-ong haqidagi fan, uchinchisi faoliyat haqidagi fandir Psixologiya to`g`risida ta’limotlarni haqiqiylik darajasini belgilaydigan mezon ilmiy qarashlarni bir-biridan farqlari bo`lib, ular ba’zida umuman tan olinmas edi. Psixologiya fani rivojlanishida ahamiyati kasb etadigan yutuq va kamchiliklari yangi haqqoniy psixologiya qarashlarni keltirib chiqarar va shu davrga mos ravishda tahlil qilingan.
Psixologiya tarixini o`rganishda empirik ma’lumotlar katta ahamiyat kasb etadi.
Barcha qo`llaniladigan tarixi fanini o`rganishda qo`llaniladigan arxiv materiallari, intervyu, suhbatlar, biografik, avtobiografik uslublar keng qo`llaniladi. Har bir uslubning o`ziga xos tomonlari tahlil qilinganida har bir darslik o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi va tarixan baho berish shartlariga buy sunadi.
Psixologiya tarixi faning vazifalari. Psixologiya fanini paydo bo`lishida hozirgi kungacha barcha ilmiy qarashlar, bilimlar nazariy qarashlar, faylasuflar va psixologlar asarlari asosiy manbaa hisoblanadi .
Psixologiya rivojlanishda- tibbiyot, ta’lim, tarbiya, yuridik amalyot, amalyot katta o`rin egallaydi. Psixologiya fani rivojlanishida boshqa fanlarning ahamiyati katta bo`lib ular bir -biriga bog`liqdir. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, va ma’zmundor bilimlar sohasidan iborat.
Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlaga hos bo`lgan psixik hayot xodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin to`planib borish tarixidir. Insonning o`z-o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib borishidir.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotining har -xil tarixiy bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy e’htiyojlar bilan taqazo qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar , ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bunda tashqari psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida kam ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan , psixologiya fani taraqqiyotiga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o`rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo`lmagan : u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog`liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti tarixida u bog`lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko`rsatganligini bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo`lganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi ( shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida idializm bilan materializm o`rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o`zi ham, uning metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo`lgan psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o`rganish predmeti emas, balki shu predmetni tununish, psixik hayot mohiyatiini tushunish o`zgarib keldi.
Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o`zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo`nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.



Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin