1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Psixologiyaning tarmoqlari



Yüklə 214,6 Kb.
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü214,6 Kb.
#177582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 mavzu. Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R

Psixologiyaning tarmoqlari


Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differentsiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini,
shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq- atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi:

  • umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;

  • pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;

  • yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganadi;

  • ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;

  • mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o’rganadi;

  • injenerlik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini

o’rganadi;

  • yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;

  • harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, boshliqlar bilan ijro etuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;

  • savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi kabi masalalarini ko’radi;

  • tibbiyot psixologiyasi - shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq- atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.

Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, rahbar psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, intellekt psixologiyasi, psixodiagnostika va boshqa ko’plab sohalari mavjud.

Yüklə 214,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin