Iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xulq-atvor modellari
Iqtisodiy psixologiya yoki iqtisodiyotning psixologik jihatlarini tadqiq etish istiqbolli ilmiy izlanishlar maydonidir. Iqtisodiy psixologlar iqtisodiyotning hayotiy talqini; iqtisodiy qarorlar asosida yotuvchi omillar; shaxsiy, aynan, bir xillik va ommaviy iste’mol o’rtasidagi munosabatlar kabi mavzular bilan qiziqadilar. Tadqiqotlarni ijtimoiy psixologlar, kognitiv psixologlar (qaror qabul qilishga asosiy e’tiborni qaratgan holda), rivojlanish psixologlari (bolalarning iqtisodiy jarayonlar haqidagi tasavvuri rivojlanishiga e’tiborni qaratgan holda) o’tkazadilar. Garchi iqtisodiiy psixologiya dinamik sur’atda rivojlanayotgan bo’lsa-da, u fanlarning markazida turadi, deb da’vo qilish o’rinli emas. Zamonaviy akademik psixologiyada kognitiv, hisob-kitob va neyrologik yondashuvlar ustunlik qiladi. Tadqiqotlar, professorlik lavozimlari, jurnallarni tahrir qilish va institusional hukumatning boshqa indikatorlarida jamg’armalarni taqsimlashda ijtimoiy psixologiya bir chetda qolib ketadi. Biroq uning ichida ham iqtisodiy psixologiya endi vujudga kelayotgan soha hisoblanadi. Shu tariqa mazkur paragrafda hozirgi zamon psixologiya fanining periferiyasida joylashgan salohiyat ko’rib chiqiladi.
Psixologiya an’anaviy ravishda zamonaviy hayotning moddiy sharoitlarini tahlil qilishdan oldin abstrakt tadqiqotlar natijalarini o’rganishni afzal ko’radi. Bulardan keyingisiga esa, zamonaviy psixologiya fani nazariyalarida deyarli e’tibor qaratilmaydi. Ushbu “mashhur” tanqidga qaramay (Parker, 1989), psixologik tadqiqotlarda laboratoriya usullari gegemoniyasi davom etmoqda.
Zamonaviy iqtisodiy psixologiyada ikkita yondashuvni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Ulardan birinchisi, sezilarli darajada iste’molning madaniy jihatlaridan uzoqlashib, asosan iqtisodiyot va psixologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ko’rib chiqadi. Ikkinchi yondashuv esa, madaniy yondashuvlar o’rtasidagi aloqaga yo’naltirilib, ommaviy iste’mol ijtimoiy psixologiyasini nisbatan kengroq fanlararo soha doirasida tadqiq etadi. Ikkala yondashuv yonma-yon bo’lishi sababli, ushbu bobda biz ularning har ikkalasini ham tahlilini ko’rib chiqamiz.
Dastlab iqtisodiy psixologiya muammolari psixologiya va iqtisodiyot o’rtasida mujassamlangan. J.Katonai aytadiki: “Biz iqtisodiy jarayonlarni insonning xulq-atvori namoyon bo’lishi sifatida ko’rib chiqamiz va uni zamonaviy psixologiya fani nuqtai nazaridan tahlil qilamiz”.
J.Katona iqtisodiy xulq-atvorning psixologik jihatlarini empirik tadqiq etishning birinchi loyihasini taklif etdi. Ushbu loyihaning qismlaridan biri iqtisodiyot va insonlar psixologiyasi o’rtasidagi munosabatlarni tushunish bo’ldi. Bunda J.Katona allaqanday “barcha zamonaviy psixolog olimlar o’rtasida fundamental kelishuv”ga ishora qilgan holda turli psixologik yondashuvlar o’rtasidagi jiddiy farqlardan asbstraktlanish tendensiyasini ko’zda tutgan. Bu o’sha paytlar psixologiyada keng tarqalgan lingvistik bixeviorizmning bir qismi bo’lib, unda nazorat qilinayotgan xulq-atvor kuzatuvi asosida oraliq psixologik o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqalar tadqiq etiladi. “Iqtisodiy psixologiyaning asoschisi” bo’lgan J.Katona ishi o’ziga juda kam tanqidiy e’tiborni jalb qildi. Shu bois, biz uning boshlang’ich jihatlariga e’tibor qaratamiz.
J.Katonaning ta’kidlashicha, iqtisodiyot va shaxs psixologiyasi o’rtasida yaqqol aloqa mavjud. “Obyektiv” iqtisodiy sharoitlar individ xulq-avtoriga ta’sir ko’rsatsa-da, biroq ula
Dostları ilə paylaş: |