bilet davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va '407-xxi sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi



Yüklə 31,91 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü31,91 Kb.
#167991
  1   2   3   4
TARIX 10TA


1-BILET
1)Davlat Ramzlaridan biri hisoblangan bayroq 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan va '407-XXI sonli qonun bilan tasdiqlangan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi 1992-yil 2-iyulda Oliy kengashning oʻninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerbda oltin vodiy uzra charaqlab turgan quyosh va oʻng tomonda ochilib turgan paxta chanoqlari chap tarafda esa bugʻdoy boshoqlari tasvirlangan. Gerbning eng yuqori qismida davlat birdamliligini anglatuvchi sakkiz qirrali yuduz uni ichida esa yarim oy va yulduz tasviri bor.Ezgulik ,poklik ,tinchlik va barcha ezgu fazilatlarni oʻzida jo qilgan Humo qushi esa Gerbning markazida qanot yozib turadi shuni aytish joizki bularning hammasi Oʻzbekiston xalqi madaniyati va ananalariga mos va hos tanlangan. Gerbning eng pastki qismida Oʻzbekiston bayrogʻi ichga Oʻzbekiston deb yozib qoyilgan.
Davlat Madhiyasi
Oʻzbekiston Davlat Madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan va Oliy Kengashning XI sessiyasida tasdiqlangan. Madhiya xalq shoiri Abdulla Oripov she'ri va Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiya oʻn olti qator va ikki naqorotdan iborat hisoblanadi.

  1. 2) Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini „filosof“ deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa „filosof“ deb atalgan. Keyinchalik „filosof“ soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Animizm (lotincha: anima — jon, ruh) — jon va ruhlar borligiga ishonish. Ibtidoiy davrda paydo boʻlgan. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchlariga qarshi kurashda ojizlik qilgan, oʻz hayoti va tanasidagi turli hodisalar (tush koʻrish, gallyusinatsiya, oʻlim va hokazo)ni tushunmagan.


2-BILET 1)Davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish hamda iktisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichmabosqich qisqartirish orqali isloh qilish.
2) Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "Ontologiya" terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1513-yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan


Yüklə 31,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin