4-BILET1) . Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan
biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy islohotning xalq
manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.Mustaqillikkacha bo’lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80-
yillarning ikkinchi yarmiga kelib, O’zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya
darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat
samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olibkeldi.Ushbu davrda respublika aholisining o’sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga nisbatan 3 barobar yuqori bo’lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar Davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida ishsizlik darajasining o’sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining
kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib
ketishiga sabab bo’ldi.
2) Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi. Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o`rganish falsafa tarixida muxim o`rin egallab kelmokda. Inson o`z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o`z-o`zini o`zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug`ullanuvchi maxsus soxasi — gnoseologiya vujudga keldi.
5-BILETR1)O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XVII bobi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi" deb nomlangan. Mazkur bob 6 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko‘ra, "Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi" deyiladi. Asosiy qonunning 70-moddasi 1992 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkil topganligini va 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Asosiy Qonuni bilan uning O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suverenligini tasdiqlaydi. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun xalq bayrami deb e’lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining I bobi "Davlat suvereniteti" deb nomlanib, uning 1-moddasida Qoraqalpog‘iston - O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren demokratik respublikadir, deb belgilangan.
2)Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] — „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) — „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
6-BILRT Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.Bakalavrlik yo’nalishi bazaviy oliy ta’lim berib, to’rt yil muddatda talabaga oliy ma’lumot va tayanch mutaxasislik diplomi beriladi. Bakalavrlik o’qishi ikki yil davom etadigan magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bilan yakun topuvchi oliy kasbiy ta’lim beradi.