Adovat,ixtilof,nifoq tufayli uzaro janjanlar sodir bo`ladi.Odamlar janjal xaqida o`ylaganlarida dushmanlik,qurqitish,bosqinchilik,tortishuv kabi noxushliklarni nazarda tutishadi.
Boshqaruv jarayonida nizo-bu raxbar,ishchi va boshqa xodimlar o`rtasida muayan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir biri bilan bir echimga kelaolmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Nizo,ularning kelib chiqish sabablari va turlari
Nizo qanday xarakterga ega bo`lmasin va u qay darajada katta bo`lmasin,barcha xollarda nizoning sabablari xamda uni vujudga keltirgan xolatlar diqqat bilan taxlil qilinishi lozim.Raxbar xar bir aniq vaziyatning tagiga adolat va oboektivlik bilan etishi,tegishli xulosalar chiqarish kerak.
Sotsiologlar tavqiqotlarining kuzatishicha,”ruxiy iqlim” yaxshi bo`lgan xamda nizom ancha yuqori bo`lgan joyda faqat iqtisodiy ko`rsatkichlar yuksak emas,balki nizolar xam anchagina kam,xodimlarning uz mexnatidan katta qoniqish olayotgani ko`zga tashlanib turadi.Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning baozi jixatlarini yaxshilash,bu bilan mexnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga xam ega bo`lishi mumkin.
Ichki shaxsiy nizo bir kishining o`ziga bir-biriga zid toshiriqlar berilib,raxbarning pirovard talabi bir biriga mos kelmay,bajaruvchi bunday xolda nima qilishini bilmay xunob bo`lgan xollarda vujudga keladi.Masalan universal magazinda bo`lim boshlig`i sotuvchisidan ish joyidan bir qadam xam jilmay xaridorlarga xizmat qilishni talab qildi deylik.Keyinroq esa u sotuvchidan bu ishga nixoyat ko`p vaqt sarflagani va natijada bo`limdagi tovarlarni to`ldirmaganidan shikoyat qilsa,bunday talab oldingi talabga zid bo`lib chiqadi.Natijada sotuvchi nima qilishni bilmay xunobi oshadi.Mana sizga nizoli vaziyat.
Ochiq nizolar
Ochiq nizolar odatda qarama qarshi tomonlarning ko`z oldida,to`g`ridan to`g`ri vujudga keladi.Ular tuqnashish sodir bo`lgunga qadar to`liq etilgan bo`ladi.Bunday nizolar raxbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf to`g`dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi.
Yopiq nizolar
YOpiq nizolar uta xavlidir.Bunday nizolarni asta sekib,belgilangan fursatda portlaydigan minaga o`xshatsa bo`ladi.Agar nizo xali “etilmagan” yoki ularni odamlar nigoxidan yashirishsa,boshqacha qilib aytganda nizo kishilar “ichida” bo`lsa,bilinki,bu nixoyat xavli va uni boshqarish juda qiyin.
Xarakteriga qarab nizolar boektiv yoki suboektiv nizolarga bo`linadi.
Oboektiv nizolarga korxonaning rivojlanish jarayonida yuzaga chiqadigan real kamchiliklar va muammolar bilan bog`liq nizolar kiradi.Bu nizolar amaliy nizolar bo`lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, raxbarlik uslubini takomillashtirish,korxonada normal “ruxiy iqlim”ni yaratish uchun xizmat qiladi.
Suboektiv nizolarga kishilarning u yoki bu voqelikka bo`lgan shaxsiy firklarining turlichaligi oqibatida vujudga keladigan nizolar kiradi.Bu nizolar tabiati buyicha xis-to`yg`uga,xissiyotga berilish, qiziqqonlik,oqibatida yuzaga chiqadi.
Stress
Stress-inglizcha (stress) so`zidan olingan bo`lib,asabiylik,keskinlik degan maonolarni anglatadi.
Ish faoliyatidan qonikmaslik stressga sabab bo`luvchi eng muxim omillardan xisoblanadi.
Ish qobiliyati va omadsizlik inson salomatligiga qattiq taosir ko`rsatadi. Xaddan tashqari ko`p ish yoki aksincha beshlik,ishning o`ta kam bo`lishi ҳam stressga olib keladi. Bunday sabablar tufayli sodir bo`lgan asabiylashlik eng ko`p tarqalgandir. Ish xaddan tashqari ko`payip ketganidan bezovtalanish moddiy boyliklarga befarq bo`lish xissiyoti kuchayadi.