Reja: O'quvchilarga ijodiy faoliyat turlarini o'rgatish pedagogik



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#143530
  1   2
MUSIQA MUSTAQIL ISH 10


Mavzu:Musiqiy faoliyat turlari

REJA:
O'quvchilarga ijodiy faoliyat turlarini o'rgatish – pedagogik


muammo sifatida
Shaxs ijodiy faoliyatininng psixologik-pedagogik tahlili
Qo`shiq ijrochiligi orqali o`quvchilarni ijodiy faoliyatga o'rgatish metodi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
O'quvchilarni ijodiy faoliyat turlarini o'rgatish – pedagogik muammo
sifatida
Musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarni ijodiy faoliyatga, muammolarni mustaqil ravishda hal qila bilishga o'rgatish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki, shunday ekan, ta'lim jarayonini shunday tashkil etish kerakki, toki o'quvchilar bilim olish bilan birgalikda, ta'lim jarayonining ob'ekti bo'lib qolmasdan, ta'lim jarayonida o'qituvchining teng hamkoriga aylansin.
Hayot jumboqlarini, tabiat tug'dirgan muammolarni o'rganish, ularga tegishli javob topish istagi, yana ham to'g'rirog'i, baxt-saodatga erishish muammosi, insonning o'zini va olamni bilishga bo'lgan qiziqishi asrlar mobaynida faoliyatga, o'z fikrlarini mantiqiy asoslashga da'vat qilib keladi. Sharq allomalari asarlarida bu muammoga alohida to'xtalib o'tilgani bejiz emas. Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan insongina o'z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot ta'sirlarga berilib ketmaydi, inson degan ulug' nomga munosib ish ko'radi.
Milliy ma‘naviyatimiz rivojida o'quvchilarni ijodiy faoliyatga o`rgatishda musiqa ham muhim o`rin tutadi. Milliy musiqa san‘atining eng qadimiy va shu bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan sohalardan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy ma‘naviyatimizga ta‘sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan .
Abu Ali Ibn Sino musiqaning ta‘sir kuchiga katta ahamiyat berib, ayrim ruhiy kasalliklarni musiqa kuylari vositasi bilan davolash mumkin degan fikrni ilgari surgan edi.
Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy «Katta musiqa » kitobida, musiqa nazariyasi ohanglarining turlari, kelib chiqish sabablari, kishiga ma‘naviy, ruhiy ta‘siri haqidagi qimmatli fikrlarini bildirgan.
Forobiy musiqa ilmida faqat nazariyotchi bo`lib qolmay, amaliyotchi ham bo`lgan. Uning o`zi taniqli musiqachi, ajoyib sozanda va bastakor, yangi musiqa asbobi ixtirochisi sifatida ham shuhrat qozongan. Musiqaning ajoyib sehrli kuchi, mo`jizakor ta‘siri haqida fikr yuritib, Forobiy «Ilmlarning kelib chiqishi to`g`risida» asarida shunday deydi: «Bu ilm shu ma‘noda foydaliki, u o`z muvozanatini yo`qotgan odamni tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xalqni mukammal qiladi va muvozanatini saqlab turadi ».
Xususan, milliy madaniyatda o'quvchilarni ijodiy faoliyatni yuksak tuyg`ular, zavq - shavqli g`oyalar olamini ochib beradi. Odamlarni ma‘naviy jihatdan boy, sof barkamol qiladi.
Bola hali qo`liga qalam ushlashni, o`qib yozishni bilmagan vaqtdayoq musiqani his qila oladi. Ko`pincha shu dastlabki taassurotlar musiqaga bo`lgan munosabatlarning shakllanishiga ta‘sir qiladi. Shuning uchun umumiy ta‘lim maktablarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlarida musiqa ta‘limiga ham e‘tibor berilgan. Musiqa, avvalo, bolalarning his-tuyg`ularini mayinlashtiradi. Musiqa asarlarini his etish kabi ularda ko`pgina insoniy fazilatlarni uyg`otadi. Albatta, insoniy fazilatlarni kamol toptirishda adabiyot, tarix, sport va boshqa sohalar katta o`rin tutadi. Binobarin, nazm va musiqa doimo yonma- yon yashaydi. Tabiat taasurotlari ostida tug`iladi, qolaversa, bog`cha va maktabda shakllanib boradi. Musiqa darslari o`quvchilarni faqatgina nafosat jihatdan emas, balki keng ma‘noda ma‘naviy- axloqiy jihatdan ham tarbiyalaydi. Avloddan- avlodga o`tib kelayotgan, ne–ne zamonlar zayliga bardosh berib, xalqning orzu- armonlari, o`y – intilishlarini mujassam etgan kuy – qo`shiqlarimiz, maqomlarimiz barcha turdagi maktablar, pedagogika institutlari dasturlaridan kengroq joy olsa yaxshi bo`lar edi. Zamonamizning
zabardast yozuvchisi, jahonga mashhur adib Chingiz Aytmatov «Kunda»
romanida yozadi: «hayot, o`lim, muxabbat, shavq va ilhom hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqa vositasida eng oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun ongimiz yorishgan zamonlardan boshlab, butun tariximiz davomida kurashganmiz, lekin unga musiqadagina erishganmiz».
Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, har soniyada - tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma‘lum darajada o`z fidoiysini topadi. Milliy musiqa atrofdagi hodisalarni go`zallikni idrok etishga va qadrlashga o`rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi, ma‘naviy olamni kengaytiradi. Shu bois musiqani tilsiz falsafa deb bejiz aytishmagan .
Musiqa inson qalbini yumshatishi, unda iymonga dalolat etuvchi mehr - muhabbat va rahmdillik tuyg`ularini uyg`otishi mumkin. Shu bilan birga, maqomlar mazmunida buyuk davlat mafkurasiga muvofiq bo`lgan tasavvuf ta‘limoti g`oyalarini badiiy ifoda etish vazifasi ham qo`yilgan. Tabiiyki, ushbu murakkab ilmiy masalalarni tadqiq etish har tomonlama yetuk musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan.
Inson tarbiyasi, kamoloti, har qanday jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib kelgan. Chunki jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, ravnaq topishi shu jamiyatdagi tarbiyasiga bog`liq .
Tarbiya bu shaxsni ijtimoiy -iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlariga tayyorlash maqsadida uning ma‘naviy va jismoniy rivojlanishiga muntazam ravishda ta‘sir etib borishdan iborat bo`lgan uzluksiz jarayon. Shunday ekan yoshlarga ijodiy ta‘lim tarbiya berish, ularni mustaqilligimizni mustaxkamlash yo`lida safarbar etish muhim misoldir. Mustaqil Respublikamizda ma‘naviyat va madaniyat masalalariga alohida e‘tibor berib kelinmoqda .
Shuni ta‘kidlash lozimki O`zbekistonda inson ma‘naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda .
Bunda ma‘naviyat va ma‘rifat gazetasi markazi xalqaro madaniy – ma‘rifiy aloqalar majmuasi kabi ijodiy muassasalarning tashkil etilishi bastakorlar uyushmasi va jamiyatdagi ijodiy siljishlar «O`zbekiston vatanim manim» nomi bilan mamlakatimizda o`tkazilayotgan an‘anaviy tanlovlar madaniy ma‘rifiy isloxotlarni amalga oshirishda metodlar qo`llanmoqda. Qadimiy va boy tajribaga ega o`zbek milliy musiqa madaniyati istiqbolini amalga oshirish ta‘lim tarbiya ishlari bilan shug`ullanish maqsadida asrlar davomida rivoj topib kelganligini ta‘kidlash joizdir. Bu maktablarda musiqa ta‘limi-tarbiyasi bevosita oshirib borilgan. Ushbu maktablarning faoliyat mazmunida insonni dunyoga kelishidan kamol topib butun umri davomida musiqa haqiqiy ma‘nodagi tarbiya vositasi ekanligi o`z ifodasini topgan .
Musiqaning so`z san‘ati va adabiyoti bilan uzviy holda bog`lab o`rganilganligi musiqa nomi va amaliyoti rivojida katta hissa qo`shadi.
Shaxs kamolotida o'quvchilarni ijodiy faoliyat orqali musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta‘lim metodikasiga bevosita bog`liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo`lib o`zining mustaqil o`rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o`rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan uzviy bog`liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta‘sir ko`rsatadi.
O`quvchilarning kuylash faoliyatlaridagi muammolarni hal qilishda metodika fiziologiya tadqiqotlariga tayanadi.
Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san‘ati hamda madaniyati o`sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san‘atini takomillashib borishi bilan bevosita bog`liqdir.
Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarda ega bu prinsiplar o`quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.
Musiqa asarni ongli idrok etish o'quvchilarni ijodiy faoliyatga, asar mazmunini ochishda va o`quvchilarga musiqiy tajribalarni to`plashda, ularning ma‘naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi uyg`unlashish ko`payishi orqali tinglanadigan asarni to`g`ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi: Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O`quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e‘tibor beradi. O`quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to`g`risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko`pgina omillarga bog`liq ekanligini e‘tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta‘siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda albatta tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o`ynaydi. Musiqa tarbiyasi metodikasi ta‘lim metodlarini tashlashda ham pedagogika ravnaqi metodlarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar mavjud jumladan:
A) metodlarning musiqa tarbiyasi, mazmunini sinovi, ijro bog`liqligi.
V) o`quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi.
S) musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari.
o`quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog`liqligi.
Metodikaning vazifalariga esa o`quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish yanada rivojlantirish musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg`ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlariga to`garaklar, bayramlar, ko`ngil ochish kechalari kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo`lgan adabiyot va tasviriy san‘at, tarix bilan bog`liq holda o`rganishni taqozo etadi. Bu esa o`quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Musiqa ta‘lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda o'quvchilarni ijodiy faoliyati darsda yetakchi omil hisoblanadi.
Chunki o`quvchilarning ommaviy tarzda jalb etilishi maktabda musiqa fani boshqa fanlardan o`zining ijodiy faoliyati, badiiyligi va qiziqarliligi, zavq-shavq uyg`otishi bilan ajralib turadi.
Eng muhimi ijodiy faoliyat bolalarning aqliy, axloqiy sifatlarini shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. Musiqa aqlni peshlab, tafakkurni charxlaydi. Musiqa darslari va mashg`ulotlarida o`quvchilar tarbiya va milliy madaniyatimizni o`rganib, bilim saviyasini kengaytirib borishni egallaydi.
Bobokalonlarimizdan Abu-Nasr Al Farobiyning ma‘rifatparvarlik g`oyalar tizimida bola, shaxsini tarbiyalashda musiqa san‘atining roli maqsadi va vazifalari alohida e‘tirof etiladi. Unda inson hayotida musiqaning jamiyati qayd qilinib, «Ey musiqa olami, yaxshiyamki sen borsan, agar sen bo`lmaganda insonning ahvoli ne kechar edi»- deya xitob qilinadi. Alloma Abu Ali ibn Sinoning musiqiy ma‘rifiy qarashlarida ham musiqa shaxsning ma‘naviy va jismoniy madaniy tabiatiga ta‘sir etuvchi qudratli vosita sifatida ta‘rif beradi. Bolada juda yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi degan g`oya ilgari suriladi.
Alloma mashhur «Tibbiyot qonunlari» kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uxlatish uchun odat bo`lib kelgan musiqiy allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan ba‘zan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo`lgan ehtiyoj hosil bo`lgan deb yozgan edi.
Shunday qilib olimlar, mutafakkirlar musiqa nafaqat insonga samarali ta‘sir etuvchi vosita balki o`z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko`ra alohida bir fan sifatida tadbiq etishga davrlar o`tib ularni tor fikrlarini ta‘lim- tarbiyada tadbiq etilib, ta‘kidlaganidek ommaviy xalq musiqa pedagogikasining vujudga kelishida asos bo`ladi.
Ta‘lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma‘naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta‘lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko`tarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda musiqa, ta‘lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.
Musiqa ta‘lim tarbiyasining maqsadi va avlodni musiqa me‘rosimizga vorislik qiladigan hamda umumbashariy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat, buning uchun har bir o`quvchining musiqaga bo`lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san‘atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o`quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa ta‘limi tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqa ta‘lim tarbiyasining maqsad va vazifalari amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog`liq.
Musiqa ta‘lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta‘limini sifatli bosqichga ko`tarish uchun maktabda teng huquqli fan hisoblanadi.
I.2. Shaxs ijodiy faoliyat jarayonining psixologik-pedagogik tahlili
Tafakkur - nutq bilan chambarchas bog'liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo'ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o'tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, xatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya'ni sezgilar, idroklar va tasavvurlar bilan bog'langan bo'ladi.
Tafakkurni jarayon sifatida psixologik jihatdan tadqiq qilish ma'lum bir bilish natijalarini hosil bo'lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarini o'rganish demakdir.
Boshqacha qilib aytganda, masalan, istagan pedogogik ta'sir odamga to'g'ridan-to'g'ri va bevosita emas, balki bavosita ravishda, mazkur odamning psixik xolati orqali, ya'ni odamning hisssiyotlari, fikrlari va boshqa shuning kabilari bilan bog'liq ravishda ta'sir qiladi.
Tafakkur jarayoni avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir. Analiz- ob'ektning muayyan bir tamonlarini, elementlarini, xossalarini, bog‘lanishlarini, munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o‘rganilayotgan ob'ektni har xil bo'laklarga va komponentlarga (tarkibiy qismlarga) bo'lish demakdir.
Biron bir narsani analiz qilish davomida bu narsaning g'oyat muhim ahamiyatli, kerakli, qiziqarli va boshqa shuning kabi muayyan bir xususiyatlari juda kuchli qo'zg'atuvchisi bo'ladi va shuning uchun bunday xususiyatlar oldingi qatorga chiqib oladilar. Bunday qo'zg'atuvchilar kuchli qo'zg'alish jarayonini yuzaga keltiradi.
Analiz bilan sintiz hamma vaqt o'zaro bog'liqdir. Ular o'rtasidagi ajralmas birlik taqqoslash bilan bog'liq bo'lgan bilish jarayonining o'zidayoq yaqqol namoyon bo'ladi. Tevarak atrofdagi olam bilan tanishishning dastlabki bosqichlarida turli ob'ektlar avvalo taqqoslash yo'li bilan bilib olinadi.
Taqqoslanayotgan narsalarni umumlashtirish davomida-ularni analiz qilish natijasida –qandaydir umumiylik ajraladi.
Demak har qanday muhim xususiyat shuning bilan birga bir xil narsalarning mazkur guruhi uchun umumiy xususiyat ham hisoblanadi, ammo aksincha emas: har qanday umumiy (o‘xshash) xususiyat mazkur guruhdagi ob'ektlar uchun muhim xususiyat bo'lolmaydi. O'quvchiga masalaning shartlarini (chizmaning va shuning kabilarni ham) o'zgartirib tavsiya qilish o'quvchining ishi bo'lmay, balki o'qituvchining ishidir. O'zlashtirilgan bilimlarni ko'chirishni to'g'ridan to'g'ri shart-sharoitni o'zgartish bilan bog'lash tashqi pedagogik ta'sirni o'quvchilar faoliyatlarining natijasi bilangina, ya'ni ko'chirish yoki ko'chirmaslikning tashqi fakti bilan bog'lash, munosabat o'rnatish degan ma'noni bildiradi. Bu yerda hali o'quvchi tafakkur jarayonining o'zi haqida, mana shu tashqi natijaga olib keluvchi faoliyatining ichki, spesifik qonuniyatlari haqida hech narsa deyilmaydi.
Haqiqatda masala shartlarini o'zgartirish psixologik jihatdan o'quvchining faoliyati uchun qulay sharoit yaratildi, degan ma'noni anglatadi. Masala shartlarini
o'zgartirish o'quvchiga tavsiya qilingan masalani analiz qilishi, masalaning eng muhim momentlarini ajratishi va ularni umumlashtirilishi uchun yordam beradi.
Bir masalaning yechish usulini boshqa masalaga ko'chirish uchun bu masalalar o'rtasidagi eng muhim umumiy tomonlarini ochish kerak bo'ladi.
Fikr yuritish faoliyatining ehtiyojlar bilan chambarchas bog'liqligida shunday muhim bir fakt namoyon bo'ladiki, har qanday tafakkur har doim shaxsning tabiat, jamiyat va boshqa to'la aks ettiruvchi tafakkuridir.
Masalan, o'quvchi o'zi biror yangilik ochish yoki biror narsani bilib olish ishtiyoqida emas, balki kattalarning talablarini bajarish majburiyati orqasida yoki o'rtoqlaridan orqada qolib ketishdan qo'rqqani uchun dars tayyorlay boshlaydi, maslani echishga kirishadi, bular haqida o'ylay boshlaydi. Biroq tafakkurning motivi qanday bo'lmasin, tafakkur jarayoni davomida hususiy bilish motivlari ta'sir qila boshlaydi.
Tafakkur maqsadga qaratilganlik xarakteriga egadir. Agar hayot va amaliyot davomida odam oldida yangi maqsad yangi muammo, yangicha ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo'lsa, odamda tafakkur qilishga zaruriyat tug'iladi.
Tafakkur yangilikni izlash, ochish demakdir. Harakatning ilgaridan ma'lum bo'lgan usullari eski bilimlar va malakalar bilan cheklanish mumkin bo'lgan hollarda muammoli vaziyat yuzaga kelmaydi. Va shuning uchun tafakkur ham mutlaqo talab qilinmaydi.
Masalani yechish yo'lini topish ko‘pincha birdaniga, to‘satdan, bir ondayoq ochish, birdan yorishib ketish va shu kabilar sifatida tasvirlanib qoladi. Tafakkurning natijasi, mahsuloti ana shunday qayd qilinadi. Lekin psixologiyaning vazifasi ana shu natijaga olib keluvchi fikr yurtish jarayoning ichki tomonlarini ochishdan iboratdir.
O'quvchining tashqaridan berilgan yordami qanday qabul qilishiga qarab psixik faoliyatning o'tishi haqida fikr yuritishi mumkin. Tashqaridan aytib berishning ekspremental metodikasi fikr yuritish faoliyatining ichki, o'ziga xos qonuniyatlarini tekshirish imkoniyatini beradi.
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifikasiyasi tarqalgandir:
ko'rgazmali harakat;
ko'rgazmali obrazli
mavhum (nazariy tafakkur).
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma'lum ma'no va mohiyatga ega bo'ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogli ob'ekt bilan to'qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fontaga aylanib qolaveradi. Ya'ni, biz ko'rgan, eshitgan, his qilgan narslarimizning barchasi ma'noli, kerak bo'lsa ma'nili bo'lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma'no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilindi. Masalan, olim uchun har qanday kitob hayotining ma'nosi bo'lsa, dehqon uchun er va undan olinadigan hosil ahamiyatli hisoblanadi. Hattoki, bitta narsaning o'zi turlicha odamlar uchun turli xil ma'no va mazmun kasb etadi. Bu xulosalar aslida tafakkur va faoliyat jarayonlarining naqadar murakkab tabiatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo'lsa ham shuni ta'kidlash joizki,
birinchidan, tafakkur va faoliyat jarayonlari - bu bilish jarayonlari;
ikkinchidan, ular ham shaxs tamonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirilib, bilvosita aks ettirish shakli;
uchunchidan, bu jarayonlar xam eksperimental psixologiya tamonidan o'rganiladi;
to'rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo'lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo'q paytda ham aks ettirishga imkon beradi.
Tafakkur qilishimizni ta'minlovchi organ - bu bizning miyamiz. Barcha hisob- kitob ishlari - eng elementar xarakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavhum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operasiyalar miyada sodir bo'ladi.
Kallamizga kelgan barcha uy-xayollar - bu fikrlardir. Normal insonli fikrsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Mantiqiy tafakkur. - bu muhim tafakkur bo'lib, so'zlar, so'zda ifodalangan bilim, g'oya tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo'lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mushohadalarimiz bu tafakurga misol bo'la oladi. Mashxur olim K. Yung insonlarni fikrlarshga ko'ra asosan ikki toifaga bo'lgan edi.
Intuitiv tiplar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko'pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo'yicha ham o'ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo'ladi.
Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo'ladi va miyasining chap tamoni o'ziga nisbatan dominata (ustun) hisoblanadi.
Tafakur shakllari va operatsiyalari. Tafakkur qilish shakllari yoki uning mahsuliga tushunchalar, hukmlar va xulosa chiqarish kiradi.
Tushunchalar - tafakkurning shunday shakli yoki mahsuliki, unda narsa va hodisalarga xos bo'lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarga xos bo'lgan eng umumiy va xarakterli xususiyatlarni o'zida aks ettiradi. Hukmlar- atrofimizdagi narsalar va hodisalar o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiradi.
Xulosalar - mantiqiy tafakurning yana bir shakli, mahsuli bo'lib, ular fikrlar, hukmlar va tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.
O`quvchilarning musiqa madaniyati darsiga bo`lgan qiziqishni o`stirish uchun dars samaradorligini oshirish, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olgan holda darelarni to`g`ri tashkil etish davr talabidir. Musiqa ta‘limi jarayonini nazariy jihatdan taxlil qilish, ilg`or o`qituvchilar tajribalarini o`rganish , darsni turli bosqichlariga bo`lib o`tish ijobiy natijalar beradi.
O`quvchilarni darsga moslashtirish, hayrihohlik munosabatlarini hosil qilish, bajariladigan ishlar bilan tanishtirish, yakka tartibdagi va jamoa vazifalarini belgilash.
O`quvchilarni bilim va malakalarni mustahkamlash.
Bunda o`quvchilarning mustaqil fikrlay olishlari uchun bilimlar doirasini kengaytirishga, mavzuga ijodiy yondoshish ko`nikmalarini o`stirishga, faoliyat kobiliyati faolligini takomillashtirishga erishiladi.
Eshitish, idork etishi orkali bilmlar darajasini aniqlanilash. Shu jarayonda o`quvchilarning idrok etish qobiliyatlari tekshirib ko`riladi.
O`quvchildarni musiqa darsiga tezda jalb etib, shu darsga moslashish alomatlarini shakllantirib borishiga ham e‘tiborni qaratmoq lozim.
Buning uchun:
Darsning boshlanish qismida quvnoq sho`x, jozibali biror musiqa asari tinglash tavsiya etiladi. Darsda tinglangan bu musiqa o`quvchilarda ko`tarinkilik kayfiyati hosil qiladi. Eng muhimi darsning sifatli, qiziqarli o`tishiga yordam beradi.
O`qituvchi tomonidan o`quvchilarda hosil bo`lgan bilim darajasini o`rganish hamda oldingilari bilan taqqoslab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‘lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodni boshlanishi yorqin namoyon bo`ladi yosh o`quvchilar judayam kashfiyotchi bo`ladilar: talaffuzni hikoyani, qo`shiqlarni,' musiqiy asarlarni, tabiatan faol qabul qilishadi. Yosh o`quvchilarda tabiatan faollik berilgan bo`lib, ularda ijodiy qobiliyatlariga ishonch bo`ladi. Mana shular kichik yoshdagi o`quvchilarni ijodini shakllanishini rivojlanishdir. Ijod o`quvchilarni xotirasini faollashtiradi, faoliyatni, kuzatuvchanlikni, maqsadga intilishni rivojlantiradi.
Musiqiy ijodkorlik-faoliyat bilan birga emotsional faollikni hamda tez bir qarorga kelish qobiliyatlarini shakllantiradi. O`quvchilarni ijodi bu mustaqil faoliyat bilan bog`liqdir. Musiqa madaniyati darslarida o`quvchilar ijodida asosan musiqiy amaliyotni o`rganish va qiziqtirishda namoyon bo`ladi.
Ijodiy faoliyatga tayyorlash uch yo`nalishda kuzatiladi.
Hayotiy musiqiy taasurotlar bilan boyitishda. Masalan: Ertaklar, she‘rlar, milliy an‘analar, kitobdagi asar qahramonlari va musiqiy o`yinlarni o`tkazishda asosiy negizni yaratadilar.
Bu o`quvchilarni ijodiy harakat usullari bilan tanishtiradi. Bu maqsadda ularga sodda asarlar, qo`shiqlar, ritmik usullar bilan ohang talaffuzlari beriladi. Musiqiy ijod namunalaridan: Masalan, asarga ritmik kirish qismini yaratish o`rganiladigan qo`shiq asarlariga kirish qismi berilishi mumkin bu ijodiy harakat qobiliyatini rivojlantirishga qaratiladi.
Bunda oldin o`qituvchi ko`rsatadi, keyin hamkorlikda qo`shiq tahlili va maqsadga yo`naltirilgan ijro rejasi aytiladi. Bu yaxshi tanish qo`shiqlar orqali tushuntiriladi. Bir xil va har xil ohang har xil musiqiy obraz va musiqiy xarakterlarni ifodasiga bog`liq bo`lgan asarlar orkali o`quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlash katta ahamiyatga egadir. Masalan: ohang kuylarining variantlarini yaratish uchun, o`quvchi talaffuzi, ritmik tajriba va ohanglarni mavjudligini tushunishi lozim (she‘r matni, musiqaning ritmik tuzilishi, ohang tuzilishi).
O`quvchilarda ijodiy faoliyatlarini shakllantirishda ijodiy topshiriqlar katta rol o`ynaydi. Buni bajarish ko`proq o`qituvchiga bog`liqdir. O‘qituvchi ijodiy topshiriqlarni taklif etishda o`yin formasini qo`llaydi. Topshiriqni bajarishda o`yin qoidalari va mazmun aytib turiladi. O‘yin darsda emotsional hozirjavoblikni tashkil etishi kerak. Bu juda muhim bo`lib, o`quvchilarda ijodiy yo‘nalishlarini shakllantiradi. O‘qituvchi o`quvchini ijodiyrivojlanishiga katta ahamiyat berishi kerak. Musiqa tinglashda, qo`shiq ijro etishda, bolalar cholg`u asbobida jo`r bo`lishda va shuningdek, musiqiy ritmik harakat va boshqalar.
3-sinfda musiqa darslari
1. Musiqaning ifoda vositalari.) Musiqadagi dinamik belgilar.
Darsning borishi
A) O`quvchilarda yangi mavzularni tushuntirishdan avval o`tilgan mavzular mustahkamlanadi va darsda yangi mavzu oldingi mavzularga boglab o`tiladi ushbu darsda «Skarabey» texnologiyasi qo`llaniladi.
Musiqaning ifoda vositalari
Musiqaning mazmuni yoritishida turli ifoda vositalaridan foydalaniladi. Ifoda vositvlariga sur‘at, usul, tovush kabilar kiradi. Quyidagi uch misolda musiqaning ifoda vositalaridan biri bo`lgan sur‘atning kuy kayfiyatiga qanday ta‘sir etishni kuzating.
Quvnok, o`rtacha va og`ir sur‘atdagi asar parchalaridan .o`quvchilarga tinglash uchun berilib o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi
Musiqaning dinamik belgilari
Kompozitorlar biron - bir musiqa asarni yaratganlarida ularning ma‘lum bir qismlarini kuchli yoki kuchsiz ijro qilinishini mahsus belgilar bilan ko`rsatadi. Bu belgilar asarni yoqimli jiloli eshitilishiga yordam beradi.- Musiqada bu belgilar «Dinamik belgilar» deb ataladi.
f- (fог1е) - kuchli
mf- (metsso forte) -кuchliroq
р - (рianо) -кучсиз
mр - (metsso piano) –кuchsizroq
So`ngra tarqatma materiallar orkali yangi mavzu mustahkamlanadi. Sinf o`kuvchilari 3 ta guruhga bo`linadilar. Guruhlarga kartochkalar aralashtirilib tarqatiladi va topshiriq tushuntiriladi.
Guruxdagi o`quvchilarning vazifasi:
Sur‘ati, tovush jo`shqinligi, tovush jarangdorliklarini qo`yidagi rasmda ko`rsatilgandek mustaqil joylashtirish.
O`quvchilarga o`qituvchi tomonidan musiqiy asarlar (quvnoq, nafis, kuychang) tinglash uchun beriladi (audioyozuvda yoki ijro etiladi). Guruxlar shu musiqa mazmuniga moye ertak so`zlab berish.
Sur’ati







Tez

O‘rtacha




Ogir




Тоvush jo`shqin.

Quvnoq




Yengil, yorqin, nafis




kuychang

Tovush jarangdorligi

F




mp




p

Har bir guruhning joylashxirilgan kartochkalari doskaga skoch yordamida ilinib qo`yiladi. Har bir guruxdan vakil chiqib guruhlarning musiqaga moye ertak mazmunini tushuntirib beradilar. Guruh javoblari taxlil qilinib hulosa keltiriladi.
Maktabda vokal-xor ishlarini yo`lga qo`yishning eng muhim va murakkab sohaga tovush va nota ustida olib boriladigan ishlardir. Sinf mashg`ulotlari sharoitida o`qituvchi ko`proq ―kam vokal, xira‖, ba‘zan xattoki xunuk tembrni ovozga ega bo`lgan bolalar bilan ish olib boradi. Bu qiyinchilik yana shu narsa bilan murakkablashdiki, bunday bolalarning ba‘zilari kattalarning noto`g`ri uslubiy taqlid qilib, ashulanini noto`g`ri aytishga o`rganib qolgan bo`ladi. O`qituvchi maktab bolalariga qo`shiqni mumkin qadar to`g`ri ijro etishga imkon beradigan mavjud an‘ana uslubida aytishga o`rgatish kerak. Bola qanay ovozga ega bo`lmasin unga hech bo`lmaganda minemal darajada tovush xosil qilish madaniyatini berib ovozining tembrini siliqlash mumkin. Agar bunday ovozdan ayrim xolda foydalanib bo`lmasa lekin xor bilan bularning hammasi bir bo`lib, umumiy chiroyli ovoz yaratilishi mumkin. Bolalarning vokal jihatdan yaxshi ovozga ega bo`lishi bu o`qituvchining bolalarga ashula ta‘limi berilgan birinchi kundan boshlab qunt va diqqat bilan o`rgatishga bog`liqdir. O`qituvchining
―vokal‖ sezgisi yaxshi bo`lish kerak shu bilan birga u turli yoshdagi bolalarning ovoz xususiyatlarini bilish juda nuqtai ahamiyatga ega. Bolalar ashulani sun‘iy tarzda aytmasdan, balki uni anglab aytish, o`z ovozini nazorat qilib borish kerak. O`qituvchi bolalarni tabiiy va erkin raivshda ashula aytishga o`rgatish kerak. Buning uchun ashulani birinchi navbatda asta sekin va mayin tovush bilan aytishlariga erishish lozim. Agar ashula apparatimning sustligini bolalaning salom bo`lmasligi sababli bo`lsa, buni asta-sekin ota-onalariga aytib, vrach ko`rigidan o`tishga erishish kerak. Yumshoq tovush atamasi ashulani muloyim ijro etish bilan o`zaro bog`liqdir. Bolalar ashulani bir-birga bog`liq, legatto xolida aytishga
o`rganishlari kerak. Bu ashulachilikning asosiy usulm bo`lib, kattalarning ham, kichik yoshdagi maktab o`qituvchilarining ham shu usulda aytishga erishmoq kerak.
Bolalarga ovozni legatto va yumshoq qilinib chiqarishga o`rgatadigan mashqlarni imkon boricha ko`proq kiritish kerak. Bunday mashqlarni bolalr ovozining o`rta diapozoniga moslab ko`rish kerak.Bu diapozon ashula uchun eng qo`laydir. Bu maqsadag ovoz kuchini do1 dan do2 gacha va aksincha do1 dan do2 gacha o`zgartiradigan uzun notalarga mashq qilish juda foydalidir. Bu xolda qo`yidagi misoldan ko`rish mumkin.
Tovushning yumshoq qilib chiqarish bu asosiy fan bo`lib, shu fanda tovush xosil qilishning boshqa usullari yaqqol ajralib turadi, bu haqda biz yuqoriga aytib o`tgan edik.
X U L O S A.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan tub ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar musiqa ta‘limini tizimida ham o`z ta‘sirini ko`rsatmoqda. Shaxsni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash muammosini hal qilish bugungi kun davr talabidar. Ayni vaqtda yoshlarni milliy musiqiy merosimizga hurmat, vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash o`qituvchi tarbiyachilar olidida turgan, kichiktirib bo`lmaydigan vazifalardir.
Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin