7-Mavzu: O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni.
Rejasr
1. Toponimika – joy nomlari haqidagi fan.
2. O’lkashunoslikda makro va mikro toponimlar.
3. O’lkadagi joy nomlarining kelib chiqishi haqidasr
Tayanch tushunchlar.
Toponimika, “Zamin tili”, geografik nomlar, mikro toponomika, nomsiz
obyekt, fanlararo aloqadorlik, toponimika metodologiyasi, antrotoponimika,
lingvinistika, dialektologiya.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Karimov I., "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q", T. ―Sharq‖, 1998.
Karimov I., "Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch", T. ―Ma’naviyat‖, 2008.
Nabiyev A, "Tarixiy o’lkashunoslik", T., ―O’qituvchi‖, 1996.
Nafasov T. O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati, T. ―O’qituvchi‖,
1988.
Kabirov.J., Sagdullayev.A, O’rta Osiyo Arxeologiyasi, ―O’qituvchi‖, 1990.
Saidov A. O’zbekistonda turizm: istiqbol va muammolari, T., ―Mehnat‖,
1992.
Xo’jamov M., Lafasov M.,Mulladjanova R., Tarixiy o’lkashunoslik va
turizm, T., ―Mumtoz so’z‖, 2011.
Xolmurodov A., Xolmurodov D. Tarixiy o’lkashunoslik fanini o’qitishda
mahalliy materiallardan foydalanish (Jizzax viloyati misolida). T.: 2014.
Do’simov Z. , Egamov H. ―Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati‖ T.:
―O’qituvchi‖, 1977.
TOPONIMIKA (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastika joy
nomlari (geografik atoqli nom-lar)ni, ularning paydo bo’lishi yoki yaratilish
qonuniyatlarini, rivojlanish va o’zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va
grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish
sabablarini o’rganuvchi bo’limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui —
toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til
leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so’zlar singari til qonuniyatlariga
bo’ysunadi, lekin o’zining paydo bo’lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan
jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va
intilishlariga aloqador bo’lib, ma’lum darajada boshqa guruh so’zlardan farq qiladi.
Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo’lgan qadimiy fonetik, leksik
va morfologik elementlar ko’proq saqlangan bo’ladi. Joyning tabiiy geografik
sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg’uloti,
qazilmasr boyliklar, tarixiy shaxslar va voqyealar toponimlar vujudga kelishining
asosiy manbalari hisoblanadi.
Toponimika geogr., tarix, etn. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi.
Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va b.)ni
tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa,
gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o’zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi,
ko’pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi.
Toponimika xalklarning tarixiy o’tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning
joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o’tmishdagi tarqalish hududlarini,
madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo’llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga
yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga
ko’ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi toponimikaning amaliy jihati
hisoblanadi. Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab
makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng
hududlar, katta obyektlar (materiklar, okeanlar, tog’lar, cho’llar, daryolar,
shaharlar, qishloqlar va sh.k.)ning atoqli otlari; mikrotoponimlar — kichik
obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko’chalar, qo’rg’onlar va sh.k.) ning atokli
otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko’pincha
makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.
Turli xil geografik obyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq
ravishda toponimikaning quyidagi bo’limlari ajratiladi: gidronimika — suv
havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko’l kabilarning nomlarini o’rganuvchi
soha; o y k o n i m i k a — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq,
mahalla, guzar, ko’cha, ovul, qo’rg’on nomlarini o’rganuvchi soha; oronimika —
yer yuzasining relyef shakllari: tog’, cho’qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini
tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday obyektlar
nomlarini o’rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi obyektlar
(osmon jismlari) nomlarini o’rganuvchi soha va b.
So’nggi 40—45 y. ichida toponimikaning nazariy va amaliy asoslari ishlab
chiqildi, toponimika sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus
olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, ASR P. Dulzon, E. M. Murzayev,
V. N. Toporov, O. N. Trubachev, o’zbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E.
Begmatov, T. Nafasov, Qorayev, 3. Do’simov va b.ning xizmatlari katta bo’ldi.
O’zbekistan toponimiyasi 20-asrning 60-y.laridan ilmiy asosda o’rganila
boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Marg’ilon,
Qo’qon, Buxoro, Boysun, Mirzacho’l, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy
nomlari tadqiq etildi, toponimikaga oid bir necha lug’atlar, risola va
monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning «Yer tili» (1977), Qorayevning
«Geografik nomlar ma’nosi» (1978), 3. Do’simovning «Xorazm toponimlari»
(1985), T. Nafasovning «O’zbekistan toponimlarining izohli lug’ati» (1988), N.
Oxunovning «Joy nomlari ta’biri» (1994) va b. shular jumlasidandir.
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning
vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi.
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida
maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili deb ham atashadi.
Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to’lig’icha
kirmaydi, ammo ular toponimikani o’rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz
«obyekt» -toponim emaSamarqand Toponimika geografiyaga oid joylarni emas,
balki ularning nomlarini o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: |