Iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xulq-atvor modellari



Yüklə 34 Kb.
səhifə2/2
tarix08.04.2023
ölçüsü34 Kb.
#94857
1   2
Iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xulq-atvor modellari

Gute va boshqalar (Guth et al., 1992)ning fikriga ko’ra, amaliy iqtisodiyotda psixologiya va iqtisodiyot o’rtasidagi munosabatlarni turlicha talqin qiluvchi ikkita yondashuv mavjud. Amaliy iqtisodiyot nazorat qilinuvchi sharoitlarda iqtisodiy (qoidaga ko’ra moliyaviy) qarorlar qabul qilishni modellashtiruvchi bir qator texnikalarni o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu usulning afzalligi mojarolarni hal etish, narx haqida kelishuvlar, altruizm holatlari, guruhlararo va shaxsiy munosabatlar o’rnatilishi vaziyatlari kabi psixologik jarayonlar keng doirasiga nisbatan qo’llanilishi bilan izohlanadi.
Ilmiy tajribalarni o’tkazuvchilar qat’iy asoslangan ko’rsatkichlar bilan “o’yin” tashkil qiladilar. O’yinchilarning xulq-atvori qoidalar bilan cheklangan bo’lib, yuqori darajadagi foyda olishga yo’naltiriladi. Tadqiqotchilar sinovda ishtirok etayotganlarni o’yinda yana qatnashishga taklif etadilar. Maqsadga muvofiq xulq-atvordan og’ishni xarajatlar va foyda nisbatidagi o’zgarishlar funksiyasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Agar cheklovlarga rioya qilgan holda yutuqning subyektiv ahamiyati o’rganiladigan bo’lsa, bunda xuddi o’sha iqtisodiy modellashtirish tamoyillari qo’llanishi mumkin. Biroq bunda kishilar o’zini o’yinda va real dunyoda qanday tutishi o’rtasidagi muvofiqlikni topish talab qilinadi. Bu tashqi yaroqlilik masalasiga qaraganda ko’proq iqtisodiy xulq-atvorning muayyan turlari haqidagi masaladir.


i


Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin