1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari(2-soat). Reja



Yüklə 100,54 Kb.
səhifə9/10
tarix25.11.2022
ölçüsü100,54 Kb.
#70444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
psixalogiya hemis (1)

4.TOPSHIRIQ
1. Idrok:
a) jismlarning ahamiyatli xossa va sifatlarini yig‘indi holatida aks ettirish;
b) moddiy olam jismlarini aks ettirishda paydo bo‘ladigan sezgilar yig‘indisi;
v)** jism va hodisalarni ularning mos retseptorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish;
g) voqelikning bilan inson o‘tmish tajribasi o‘rtasidagi munosabatning bog‘liqligi.

2. Idrokning fazoviy, vaqt, harakat idroklariga tasniflanishi


Fazoni idrok qilish - voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda tutgan o’rnini, shaklini, miqdorini uch o’lchov asosida (balandlik, kenglik, uzunlikda) bevosita aks ettirish.

Harakatni idrok qilish- Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi.


Vaqtni idrok qilish- biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaht davomida paydo bo’ladi, o’zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob'ektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
5.TOPSHIRIQ

Xayol xaqida tushuncha konspektlashtiring.


Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. 221 Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi.


Yüklə 100,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin