1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari(2-soat). Reja



Yüklə 100,54 Kb.
səhifə8/10
tarix25.11.2022
ölçüsü100,54 Kb.
#70444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
psixalogiya hemis (1)

2.TOPSHIRIQ
Idrokda ob'yekt va fon haqida konspektlashtiring.

Odamga juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko’p xossalarga egaki, hatto odam bir vaqtning o’zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko’p sonli qo’zg’ovchilardan faqat ayrimlarini aniq holda ajratib oladi. Shu ajratib olingan narsa hodisalar esa fon sanaladi. Idrok qilinadigan narsani o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob'ekt hisoblanib, ob'ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Masalan, o’qituvchi bir darsda bir necha o’quvchilardan so’raydi. Har safar so’rayotganlarni ko’radi. Chaqirilgan o’quvchi uning javobi xatti-harakati idrok ob'ekti hisoblanadi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob'ekti deb ataladi. Boshqa o’quvchilar faoliyati idrok foni bo’lib qoladi. Idrok foniga kirgan o’quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa, idrok ob'ektiga aylanadi va aksincha. Demak, idrok ob'ekti va foni dinamik tabiatga ega bo’lib, doimo o’zgarib turadi. Ob'ekt va fonning dinamikligi bosh miya katta yarim sharlari po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish o’choqining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatning bir ob'ektdan boshqa ob'ektga o’tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'ektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, shrederlar zinapoyasi, predmet konturlarini ajralishi kabilarda aniq ko’rish mumkin. Juda ko’p hollarda ob'ektni fondan tez va aniq ajratib olish uchun uni alohida rang, shakl va belgilar bilan ta'kidlab qo’yiladi. Masalan, transport belgilari, temir yo’l ishchilari maxsus to’q sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar




3.TOPSHIRIQ

Appersepsiya, idrokning konstantligi haqida konspektlashtiring.


Psixologiyada idrok jarayoniga odamning butun ma'naviy hayot boyligini ta'sir etishini appersepsiya deb yuritiladi. Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya'ni ular aynan bir xil narsani uzining bilimi, saviyasi, nuqtai nazari, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, daladagi gullab turgan paxtani oddiy bir talaba bilan tajribali agronom idrok qiladigan bo’lsa, albatta, ularning idroklari, ya'ni paxtani aks ettirishlari juda katta farq bo’ladi. Talaba shunchaki, odatdagi oddiy bir paxta sifatida aks ettirsa, agronom paxtaning qanday navi, taraqqiyotning qaysi bosqichda ekanligi, taxminan qancha hosil berishi va shu kabilar bilan birga chuqur hamda juda to’la idrok etadi. Appersepsiya tushunchasi ba'zi hollarda idrokning aniqligi, to’liqligi, ravshanligi, predmetliligi, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma'nosi o’rnida qo’llanilgan. Psixologik nazariyalariga ko’ra, appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yuritiluvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat'iy maslagi, motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma'naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, u o’ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilishi jarayonidagi emosional holatiga, ya'ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affekt ko’rinishidagi his-tuyg’ularida, ularning sur'ati, davomiyligi tizimida o’z ifodasini topadi.


Idrok xususiyatining yana bir o’ziga xos xususiyati uning konstantligidir. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo’lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta'sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo’lishini tushunamiz


idrokning konstantligi hususiyati ham odamning turmush tajribasi bilan bog’liqdir. Chunonchi, umrida hech qachon hozirgi zamon katta passajir samolyotlarini ko’rmagan odam baland uchib ketayotgan samolyotni idrok qilib, uning real hajmini (qanchalik kattaligini) tasavvur eta olmaydi. Ko’rishda masofa, rang, shakl, hajm konstantliklari ro’y beradi. qalamni 20 va 1sm masofadan idrok qilish, doskani 1 va 10 m masofadan idrokqilish, oq qog’oz yoki quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko’z shuur pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko’rmaydi, balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo’lsa, shunday ko’radi. Bu kishining tajribasi, ommaviy faoliyati jarayonida vujudga keladi.

Yüklə 100,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin