1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə35/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar
Xotira sifatlari xotirani qo‘llash, ya’ni muayyan vaqt ichida odam esda qoldiradigan narsalar yoki faktlar miqdoriga, esga tushirishning aniqligiga, esda olib qolish tezligiga, o‘zlashtirilgan ma’lumotning qanchalik uzoq esda saqlani- shi, xotiraning tayyorligi, ya’ni talab etilgan narsani tezda esga tushira olish qobiliyati nazarda tutiladi. Xotiraning ana shu ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari kimdaki yetarli rivojlangan bo‘lsa, shu odamning xotirasi yaxshi xotira hisoblanadi. Xotira xususiyatlari shaxsiy fazilat sifatida odam qobiliyatlarining rivojlanishiga, faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narsalarni oson esda olib qoluvchi kishiga qaraganda, xotirasi u qadar yaxshi rivojlanmagan odamning vaqti ham, kuchi ham ko‘p sarf bo‘ladi. Ko‘pgina kasb-hunarlar uchun yaxshi xotira kerak.

Nazorat savollari:

  1. Xotira nima? Odam hayotida xotiraning qanday ahamiyati bor?

  2. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?

  3. Xotira va xayoliy tasavvurlarning farqi nimada?

  4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning farqi nimada?

  5. Xotira sifatiga ko‘ra odamlar qanday tiplarga ajratiladi?

26-mavzu: Xotiraning bolalarda rivojlanishi
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari.
2.Nerv sisitemasining plastikligi, qo’zg’aluvchanligi, tormozlanishning sustligini bola xotirasiga ta’siri.
3.Tasavvurlarni rivojlantirish. Ixtiyorsiz va mexanik esda olib qolishning bola faoliyati sharoitiga bog’liqligi.
Tayanch tushunchalar:Kichik maktabgacha yoshda obrazli xotiraning o’yin faoliyatida rivojlanishi. Bolalarxotirasini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar tayyorlash
O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tush­irish qobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg‘aygani sari ularning xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o‘sgan sari ular narsa va hodisalarni surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydilar. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan eksperimental tekshirishlar natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlarning ma’nosiga tushunib esda qoldirish samarali ekani aniqlangan. Lekin bog‘cha yoshi­dagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga to‘la tushuni- ladigan ma’lumotlar berilganda ochiq ko‘rinadi.
Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan
Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin