1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə59/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Nazorat savollari:

  1. Xarakter deb nimaga aytiladi?

  2. Xarakterning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  3. Kishi munosabatlari xarakterda qanday ifodalanadi?

  4. Xarakter xususiyatlarini farqlab bering.

  5. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘risida so‘zlab bering.

38-mavzu: Qobiliyatlar. Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash
Reja:
1.Qobiliyatlar haqida tushuncha.
2.Qobiliyat va faoliyat. Qobiliyatlarning nerv fiziologik asoslari.
3.Layoqat nishonalari va uning turlari.
Tayanch tushunchalar:Qobiliyatlarning rivojlanib borishi. Qobiliyatlarning turlari: umumiy va maxsus qobiliyatlari. Iste`dod va iqtidorlilik. Talant va daholik.
Maktabgacha yoshdagi iqtidorli bolalar va ular bilan ishlash. Layoqatning bolalarda erta ko’rinishi.

  1. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha

Pedagog bolalarni kuzatib ulardan bazilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli boladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday boladiki, bazi bolalar ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib sher va ertaklarni, sahnalashtiril- gan rollarni tez va oson yodlab oladilar.
Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, konikma va malakalarni nisbatan oson-lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shugullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon boladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik farqlari, predmetlarning aniq korinishi, proporsional nisbat- larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi­lan shugullanishida) va boshqalarda namoyon boladi. Ayrim qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bogliqdir. Qobiliyatlar bilim, malaka va konikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bolib rivojlanib borsada. Shuning uchun oquvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani sust bilishi, unda qobiliyatning yoqligidan deb hisobla- masdan, juda ehtiyot bolish va xushmuomalalik bilan ish korishi kerak. Bunday xatolar bazan biror sabab bilan maktabda yaxshi oqimagan bolajak yirik olimlarga nisbatan ham yol qoyilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof- muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon- shuhrat qozonishga musharraf bolgan juda kop allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yonalishi asoschisi) va boshqalar oqishiga qaraganda genial olim bolib voyaga yetishishida hech qanday asos yoq edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini organar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda kop turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Bazan ota iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tugma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologi­yada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarni ta’minlovchi sezgi organlari - ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlan- tirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anato- mik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan la­yoqat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana shu yuqorida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘l- ga qo‘yish kerak.
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bi- limga chanqoqlik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qo- biliyatsiz odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobi­liyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chal- gan. Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyin­chalik bu bola buyuk kompozitor bo‘lib yetishdi. Kishilarda musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan birmuncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim talantli shoirlarda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, A. Na- voiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov hali

  1. yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin