25-mavzu: Xotira jarayonlari Reja: 1.Esda olib qolish va uning turlari; ixtiyoriy, ixtiyorsiz, ma’nosiga tushunib, mexanik esda olib qolish.
2.Esda saqlash, tanish va esga tushirish, unutish jarayonlarining mazmuni, turlari.
3.Xotira sifatlari va xotiradagi individual farqlar.
Tayanch tushunchalar:O’quvchilarxotirasini tekshiruvchi va rivojlantiruvchi o’yin va mashqlar o’tkazish. Xotira jarayonlari
Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir: esda olib qolish;
o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash; esga tushirish va tanish;
unutish.
Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramizda nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixtiyorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayotgan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaraganda esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi. Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, biron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti- yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egallash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ravishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qolish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli- gini bilish) — bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda irodaning ham ahamiyati katta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolishning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik asosida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli reflekslar, mu- vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his- tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavqlantiradi. Bu esa o‘z navbatida es-da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifligi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish manbalarining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Bu haqda mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyidagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog, bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini — ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bil ish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak», K.D. Ushinskiyning bu fikri allaqachon amalda isbot qilingan. Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qolishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
surunkasiga takrorlash;
qismlarga bo‘lib takrorlash;
bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlashda kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi. Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joylashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadigan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demakdir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib ketadi. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olibqolish ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning samarali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib qolish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va irodasi faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish mexanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlayveradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bilan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi, kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan material tez unutiladi. Bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya’ni juda plastikligi tufayli ular so‘zlar bilan bog‘liq har turli ma’lumotlarni mexanik tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik esda qoldirish usulidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, bir necha marta takrorlash yo‘li bilan biz telefon nomerini yoki tanishimizning manzilini, shuningdek chet tili so‘zlarini, qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bunda ham odam esda olib qolmochi bo‘lgan narsani ilgaridan o‘ziga tanish narsa bilan bog‘lamog‘i, oqilona o‘zlashtirmog‘i lozimdir, zotan ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qo lishga qaraganda ancha puxtaroq bo‘ladi. Esda saqlab turish. Biz nimani esda olib qolgan bo‘lsak, shundan nisbatan ozroq qismigina xotirada uzoq vaqt davomida, ba’zan bir umrga saqlanib qoladi. O‘zlashtirilgan ma’lumotlar mustahkamlanmasligi tufayli asta-sekin unutilib boradi. Shu sababdan o‘zlashtirilgan materialni xotirada saqlash uchun uni takrorlab turish kerak. Esga tushirish va uning turlari. Esga tushirish odatda tanishdan boshlanadi. Tanish bu ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni qayta idrok qilishda esga tushishidir. Tanish — yarim-yorti va to‘liq tanish bo‘lishi mumkin. Yarim-yorti tanishda ilgari idrok qilgan narsamiz g‘ira-shira esimizga tushadi. To‘liq tanishda esa idrok qilingan narsaga oid ilgari hosil bo‘lgan tasavvur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Bunday holda biz bu narsani qayerda va qachon ko‘rganimizni ham eslay olamiz. Chunonchi, bayram kuni qayerda nima qilganimizni, kim bilan gap- lashib kulganlarimizni juda yaxshi eslay olamiz. Esga tushirish, ya’ni eslash narsaning o‘zini shu paytda idrok qilmay turib esga olishdir. Esga tushirish jarayoni tanish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda biz o‘z oldimizga ma’lum bir maqsad qo‘ymasdan va irodaviy kuch sarf qilmasdan esga tushirishni tushunamiz. Bunday esga tushirish jarayoni yuqorida ko‘rib o‘tilgan assotsiatsiyalar ishtirokida sodir bo‘ladi. Ixtiyoriy esga tushirish deganda biz biron maqsad bilan esga olish kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab, harakat qilib, maxsus ravishda esga tushirishni tushunamiz. Ixtiyoriy esga tushirish bilib, anglab esga tushirishdir. Ixtiyoriy esga tushurishda eslab topish usullaridan foydalanamiz. Masalan: telefon raqamini eslash, birovning ismini eslash va hokazo. Odatda biz ixtiyoriy esga tushirish jarayonlaridan juda keng foydalanamiz. Unutish ham xotira jarayonlaridan biridir. Unutish batamom va qisman unutish kabi ikki turga bo‘linadi. Unutishning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, unutish esda olib qolin- gan ma’lumotlarning amalda tatbiq qilinishi yoki qilinmasligiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, unutish esda olib qolingan ma’lumotga nisbatan qiziqishning naqadar barqarorligiga bog‘liqdir. Masalan: bizni nihoyatda qiziqtirgan biron kitobning mazmuni, biron kinoning mazmuni yoki juda yoqqan biron kuyning ohangi hech qachon esdan chiqmaydi. Nihoyat uchinchidan, unutish ma’lum darajada nerv sistemasining ahvoliga ham bog‘liqdir.