Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak: Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli bevosita voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi lozim. Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituvchilar oldidagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga juda xalal beradi, nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan hayajonlanmaslik uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing kerak, bu esa mashg‘ulotga puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbiyachi mashg‘ulotga qanchalik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda shunchalik kam hayajonlanadi. Hech kimga oldindan ma’lum bo‘lmagan mehnat notiq ishonchining garovidir. Bu ishonch o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq nima bo‘lishini va yana nima aytishini o‘zi his qilgandagina paydo bo‘ladi.
Ovozni o‘zgartirish - fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va pasayrirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash ohanglaridan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi diqqatni o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, pauza qilib baland ovozdan past ovozga o‘tiladi.
Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yurave- rish ham diqqatni chalg‘itadi. Eshituvchilarning ayrim guruhiga tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortila- di va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi, tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.
Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taqqoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.
Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni oshirish ham zarur.
Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana», «anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa gapirish karak.
Nutqni uzmay gapirish bu - notiqning keraksiz, ortiqcha gaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.
Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday cheki- nishlar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda nutqning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi lozim.
Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan bog‘lash lozim.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan munosabatga kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiyachining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tushunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga yordam beradi. Nazorat savollari: Bog‘cha yoshida nutqning o‘sishi xususiyatlari nimalar- da namoyon bo‘ladi?
Bola nutqining o‘sishiga oila muhiti qanday ta’sir ko‘rsatadi?