Psixodiagnostika metodlarini tanlash va qo‘llash Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi. Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodikalar o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya’ni shaxsning ma’lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlari holati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. Masalan: bolalarga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga qanday yo‘nalganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi. Tarbiyachi-tadqiqotchi u yoki bu metodikani tanlaganida, ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganida metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutishi kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldinroq bolaga unga bo‘lgan ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bajarilayotgan topshiriqning muvaffaqiyati ko‘p hollarda shunga bog‘liq bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati ekserimental qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalarda tadqiqot o‘tkazilganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatl rini aniqlash;
sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari. Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bolaga darajasining o‘sib borishini hisobgaolgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiynalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1—2 yoshli bolalar sensamotor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifalida qaralishi kerak.