Ta’ lim menejmentining funksiyalari va bugungi kundagi o’ rni
Sardor Mardanaqulovich Abduxamidov
Jasurbek Muradovich Narimanov
s.abduhamidov@chspi.uz
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ta’lim menejmentida eng asosiy vazifa - bu o’qituvchi, o’quvchi,
ota-ona va jamiyat bilan ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan
dalolat beradiki, u boshqaruv ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik
iqtisodiy boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Ta’lim menejmentini rivojlantirish orqali
odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirish, ma’naviy rag’batlantirish
va hamkasblar o’rtasida do’stona munosabatlarni yo’lga qo’yishdir.
Kalit so’ zlari: Menejment, boshqaruv, raxbarlik, ishbilarmonlik, sohalar,
bilimlar, korxona, tashkilot, idora, nazorat, yuritish, qonun, qoida, reja, mehnat.
Functions and current role of education management
Sardor Mardanakulovich Abdukhamidov
Jasurbek Muradovich Narimanov
s.abduhamidov@chspi.uz
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Abstract: The most important task in education management is to work with
teachers, students, parents and the community. The descriptions of management show
that administrative command is fundamentally different from economic management
in that it conveys the meaning of management. Through the development of
educational management is to change people’s attitudes to work, to provide moral
encouragement and to establish friendly relations between colleagues.
Keywords: Management, administration, leadership, business, industries,
knowledge, enterprise, organization, office, control, management, law, rule, plan,
labor.
Bugungi kunda boshqa sohalar qatorida ta’lim sohasida islohatlar olib
borilmoqda shu o’rinda Maktab menejmenti sohasida ham bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda, jumladan respublikamizning qatop oliy ta’im muassalari qatorida
Chirchiq davlat pedagogika institutida 2019-2020 o’quv yilida 5611700-Maktab
menejmenti ta’lim yo’nalishi ochilib 50 dan ortiq talaba qabul qilingan bo’lsa 2020-
2021 o’quv yilida 60 dan ortiq talaba qabul qilindi, xozirgi kunda rivojlangan
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Special Issue 1
www.openscience.uz
31
davlatlarning ta’limi tizimidan andoza oladigan bo’lsak bugungi kunning talabi
avvalom bor ta’limni to’g’ri tashkil etish yuritish hisoblanadi, shu sabab Chirchiq
davlat pedagogika instituti tomonidan ushbu ta’lim yo’nalishini kelajakda
rivojlantirish hamda qo’shimcha kasb egasi sifatida diplomlar berish ishlari yuzasidan
bir qancha ishlar olib borilmoqda. Bularning hammasi jahondagi ta’limi rivojlangan
davlatlar qatorida kirish, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek ta’lim
muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg’or xorijiy tajribani o’rganish, har
jihatdan zamonaviy tizim yaratish bugungi kunning talabi, ta’limni rivojlantirmasdan
hech bir sohani rivojlantirib bo’lmaydi degan fikrlari negizida qanchalik chuqur
ma’no kasb etishi bizga ma’lum, shu nuqtai nazardan eng avvalo ta’lim sohasini,
ta’lim sohasida boshqaruvni rivijlantirish, boshqarish va nazorat qilish orqali natijaga
erishish mumkinligini inobatga olib ta’lim menejmentiga alohida e’tibor berilmoqda.
Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar
tashlasak qadim tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida
rivojlana boshladi. “ Management“ inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida
boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy
rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki bu faoliyat turini (tashkil
etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi
ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablari
evolyutsiyasi boshlangan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda
ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga
fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning yangi usullari talab
qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - etakchilik
sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi.
Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi
mumkinligini isbotladi. Menejmentda ma’naviy rag’batlantirishdan foydalanishni
maslahat berdi, masalan, xodimning hamkasblari bilan aloqasi. U rahbarlarni
jamoaviy munosabatlarga e’tibor berishga chaqirdi va maktab menejmentning ajralib
chiqishiga hissa qo’shdi uning fikricha alohida kasb va ikkita yo’nalishga ega.
Birinchisi, korxonalarni boshqarish muammolarini o’rganish va zamonaviy
boshqaruv tushunchalarini ishlab chiqish.
Ikkinchisi - menejerlarning lavozim vazifalari va funktsiyalarini o’rganish.
Har qanday rahbar ma’lum ya’niy quydagi funktsiyalarni bajarishga chaqiriladi:
•
korxona uchun maqsadlarni belgilash va rivojlanish yo’llarini tanlash;
•
ishlarni tasniflash, taqsimlash, tashkiliy tuzilmani yaratish, kadrlarni tanlash va
joylashtirish va boshqalar;
•
xodimlarni rag’batlantirish va muvofiqlashtirish, menejerlar va jamoa
o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan nazorat;
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Special Issue 1
www.openscience.uz
32
•
me’yorlash, korxona ishini va unda ishlaydigan barcha ishchilarni tahlil qilish;
•
ish natijalariga qarab motivatsiya.
Shunday qilib, zamonaviy menejerning faoliyati murakkablashadi. Menejer turli
sohalar bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi va amalda tasdiqlangan usullarni qo’llashi
kerak. Maktab yirik sanoat ishlab chiqarishida hamma joyda paydo bo’ladigan bir
qator muhim boshqaruv muammolarini hal qildi.
Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan ishlashdir. Menejment
haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv ma’nosini bildira
turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu farqlar
quyidagicha:
Birinchi farq - bu bozor iqtisodiga taalluqli bo’lib, ma’muriy buyruqbozlik
xo’jalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir.
Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, ya’ni taraqqiy topgan
davlatlarda menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi.
Uchinchi farq - menejmentni sotsialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi
to’rtta tavsifni birlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni “menejment - bu samarali
boshqaruv fani va san’ati”dir deyish mumkin. Bunday boshqaruv bu kabi mehnat
bilan shug’ullanuvchilarning yuqori malakasi, ya’ni menejerlar hisobiga, ularning
bilimdonligi, faol ijodiy ishi, tashabbuskorligi, fikr yuritishining egiluvchanligi,
taktik va strategik masalalarni echishdagi qobiliyati, odamlar bilan bevosita ishlay
olishi hisobiga amalga oshadi. Oksford izohli lug’atida menejment tavsifi quyidagi
oddiy so’z bilan ifodalangan. Unda “Menejment - bu ma’muriy ishni bajarishdagi
alohida qobiliyat va bilimdonlikdir”, - deyilgan.
Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qo’yiladigan turli talablarni, ya’ni ish
usuliga, ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar harakatini birgalikdagi faoliyatda
to’g’ri yo’naltirish san’ati va fanga qo’yiladigan talablarni qattiq ma’muriy talabsiz
belgilangan maqsadning bajarilishini o’zida aks ettiradi.
Yuqoridagi sifatlarga qo’shimcha qilib, hozirgi zamon menejmenti taraqqiy
topgan davlatlardagi 2 ta tavsifini ham keltirish o’rinlidir:
1-Menejerlik korpusining faoliyatini iste’molchi talabiga mos keladigan yuqori
sifatli mahsulot olishga yo’naltirilganligi (menejmentda marketing yondashuvi).
2-Menejer ishini tashkilot jamoa a’zolarining faravonligini oshirishga
yo’naltirilganligi (boshqaruv faoliyatini insonparvarligi).
Pirovard natijada “Menejment” termini yana bitta, aniqrog’i ikkita keng
tarqalgan ma’noga ega. U ko’proq to’plash ma’nosida, barcha tashkilot menejerlar
jamoasini yoki oliy menejerlar korpusini belgilashda ishlatiladi. Bu kabi ma’nolarda
“Menejer” so’zi odatda 2 xil faoliyatni: boshqaruvchilar (menejerlar) va ishlab
chiqaruvchilar (ishchilar) orasida ma’lum qarama-qarshilik ko’zda tutilganda
qo’llaniladi.
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Special Issue 1
www.openscience.uz
33
Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti
orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat.
Fanni o’qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg’otish,
amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdan iborat. Chunki hozir
boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining
xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar
iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo’yicha
loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib etishadilar.
Boshqa tomondan boshqaruv ko’p hollarda rahbarning qobiliyatiga, uning odamlar
bilan ishlay olishiga, shaxsiy tashabbusiga, fahm-farosatiga bog’liqdir. Bularning
barchasini boshqaruvda ishlata olish - bu san’atdir.
Boshqaruv san’ati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi,
ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment o’zida fan
va san’at elementlarini jamul-jam qilgan.
Xulosa qilib aytganda o’quvchi yoshlar va talabalarning kelajakda har sohada
raqobatbardosh kadr qilib tarbiyalashning kafolatlangan tizimlardan biri ekanligini
ko’rishimiz mumkin
Dostları ilə paylaş: |