Nazorat savollari: Odamning nerv sistemasi qanday tuzilishga ega?
Miyaning signal faoliyati deganda nimani tushunasiz?
Yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv jarayonlari faoliyati ni- madan iborat?
Refleks yoyi qanday tuzilgan?
7-mavzu: Psixika va ong taraqqiyoti Reja: 1.Psixikaning yuzaga kelishi va evolyutsiyasi.
2. Ong tushunchasi. Inson ongining tuzilishi, ta’riflari va rivojlanishi.
3.Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar.
4.Harakatning instinktiv, individual va intellektual shakllari haqida tushuncha. Tayanch ma`lumotlar:Harakatning intellektual bosqichida o’tkazilgan tajribalar, Inson ongi va psixikasining rivojlanishi, Ong osti holatlari, Voqelikni aks ettirish shakllari. Psixikaning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti juda uzoq tarixga egadir. Tabiatda va jamiyatda hamma narsa har doim o‘zgarib turadi. Lekin har qanday o‘zgarishni ham biz taraqqiyot deb ayta olmaymiz. Taraqqiyot chirish va yemirilishning teskarisi bo‘lib, oldinga tomon rivojlanishdan iboratdir. Bundan mlyard yillar muqaddam yerda hayot paydo bo‘lgan, ya’ni materiya yuzaga kelgan. Organik, ya’ni tirik materiya dastavval juda sodda bir hujayrali organizm tariqasida yuzaga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Tirik organizmlarning dastlab paydo bo‘lgan davridan boshlab hozirgi eng yuksak organizm, ya’ni odamgacha rivojlanish yo‘li evolutsion taraqqiyot deb yuritiladi. Biz psixika taraqqiyoti haqida fikr yuritar ekanmiz, psixika organik, ya’ni tirik olamdagi hamma organizmlarga xos xususiyatmi, degan savol tug‘iladi. Psixika, ya’ni aks ettirish xususiyati eng avval paydo bo‘lgan juda sodda organizmlarda bo‘lmagan, ularda oddiy ta’sirlanuvchanlik xususiyati bo‘lgan xolos.
Ta’sirlanuvchanlik bir hujayrali organizmlarga (amyobalarga, tufelkalarga) xos xususiyat bo‘lgan. Evolutsion taraqqiyot jarayonida organizmlar murakkablashgan sari ularning tashqi olamni aks ettirishlari ham takomillasha borgan. Evolutsion taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib organizmlarda juda sodda tuzilishga ega bo‘lgan nerv sistemasi paydo bo‘lgan. Dastlab yuzaga kelgan nerv sistemasi juda sodda bo‘lib, markazlashmagan organizmlarning hamma tomoniga to‘rsimon holda tarqalib ketgan ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bunday nerv sistemasini suvda yashovchi meduzalarda ko‘rishimiz mumkin (5-rasm).
Keyinchalik evolutsion taraqqiyot davomida ko‘p markazli nerv sistemasiga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Masalan: tugunchasimon markazlarga ega nerv sistemasini asalarilarda, yomg‘ir chuvalchanglarida ko‘rishimiz mumkin. Ana shu tariqa organizmlarning nerv sistemalari murakkablashgan sari, ularning tashqi olamni aks ettirish qobiliyatlari ham tobora murakkablashib bordi. Evolutsion taraqqiyot davomida
psixikaning eng sodda ko‘rinishidan inson ongigacha bo‘lgan taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan iborat.
P. Pavlovning uqtirishicha, agar tormozlanish po‘stloqning ko‘p qismiga yoyilib miyaning quyi qismlariga yetib borsa odam uyquga ketadi. Kuchlar, ya’ni miya nerv hujayralari qayta tiklanadi. Po‘stloqni to‘liq qamrab olmay ayrim uchastkalarining qo‘zg‘alish holatida bo‘lishini I.P. Pavlov soqchi punktlar deb atagan. Masalan, o‘z bolasi yonida qattiq uyquga cho‘mgan ona atrofdagi tovushlarni eshitmasligi mumkin, lekin chaqaloqning ozgina shitirlagan tovushiga uyg‘onadi. Demak, onada o‘z bolasiga nisbatan miya po‘stlog‘ida ba’zi hujayralar qo‘zg‘algan holda bo‘ladi. Gipnoz holatida tormozlanish qisman bo‘lib po‘stloqni to‘liq qamrab olmaydi va odamga keraklicha ta’sir o‘tkaziladi. Bunday holatni sun’iy ravishda vujudga keltirish mumkin. Bunda odamga so‘z orqali ta’sir o‘tkazish, ya’ni «Siz uxlamoqchisiz, siz uxlay boshladingiz» kabi. Shuningdek, gipnoz qilayotgan kishining yuzi oldida qo‘l bilan silash harakatlari (passlar) yordamida uxlatiladi. Gipnoz holatida bosh miya po‘stlog‘ining ko‘p qismi tormozlangan bo‘ladi, shu sababli odam o‘zi mustaqil harakat qila olmaydi, uni uxlatgan kishiga itoat qiladi, nima buyurilsa shuni bajaradi.
Katta yarimsharlar po‘stlog‘ining shartli refleks tarzida- gi faoliyatini I.P. Pavlov miyaning signal faoliyati deb atagan, chunki tashqi muhitdan ko‘rsatiluvchi ta’sirlar tevarak-atrof- dagi narsalarning organizm uchun ahamiyati haqida darak be- radi. Narsa va hodisalarning sezgi organlariga ta’sir ko‘rsatishi tufayli (buning natijasida sezgilar, idrok, tasavvurlar paydo bo‘ladi) miyaga keluvchi signallarni Pavlov birinchi signallar sistemasi deb atagan: bunday sistema odamda ham, hayvonlarda ham bor. Ammo odamda, deb yozadi Pavlov faoliyat mexanizmlariga qo‘shimcha favqulodda ustunlik yuz bergan. Bu qo‘shimcha ustunlik inson nutqi va tafakkuridir. Demak, nutq ikkinchi signallar sistemasi hisoblanadi.
Bir xil izchillikdagi qo'zg'alishlarning takrorlanib turishi, odamda shunga muvofiq ravishda, bir xildagi reaksiyalarning amalga oshishiga olib keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qo‘zg‘atuvchilardan birinchisi ta’sir etishi bilan, shartli reflekslar sistemasi paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘alishlarningtakrorlanibturishinatijasidamiyapo‘stlog‘idamustahkamo‘rnashibqolgano‘choqlaridinamikstereotiplar(stereotipyunonchastereo — mustahkam, o‘chmas; tupos — iz, tamg‘a) debataladi.Stereotip so‘zi mustahkamlangan reaksiyalarning barqarorligidan dalolat beradi. «Dinamik» deb atalishiga sabab shuki stereotipni, ya’ni odat tusiga kirib qolgan xatti-harakatlar sistemasini qayta qu- rish oson bo‘lmasa ham uni o‘zgartirish mumkin. Bu o‘choqlar kerak bo‘lganda kuch sarflanmasdan oson tiklanadiDemak, dinamik stereotip qo‘zg‘atuvchilarning tez-tez tak- rorlanib turuvchi ta’sirlariga organizmning moslashib qolishi hisoblanadi. Stereotip qancha eski va turg‘un bo‘lsa uni yengish, tugatish shunchalik qiyin bo‘ladi. Uni buzish tevarak-atrofdagi voqelik bilan keskin to‘qnashuvga olib keladi. Nerv sistemasining zaif muvozanatlashmagan tipiga mansub bo‘lgan odamlarda dinamik stereotipni qayta qurish qiyin bo‘ladi. Nerv sistemasi kuchli va muvozanatlashgan odamlar dinamik stereotipni o‘zgartirishni oson uddalaydilar.
Yarimsharlarning biror qismi zararlansa odam shu vazifasini yo‘qotadi. Masalan, miyaning peshona orqa tomonidagi qismi zararlansa u gapira olmaydi, uning o‘rnini boshqa markazlar amalga oshiradi.
P. Pavlov miyani o‘z ishini o‘zi to‘g‘rilovchi sistema deb atagan. Buning ma’nosi shuki, miya tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga shunchaki javob qaytaribgina qolmay, balki o‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilayotgan xatti-harakatlarni nazorat qiladi hamda tartibga solib turadi. Nerv jarayonlari uch qismdan iborat: tashqi (yoki ichki) qo‘zg‘atuvchi ta’sirida vujudga kelgan qo‘zg‘alishning sezgi organlaridan to miyaga borguncha bosib o‘tuvchi yo‘li;
bu qo‘zg‘alishning miyada qayta ishlanishi;
impuls tarzida beriluvchi «buyruq», bu buyruqni miya xatti-harakatini amalga oshiruvchi mushaklar tomon yo‘llaydi.
. Demak, hayvonlarning instinktiv harakatlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin: