1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

1. Muloqot haqida tushuncha 
Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, 
ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu 
ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab 
chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan 
munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil 
eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga 
kirishishi kerak. 
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa 
rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot 
almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri 
bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi 
tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va 
holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga 
kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok 
qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday 
qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv 
(o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga 
kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida 
namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog 
uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini 
ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. 
Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar 
yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning 
tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni 
ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi. 
Pedagogik faoliyatdagi muloqot: 
1. O`quv vazifalarini bajarish vositasi. 
2. Tarbiyaviy jarayonni ta`minlashning ijtimoiy - psixologik tizimi. 
3. Ta`lim va tarbiya jarayoni muvafaqqiyatini ta`minlovchi o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro 
munosabatlarini tashqil qilish usuli. 
4. O`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi. 
Pedagog bu muloqotning o`quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita mazmunini tashqil etadi. 
Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o`rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda 
namoyon bo`luvchi o`zaro ta`sirdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin