1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi 
Tashqi olamda turli hodisalar ma`lum darajada o`zaro doimiy bog`liqdir, ma`lum sharoitlarda 
namoyon bo`ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. (olov hamma vaqt kuydiradi, 
tundan so`ng tong otadi). Ob`ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) 
munosabatlarni ob`ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu 
ularning kelajakda qay darajada o`zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish to`tish, ya`ni ob’ekt va 
hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan 
qilinadigan bunday holda go`yo ichki, ya`ni ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Ob`ekt (narsa) 
ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar 
bilan, ya`ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy 
tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. 
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki 
ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog`da ko`z o`ngida yo`q bo`lgan 
narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Ma`lumki, odamning ichki dunyosi paydo 
bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin 
ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. 
Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir. 
3. Faoliyatni egallash
Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy 
komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga 
muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu 
vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi 
bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, 
ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. 
Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. 
YUrish, dorda yurish kabilar ham. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab 
boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab 
qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning 
amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman 
avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat: 
1. Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir 
qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab 
qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni 
o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin. 
2. Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan 
ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning 
hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi. 
3. Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok 
qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim 
hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” 
bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga 
vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka 
quyidagicha hosil qilinadi: 


1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash. 
2. Harakat namunasini esda olib qolish. 
3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish. 
4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi. 
5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib 
qoladi. 
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma 
deyiladi. 
Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni kushib olib borish orqali 
hosil qilinishi mumkin. 
Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga 
keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va 
malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni 
o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi 
bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, 
SHvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport 
hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. CHizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, 
pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin. 
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki 
malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada 
qo`llash mumkin. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin