Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Shisha banka ichiga solib qo`yilgan o`rgimchak och bo`lishiga qaramay, shu bankadagi pashshani
emaydi, odatda u ataylab to`r yasab, o`nga ilingan pashshalarni tutib eydi. O`rgimchakning bu xatti -
harakati psixiki taraqqiyotining qaysi bosqichiga to`g`ri keladi?
a) sensor bosqich;
b) idrok;
v) aql;
g) ong.
2. Asalari va chumolilarning murakkab xatti -harakatlarini nima deb atash mumkni?
a) aqliy harakatlar;
b) ko`nikmalar;
v) instinktiv harakatlar; g) mehnat.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1. Taraqqiyot bosqichlariga nimalar kiradi?
2. Instinktiv harakatlar turlari qanday?
3. Hayvonlardagi tajribalarni tushuntiring.
4. Ong qanday rivojlanadi?
4-mavzu: Shaxs faoliyati va malakalari Reja: 1. Faoliyat haqida tushuncha
2. Faoliyat tarkibi:
a) maqsad; b) motiv; v) ish harakat.
g) eksteriorizatsiya va interiorizatsiya
3. Faoliyatni egallash.
a) malakalar; b) ko`nikmalar; v) malakalarning o`zaro ta`siri.
4. Faoliyatning asosiy turlari:
a) o`yin; b) ta`lim; v) mehnat.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Avtomatizm - ixtiyorsiz yoki anglangan holda bajariladigan harakat;
Avtomatlashuv – mashq qilish natijasida turli malakalarning shakllanish jarayoni;
Etakchi faoliyat - shaxsning muayyan yosh davrida sifat jihatdan o`zgarishini ta`minlaydigan faoliyat turi;
Interiorizatsiya - tashqi predmetli harakatlardan ichki aqliy harakatlarga o`tish jarayoni;
Interferentsiya - avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil bo`lishini sustlashtirish yoki
salbiy ta`sir etishi;
Ko`nikma - biror ish harakatni anglangan holda bajara olish o`quvi;
Maqsad - faoliyatning so`nggi natijasi timsoli, inson ehtiyojlarini amalga oshirilishi;
Motiv - insonni faoliyatga undovchi va o`nga mazmun beruvchi kuch;
Mehnat - moddiy va ma`naviy ne`matlar yaratishga yo`naltirilgan taqi olamni o`zgartirish va qayta hosil
qilishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat;
Odat - bajarilishi ehtiyojga aylangan harakat yoki xulq - atvorning tarkibiy qismi;
Ta`lim - bilimlarni o`zlashtirish va mustahkamlash, faoliyat usullarini egallash jarayoni;
Eksteriorizatsiya - ichki aqliy harakatdan tashqi predmetli harakatga o`tish jarayoni.