2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga
olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O`z - o`zini boshqarish oddiy
ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik
yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. Muhitdagi
haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa,
reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda
tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi
bilan bir joydan 2 - joyga ko`chishga majbur bo`ladi. Masalan: kemiruvchilar erni chuqur kavlab
ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta`sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom quto`la
olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. Aks
ettirishning adekvatli (mos) bo`lishi avvalo psixikaning moddiy asosi sezgi a`zolari va asab tizimining
tuzilishiga bog`liqdir. Retseptor ma`lum bir turdagi qo`zg`atuvchilar ta`siriga qanchalik to`g`ri reaktsiya
qilsa, organizmning reaktsiyasi ham shunchalik adekvat, ya`ni mos bo`ladi.
Retseptorlarning taraqqiyoti ma`lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog`liq. Sezgi
a`zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi.
To`rsimon asab tizimiga ega bo`lgan hayvonlar asosan tashqi ta`sirotlarga tug`ma ravishda javob
qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Taraqqiyotning navbatdagi pog`onasida asab tizimida bir qator sifat o`zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha
shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko`proq miqdordagi qo`zg`atuvchilarni qabul qilish va qayta
ishlash imkoniyatini beradi. CHunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o`zgarmaydigan doimiy
narsa emas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolyutsion taraqqiyotdadir. evolyutsion
taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi.