Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma`lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat.
Harakatlar
tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo`naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan
bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang`ida yurish, og`ir va engil narsani boshqa
joyga olib qo`yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko`tarish
harakatlari bir - biridan
farq qiladi.
Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini
erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yo`li bilan doim nazorat qilib boriladi va to`ldirilib turiladi.
Unday nazorat sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi.
Odamning maqsadini ko`pchilik hollarda ayni shu choqda ko`z o`ngida yo`q
narsalar va lekin ularning
harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bo`lgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada,
kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan bo`ladi. Xuddi ana shu
tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu
ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: