1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Guruhdagi shaxslararo munosabatlar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

3. Guruhdagi shaxslararo munosabatlar 
Odamning xatti - harakati ijtimoiy muhitning ta`siriga bog`liqdir. Kishining shaxs sifatida taqi olam 
bilan bo`lgan o`zaro munosabatlari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida odamlar o`rtasida 
shakllanadigan munosabatlarda yuzaga kelgan. Ijtimoiy hayot davomida va ishlab chiqarishda odamlar 
o`rtasida ob`ektiv tarzda yuzaga keladigan real aloqa va munosabatlar odamlarning sub`ektiv 
munosabatlarida namoyon bo`ladi. Masalan: o`qituvchi o`quvchilarga to`g`ri munosabatda bo`lmasa, 
o`quvchilarda o`nga nisbatan hurmat yo`qoladi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar xilma -xil va 
murakkabdir. Bu munosabatlarni o`rganish uchun maxsus metodlardan foydalaniladi. Ana shunday 


metodlardan biri sotsiometrik metodni amerikalik mikrosotsiolog D. Moreno kashf etgan. Bu metod 
butun jamiyat qonuniyatini o`rganish imkonini beradigan universal metod bo`la olmaydi. Sotsiometrik 
metodni kichik guruhda qo`llash mumkin. Jamoada kishilar bir - birlarini yaxshi bilsalargina bu metod 
samarali bo`lishi mumkin. Bu metodning mohiyati shuki, biz guruhda yoki jamoada kim eng qadrli, 
obro`li, kim obro`siz ekanligini aniqlashimiz mumkin. Buning uchun jamoa a`zolarining matritsasini, 
ya`ni a`zolarning nomerlangan ro`yhatini tuziladi. Qizlarning familiyasi doira bilan, o`gil bolalarning 
familiyasining uchburchak bilan belgilanadi. Keyin 3 - 4 doira chiziladi. O`quvchilarga quyidagi yozma 
savollar berib, ularga javob yozilishi aytiladi. Savollar quyidagi mazmunda bo`lishi mumkin: “Sen kim 
bilan bir partada o`tirishni xohlaysan?”, “Sen sinfda kim boshliq bo`lishini istaysan?” O`quvchilar o`zlari 
yoqtirgan tengdoshining familiyasini yozib berishlari kerak. Kim ko`p ovoz olsa, eng ichkarigi doiraga, 
undan kamroq ovoz olgan ikkinchi doiraga, eng kam ovoz olgan o`quvchi eng katta doiraga belgi bilan 
joylashtiriladi. Jamoada yoshlarda umumiy axlok normalariga to`g`ri keladigan munosabatlar: 
talabchanlik, odillik, jamoachilik, o`rtoqlik, g`amxo`rlik, nazokatlilik, sofdillik, vatanparvarlik, mehr - 
muruvvatlilik kabi xislatlar shakllantiriladi. 
Har bir jamoaning o`z lideri – boshlig`i bo`ladi. Lider shu jamoa ichidan etilib chiqishi kerak. Lider 
rasmiy va norasmiy bo`lishi mumkin. Rasmiy lider yuqoridan tayinlanadi. Masalan, rahbarlar tayinlanadi. 
Norasmiy liderlar referent guruh boshliqlari, bo`lishi mumkin. Tashqilotchilar ham norasmiy lider 
hisoblanadi. Liderlar o`z ortlaridan boshqalarni ergashtira oladigan kishilardir. Ularda tashqilotchilik 
qobiliyatlari shakllangan bo`ladi. Guruhdagi kishilar konformli, ya`ni kelishuvchan, kechirimli bo`lishlari 
lozim. Agar guruh uyushgan bo`lsa konformlilik kuchli bo`ladi. Jamoadagi shaxslar konformlilik asosida 
barcha ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Guruh yoki jamoada kelishuvchanlik bo`zilsa, muloqot 
to`g`ri amalga oshirilmasa konfliktlar - nizolar kelib chiqishi mumkin. Nizolar ikki xil bo`ladi: a) shaxsiy 
adovatlar asosida kelib chiqadigan nizolar; b) xizmat (ish) yuzasidan kelib chiqadigan nizolar. Nizolarni 
bartaraf qilish rahbar - liderlarning qobiliyatiga bog`liq. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin