1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.
2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.
Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar
idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval
sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.
Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy
qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va
hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning
sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir
sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada
tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil
bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar
odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas,
ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va
qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan
kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech
kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari
birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday
mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning
faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.
Dostları ilə paylaş: