1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Diqqatning qaysi turi o`quv materiallarini o`zlashtirishda ijobiy rol o`ynaydi? 
a) ixtiyorsiz; b) ixtiyoriy; v) muvofiqlashtirilgan; g) ichki diqqat. 
2. O`quvchi darsda o`z diqqatini avval o`qituvchiga, so`ngra doskaga , keyin daftarga va yana 
o`qituvchiga qaratadi. Aytingchi, bu erda diqqatning qaysi xossasi namoyon bo`ladi? 
a) taqsimlanishi
b) ko`lami; v) ko`chishi;
g) barqarorligi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Diqqatning umumiy xususiyati nimadan iborat? 
2. Diqqatning fiziologik asosini tushuntiring. 
3. Ixtiyoriydan so`nggi diqqatni tushuntirib bering. 
4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatning bir-biridan farqi nima? 
“Kim tezroq” (diqqatni mashq qildirish ) 
1.O`quvchilarga biror matndagi eng ko`p uchraydigan, masalan, “a” va “o” harflarini chizib chiqish 
tavsiya etiladi. Topshiriqni bajarish muvaffaqiyati sarflangan vaqt va yo`l qo`yilgan xatolar miqdoriga 
qarab baholanadi. Xatolar qanchalik kam bo`lsa, muvaffaqiyat shunchalik yuqori bo`ladi. 
2. Diqqatning ko`chishi va taqsimlanishini mashq qildirish uchun topshiriqning mohiyatini biroz 
o`zgartirish mumkin. Bir harfni vertikal chiziq bilan, ikkinchisini gorizontal chiziq bilan chizish mumkin. 
Asta - sekinlik bilan vazifani murakkablashtirib borish, ya`ni bittasini chizish, ikkinchisini aylana ichiga 
olish, uchinchisini tagiga chizib quyish mumkin. 
 
9-mavzu: Sezgilar 
Reja: 
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 
2. Sezgining nerv - fiziologik asosi. 
3. Sezgilarning tasnifi va turlari: 
a) ko`rish; b) eshitish; v) hid bilish; g) ta`m bilish va boshqalar. 
4. Sezgilar sohasidagi ayrim qonuniyatlar; 
a) adaptatsiya; b) sinesteziya; v) sensibilizatsiya. 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Adaptatsiya - qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi 
Analizator - sezuvchi apparat 
Vibratsiya - titrashni sezish 
Sensibilizatsiya - sezgirlikning ortib borishi 
Kinestezik - oraliq sezgi 
Statik - muvozanat sezgisi 
Sinesteziya - ikki sezgining qo`shilib ketishi 
Retseptor - analizatorlarning qo`zg`atuvchini qabul qiluvchi qismi 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin