sm va 1 sm. masofadan idrok qilish, doskani 1m va 10 m masofadan idrok qilish, oq qogoz yoki oq bo`rni
quyoshda, xona ichida, koridorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko`z to`r
pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq kurmaydi, balki ular haqiqatdan qanday mavjud bo`lsa
shunday ko`radi. Bu
kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi.
4. Illyuziya va gallyutsinatsiya
Ba`zi hollarda narsalar noto`g`ri, yanglish idrok qilinadi. Narsalarni ana shunday noto`g`ri
idrok
qilishni illyuziya deyiladi. Masalan: Arastu illyuziyasida og`irligi aynan bir xil bo`lgan 1 kg torozi toshi 1
kg paxtadan og`irdek idrok qilinadi. Illyuziya hodisasi ayniqsa geometrik shakllarni idrok qilishda ko`p
uchraydi. Idrok qilib turgan shaxs psixikasida ro`y beradigan o`zgarishlar ham illyuziya hodisasini paydo
qilishi mumkin. Masalan: o`rmondagi to`nkani biror yirtqich hayvon deb idrok qilish. Illyuziyalar hosil
bo`lishining sabablari bor. CHunonchi Arastu ilyuziyasida hajmi katta narsaga ko`proq o`rganib qolgan.
Geometrik shakllarda qo`shimcha chiziqlar ta`sir etadi. Ko`ruv illyuziyalari
amaliy ishlarda katta
ahamiyatga ega. CHunonchi harbiy ishlarda texnika va qism turgan joyni niqoblash sho`nga asoslangan.
Illyuziyadan gallyutsinatsiyani farqlash lozim, gallyutsinatsiya yo`q narsalarni idrok qilishdir. Masalan:
yo`q narsalarni ko`rish, yo`q tovushlarni eshitish kabi.
Dostları ilə paylaş: