po`stida qo`zg`alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt “tez” o`tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt
“sekin” o`tgandek idrok qilinadi. Vaqtning “tez” yoki “sekin” o`tishi kishining vaqtga va diqqat
yo`naltirilgan ob`ektga munosabatiga ham bog`liq. Masalan: biror darsning o`tishi, kinofil’mni ko`rish,
avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va xokazo. Odamlar vaqtni ob`ektiv belgilash, uning
oralig`ini to`g`ri farqlashga imkon beradigan, narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib
kelganlar.
3. Harakatni idrok qilish
Tevarak - atrofdagi narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida o`z o`rinlarini almashtirib turadilar.
Kishilar narsa - hodisalarning fazoda o`rin almashtirib turishini, ya`ni harakatini ham idrok qiladilar.
Harakatni idrok qilishda ko`rish va kineztezik analizator asosiy rol’ o`ynaydi. Tezlik, tezlanish va
harakatning yo`nalishi harakat qilayotgan ob`ektiv parametridir. Odam narsalarning harakati haqida ikki
yo`l bilan ma`lumot olishi mumkin:
1. harakatni bevosita idrok qilish.
2. harakat haqida xulosa chiqarish.
Harakatni bevosita ko`rish orqali idrok qilish ikki xildir:
a) ko`zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish; b) ko`zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakatni tez yoki sekin bo`layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilishi narsalarning
ob`ektiv tezligiga va uning idrok qiluvchidan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq. Harakatni eshitish
analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.
Dostları ilə paylaş: