2. Xayol turlari 1. Tasavvur xayoli - biz idrok qilayotgan narsa - hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan
iborat bo`lgan xayol turidir. Bunday tasavvur xayoli boshqa kishilar tomonidan aytib berilgan so`zlar
asosida hosil bo`ladi. Masalan, tarixda bo`lgan urushlar, ota - bobolarimiz boshidan o`tgan voqealar
haqidagi tasavvurlar. Qiziqarli roman o`qiganimizda bizda tasavvur hosil bo`ladi. O`quvchilar
o`rganadigan fanlarga doir bilimlar tasavvur xayoli asosida o`zlashtiriladi. Tasavvur etilgan obraz yanada
yorqinroq bo`ladi.
2. Ijodiy xayol - tajribamizda va tashqi olamda uchramagan narsalar haqida yangi obrazlar
yaratilishidir. Shaxs bu xayol turida yangi obraz yaratadi. Masalan, shoirning she`r yozishi, yozuvchining
asariga obraz yaratishi, rassomning rasm chizishi, muxandisning ixtirolari, olimning dissertatsiya yozishi
kabilar. Umuman har qanday yangilik ijodiy xayolga kiradi. Ijodiy xayol san`atning hamma turlarida
namoyon bo`ladi. Har bir odamning o`z orzusi bo`ladi. Har qanday bajarilgan ish amalga oshirilgan
orzudir. Amalga oshirilgan orzu yangi ehtiyojni hosil qiladi, kishini ruxlantiradi va kelajakka qaray olish
imkonini beradi. Orzu ijodiy xayolning kelajakka, shaxs faoliyatining istiqboliga qaratilgan hayotni ilmiy
ko`ra bilishning elementidir. Shirin xayol surish (ko`knori xayol) tartibga solinmagan, maqsadga
qaratilmagan xayol jarayonidir. Bunda turli obrazlar ko`z o`ngimizdan birin-ketin o`taveradi. SHirin
xayolda o`zimizga yoqqan obrazlar hosil bo`ladi, shuning uchun u huzur baxsh etadi. SHirin xayolga
botish odamning irodasi bo`shashganda, dam olayotganda, uyquga ketayotganda, uyg`onganda paydo
bo`ladi. SHuningdek, shirin xayol surish harorat ko`tarilganda, asab tizimi zaharlanganda ham paydo
bo`ladi, ya`ni kishi giyohvandlik moddalarini iste`mol qilganda shirin, yoqimli hisni boshdan kechiradi.