1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Xayolning ahamiyati va o`sishi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Xayolning ahamiyati va o`sishi 
Xayolning ahamiyati juda katta. Biz xayol tufayli ko`rmagan, bilmagan, idrok qilmagan narsalar 
to`g`risida ham tasavvur qila olamiz. Xayol hamma psixik jarayonlarning faoliyatini boyitadi. Masalan, 
idrok to`liq bo`ladi, xotirada, tafakkurda ahamiyati katta va irodasi kuchli kishilarda xayol ustun bo`ladi. 
Faoliyatning barcha turlarida xayolning ahamiyati katta. Masalan, yosh bolalar o`yin faoliyatida xayol
fantaziya tufayli ularning ongi rivojlanadi, turmush tajribasi o`sadi, xarakter xislatlari shakllanadi. O`qish 
faoliyatidagi xayolning ahamiyati katta. Masalan, o`quvchilarning o`zlashtirayotgan fanlari xayolda 
gavdalantirmay turib o`rganmaydilar. Mehnat faoliyatida xayolning ahamiyati katta. Kishi o`zining 
mehnati natijasini avvaldan xayolida gavdalantirmasa, ishlay olmaydi. Ilmiy kashfiyot, tadqiqotlarda 
xayolning ahamiyati katta. Biz bolalarda xayolning keng, mazmundor bo`lishiga, real bo`lishiga, kuchli 
bo`lishiga erishishimiz kerak. Xayol yoshlikdan o`sa boshlaydi. Avval bolalarda o`qish faoliyatlarida, 
keyin o`qish va mehnat natijasida o`sa boshlaydi. Asosan xayol ta`lim - tarbiya natijasida o`sadi. Demak, 
xayol mantiqiy bilish jarayoni bo`lib, faqat insonga xosdir. U kishi hayotida katta ahamiyatga ega. Biz 
yoshlarda xayol -fantaziyani rivojlantirsak, ular mustaqil Vatanimizni rivojlantirishga o`z hissalarini 
qo`shadilar. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Xayol - fantaziya deganda nimani tushunasiz? 
2. Xayol jarayonlariga nimalar kiradi? 
3. Xayol turlari qaysilar? 
4. Kishilarning xayoli nimasi bilan farq qiladi? 
5. Tush ko`rish xayolning qaysi turiga kiradi? 
6. Hayvonlarda xayol bo`ladimi? 
Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Xalq ertaqlaridagi suv parisi, bulbuligo`yo, kentavr (odam boshli ot), sfinks (odam boshli sher) kabi 
obrazlarning yaratilishi qaysi xayol jarayonlariga taalluqli? 
a) kattalashtirish (giperbolizatsiya); b) aktsentirovka (bo`rttirish); v) agglyutinatsiya (elimlash); g) 
tipiklashtirish. 
2. Quyidagi javoblardan qaysi birida xayol ta`rifi to`liq berilgan? 
a) xayol yoki fantaziya tafakkur kabi faqat insongagina xos bo`lgan bilish jarayonidir
b) xayol mehnatning oraliq va oxirgi natijalarini ko`rish imkonini beruvchi bilish jarayonidir; 
v) xayol avval idrok qilingan obrazlar asosida hali idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini aks 
ettirishdir. 
g) xayol noaniq va muammoli vaziyatlarda namoyon bo`luvchi holatdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin