harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv -
ifodalanish).
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda
qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi.
Odatda
shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy
sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari
ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va
qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda)
rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas,
balki bunday birga
bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk
hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi.
Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa
muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga
nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam
hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani
tevarak - atrofidagi
muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish
hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir.
Dostları ilə paylaş: