O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi
“Diskret tuzilmalar” fani
Mustaqil ish
Mavzu
To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari. Ularga misollar
Topshirdi:
Yaxshiboyeva Durdona
Toshkent – 2023 y.
KIRISh
To‘plаmlаr nаzаriyasi – bu matematika minorasining eng kerakli g’ishtlaridan
biri bo’lib, matematika singari informatikada ham ma’lumotlarni
eng qulay tilda
ifodalash imkoniyatini beradi. Ushbu bo`limda to`plam, to’plamning berilish usullari,
to’plamlar ustida amallar, to’plamlarni Eyler-Venn
diagrammasi orqali tasvirlash,
to’plamlarni akslantirish, munosabatlar va ularning kompozitsiyasi, akslantirishlar va
ularning turlari, akslantirishlar superpozitsiyasi, to’plamlar nazariyasining aksiomatik
tuzilishi haqida so`z boradi.
Inson ongi olamni alohida “ob`yekt” lardan iborat deb tasavvur qiladi,
faylasuflar esa antik davrdan buyon olamni ajralmas bir butunlikdir deb hisoblashgan.
To‘plаmlаr nаzаriyasiga chex faylasufi va matematik-mantiqchisi
Bernardo
Boltsano (1781-1848 yy) va nemis matematiklari Rixard Dedekind (1831-1916 yy)
hamda Georg Kantor (1845-1918 yy) lar asos solishdi. Asosan G.Kantorning
hizmatlari katta bo`ldi, shuning uchun ham ko`pgina tushunchalar uning nomi bilan
bog`liq.
Keyinchalik to`plamlar nazariyasi
rivojiga ingliz matematigi, mantiqchi va
faylasuf Al`fred Nort Uaytxed (1861-1947 yy),
golland matematigi, hissiy
matematika asoschisi Leytzen Egbert yan Brauer (1881-1966 yy), nemis matematigi,
fizik va faylasufi German Veyl (1885-1955 yy),
amerikalik matematik, mantiqchi va
faylasuf Xaskell Bruks Karri (1900-1998 yy), ingliz matematigi Bertran Rassel
(1872-1970 yy) va boshqalar hissa qo`shdilar.
J.
Adamar (1865-1963 yy) va A. Gurvitslar 1897
yilda I Xalqaro
matematiklar kongressida nutq so`zlab, turli matematik jumboqlarni yechishda
to`plamlar nazariyasining tadbiqlariga doir bir qancha
misollarni keltirishdiki,
natijada to`plamlar nazariyasi matematikaning alohida bo`limi sifatida rasman tan
olindi.