odamning xatti -harakatlari tashqi sharoit ta`siriga nisbatan passiv javob reaktsiyasiga aylanib qolgan xatti
-harakat batamom passiv moslashishga aylangan bo`lar edi. Odamning xarakter xususiyatlari juda xilma -
xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo`lishiga qaramay uning xatti -harakatlarini
boshqaradi.
Xarakter ma`lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi ikki xil ma`noga ega,
birinchidan, xarakterning plastikligi (egiluvchanligi) xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta`sir
qilishidir. Ikkinchidan, xarakter ma`lum darajada plastik bo`lganligi uchungina istalgan odamning
xarakterini tarbiyalay va qayta tarbiyalay olamiz.
Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda
bilan bog`liq bo`lgan xislatlaridir, bu sifatlar alohida ko`rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib
qoladi, qat`iyat, sabr – toqat, chidamlilik, dadillik, o`zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik,
mas`uliyatni his qilish, o`z - o`zini tanqid axloqiy xislatlardir.
Dostları ilə paylaş: