Qobiliyatlar bilim va malakalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo`ladi,
ya`ni boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo`lgan bilim va ko`nikmalarni
o`zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda
qanchalik tez chuqur, engil va mustahkam amalga oshirilishida
namoyon bo`ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo`lishi
bilan aql sifatlari, xotira
xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama - qarshi qo`yib bo`lmaydi,
hamda
qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo`yish ham mumkin emas. Agar ana shu
sifatlarning birortasi yoki ularning yig`indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta`siri bilan
tarkib topsa, unday paytlar bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar
deb hisoblashga
asos bo`ladi
Dostları ilə paylaş: