1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

2. Qobiliyatlar tasnifi. 
Qobiliyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 
1. Tabiiy qobiliyatlar — odamlar va hayvonlar uchun xos bo`lib, idrok qilish, xotirada saqlash, oddiy 
muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli 
reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashqil etadi. Odamdagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu 
qobiliyatlar bir - biridan farq qiladi. 
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy -tarixiy tabiatga ega bo`lib, ijtimoiy muhitdagi hayot va 
taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o`z navbatida - umumiy va xususiy qobiliyatlarga 
bo`linadi. Umumiy qobiliyatlar - insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi aqliy 
qobiliyatlar, xotira va nutqning rivojlanganligi, qo`l harakatlarining aniqligi va boshqa xususiyatlardan 
iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar 
alohida muloqotning bo`linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy - ijodiy sportga 
bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir. 
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo`lib, nazariy qobiliyatlar-mavhum, mantiqiy 
qobiliyatlar esa aniq amaliy harakatlarga moyillikda namoyon bo`ladi. O`quv qobiliyatlari bilim
ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish shaxs sifatlarining shakllanishi, pedagogik ta`sirlar 
samaradorligining ortishida ijobiy rol’ o`ynaydi. Ijobiy qobiliyatlar moddiy va ma`naviy madaniyat 
asarlari yaratish yangi g`oya, kashfiyot va yangiliklar echishda namoyon bo`ladi. Muloqotga qobiliyat 
shaxsning boshqa kishilar bilan bo`ladigan o`zaro jarayonida muhim ahamiyatga ega. 
3. Qobiliyatlarning miqdoriy va sifat tavsifi 
Qobiliyatlar sifat va miqdor jihatidan ko`p bo`lishi mumkin. O`quvchining qobiliyatlari nimaga 
namoyon bo`lishini va binobarin, o`quvchi shaxsini qanday individual - psixologik xususiyatlari faoliyat 
tomonidan qo`yilgan talablarni qay darajada, bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya`ni o`quvchining 
boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarning qanchalik tez, engil va mustahkam egallay olishini bilish 
pedagog uchun muhimdir. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi - maqsadga har turli 
yo`llar bilan borishga imkon beruvchi “o`zgaruvchan miqdor” to`plami sifatida faoliyat muvaffaqiyatini 
taminlovchi inson psixologik xususiyatlarini murakkab yig`indisi sifatida ko`rinadi. Bir xususiyatlarni 
o`rnini ikkinchi bir xususiyatlar bilan bosishning keng imkoniyatlari bor, buni odam o`zida chidam va 
qat`iylik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin. Pedagog va psixolog Sqolovyanskiy ko`r -kar Ol’ga 
Skoroxodovada faqat ilmiy xodimlik qobiliyati emas, balki adabiy qobiliyat ham namoyon bo`lishiga 
erishgan. Bir qobiliyatni boshqa bir qobiliyat bilan boshqarish yordami bilan to`ldirish xususiyati har bir 
odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi. 
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi sohada (pedagogik, sport, savdo va 
boshqalar) engillik bilan “o`zini topa oladi” va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi, degan 
savolga javob berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o`lchash muammosi 
bilan ko`proq chet el psixologlari (Kettel, Termen, Spirmen) va boshqalar shug`ullanganlar. O`sha 
paytlarda qobiliyatlarni o`lchash usuli sifatida aqliy iste`dod testlaridan foydalanganlar. Bu usul 
odamning aqliy qobiliyatlari emas, balki odamda qobiliyatlar bilan aralashtirib bo`lmaydigan biror bir 
xildagi ma`lumotlar, ko`nikma va malakalar borligini namoyon qiladi. L.S. Vo`gotskiy bu usulni tanqid 
qilib o`zining kelajak taraqqiy zonasini belgilash “metodi” deb ataladigan usulini taqlif qildi. Qobiliyatlar 
odamning aniq faoliyatidan tashqarida mavjud bo`lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta`lim va 
tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon qilishdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin