1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/99
tarix06.02.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#83200
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
1 mavzu Psixologiyaning predmeti

4. Qobiliyatlar tarkibi 
Odam egallab oladigan faoliyat uning psixologik xususiyatlariga yuksak talablar qo`yadi. Bu 
talablarni qandaydir bitta sifat taraqqiyotining juda yuksak darajasida bo`lsa ham qoniqtira olmaydi. 
Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo`lgan psixik sifatlar yig`indisidan iboratdir. qobiliyatlar tarkibi 
aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va har turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo`ladi. Masalan, matematik 


qobiliyat, adabiy qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi maxsus 
tarkibga ega. Aniq qobiliyatlar tarkibini tashqil qiluvchi shaxsning xislatlari orasida ayrimlari etakchi 
o`rinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida 
etakchi sifat pedagogik takt, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuksak talabchanlik 
bilimlarni berishga ehtiyoj, yordamchilik tarzida tashqilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli 
qobiliyatlarning aniq psixologik tavsifini o`rganar ekanmiz, biz shu qobiliyatlarda bir emas, balki bir 
necha turdagi faoliyat turlari talablariga javob beradigan birmuncha umumiy sifatlarni ajratishimiz 
mumkin, bundan tashqari mazkur faoliyatni bir muncha torroq doirasi uchun javob beruvchi maxsus 
sifatlarni ajratishimish mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlapr borligi, har turli kasblar, 
mashg`ulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu 
ikkinchi signallar tizimi haqidagi ta`limot bilan bog`liqdir. Birinchi signallar tizimi obrazlar, his - 
tuyg`ular bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchi signallar tizimi bu obrazlar haqida so`zlar orqali signal berishdan 
iborat. Inson psixik faoliyatida birinchi signal tizimi ustunlik qilsa, odam badiiy tipga “taalluqli” bo`ladi, 
ikkinchi signallar tizimi kuchli bo`lganlar “fikrlovchi” tipga, har ikkala signallar aralashib ketgan bo`lsa, 
ya`ni qaysi birini ustunligini bilib bo`lmasa odam “o`rta tipga“ taalluqli bo`ladi. Shaxsning mazkur 
faoliyatga tayyorligi sifatida namoyon bo`ladigan har bir aniq qobiliyatlar tarkibi o`z ichiga bir turkum 
sifatlarni, ya`ni bu sifatlar orasida etakchilari va yordamchilari, umumiylari va maxsuslari bo`lishi bilan 
o`zining anchagina murakkabligi bilan ajralib turadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin