10-Mavzu. To`rt oyoqlilar katta sinfi .
Reja:
1.Quruklikka chikish.Quruklikda yashovchi umurtkalilarni dastlabki evolyusiyasi.
2.Xozirgi zamon amfibiyalar sinfi.Xarakterli belgilari.Klassifikatsiyasi.
3.Turkum Gimnofiona(Apoda-Oyoksizlar). Salamandralar: turkum Urodela (Kaudata-Dumlilar). Baqa va kurbakalar: turkum Anura(Dumsizlar). Tuzilishi, xayot faoliyati, ko`payishi. Vakillari.
Tayanch iboralar.
Uyqu arteriyasi, umurtqa pog’onasi, bosh skeleti, erkin oyoqlar skeleti, kamar skeleti, o’rta quloq
To’rtoyoqlilar qisman (suvda ham quruqlikda yashovchilar) yoki butunlay (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) quruqlikda hayot kechirishga o’tgan umurtqali hayvonlar. Ayrim to’rtoyoqlilar qaytadan suvda yashashga o’tgan (ko’pchilik dumli amfibiyalar, timsohlar, ayrim toshbaqalar, ilonlar, pingvinlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar va boshqalar). Barcha to’rtoyoqlilar o’pka bilan nafas oladi. Ikkita qon aylanish doirasiga ega bo’lib, ikki juft harakat organlari ko’p richaglar shaklida besh barmoqli bo’ladi. Richaglar oyoqlarni faqat tanaga nisbatan emas, balki oyoqlarning ayrim qismlariga nisbatan harakat qilishga imkon beradi.
To’rtoyoqlilar katta sinfi suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinfiga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |