bog`liqdir. Agar jamiyat taraqqiyoti bunday kishilarga muhtoj bo`lsa, bunday kishilarning paydo bo`lish
imkoniyati tug`iladi. Iste`dod qobiliyatlar yig`indisidan, ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan
yakka qobiliyat - garchi u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo`lsa
ham iste`dod bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Bu haqda g`oyat o`tkir fenomenal xotiraga ega bo`lgan
kishilar haqida o`tkazilgan tadqiqotlar dalolat beridi. Moskvalik psixologlar bir necha yillar davomida
kuzatgan S.SH. o`zida xotiradan boshqa qobiliyatlarni rivojlantirmadi va shuning uchun u o`zining ajoyib
qobiliyatlarga mos keladigan ijodiy muvaffaqiyatga erisha olmadi. Shunday qilib, iste`dod shaxs psixik
sifatlarining shu qadar murakkab birikmasidirki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, bu
qobiliyat xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi muhim ahamiyatga ega bo`lsa ham belgilab bermaydi.
Psixologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, birorta ham qobiliyatning yo`qligi yoki etarli taraqqiy
etmaganligi iste`dod sifatlarining murakkab turiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal taraqqiyoti yo`li
bilan muvaffaqiyatli ravishda o`rni bosib yuboriladi
Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko`tarilishi uchun eng murakkab yo`lni bosib o`tish kerak
bo`ladi. Qobiliyatning rivojlanishi inson hayotining ilk davrlaridanoq boshlanib, bir necha bosqichida
amalga oshadi. Layoqatning rivojlanishi qobiliyat yoki iste`dod darajasiga ko`tarilish uchun etarli shart-
sharoitlar bo`lishi kerak. Hozirda Respublikamizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo`llab-quvvatlash
va rag`batlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, chunki iste`dodli yoshlar mustaqil
O`zbekistonimizni kelajagini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: